4.2. PEDAGOG VA ILMIY-PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASH,
QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH
Pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning
zamon talablariga moslashuvchan, ta’limning yuqori sifatli va barqaror
rivojlanishini ko‘zlovchi tizimi vujudga keltiriladi. Pedagog kadrlarni ildam qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish, raqobatbardosh darajada ularning kasb
sifatini qo‘llab-quvvatlash ta’minlanadi.
Oliy ta’lim muassasalarida davlat ta’lim standartlariga mos yuqori
malakali o‘qituvchilar tayyorlash bo‘yicha maxsus fakultetlar, shuningdek
respublika viloyatlarida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uchun
o‘qituvchilar va mutaxassislar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
yuzasidan maxsus markazlar tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |