Bolalar bog’chalari.
Ta’limning bu bosqichiga 3-5 yoshli bolalar qabul qilinadi. Bolalar
yosh xususiyatlariga muvofiq ravishda 3, 2, 1 yillik ta’lim kurslariga jalb qilinadilar.
Yaponiyada maktabgacha ta’lim muassasalarining 59,9 foizi xususiydir. 40,8 foizi esa
munistipial (tuman) kengashlari tasarrufida, qolgan 0,3 foizi davlatnikidir.
Bolalar bog‘chalarining maqsadi bolalarning aqliy va jismoniy qobiliyatlarini
rivojlantirish, mustaqillik va ichki tartib ko‘nikmalarini tarbiyalash, jamiyat hodisalariga
to‘g‘ri munosabatda bo‘la olishni o‘rgatishdan iborat. Bolalar bog‘chasi YAponiyada
vatan fuqarosini shakllantirish tizimining 1-bosqichi hisoblanadi SHuningdek, og‘zaki
nutq, so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatishga ham katta e’tibor beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |