O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Download 16,02 Mb.
bet101/228
Sana03.01.2022
Hajmi16,02 Mb.
#313645
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   228
Bog'liq
UMK 2018 XFX INYAZ

Nаzоrаt sаvоllаri:

1. Terrorizm nima?

2. Terrorchi – kim ?

3. Terrorizm tushunchasi, mohiyati, uning salbiy illatlari haqida tushuncha bering?

4. Terrorizimni va uning aholi uchun

havfli hususiyatlari nimada?

5. Xalqaro terrorizm va uning salbiy illatlari?

6. Terrorizm nima?

7. Terrorizmning qandaq turlari mavjud?

8. Xalqaro terrorizmga qarshi kurashda O`zbekistonning orrni nimada?

9. Terrjrizmdan aholini muhofaza qilish ?

10. “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risidagi” qonunning asosiy printsiplari nima?



15-mavzu: Terrorizm va undan aholini muhofaza qilish.

REJA:

15.1. Terrorchilik harakatlarining hususiyatlari.

15.2. Теrrorchilik harakatlarini amalga oshirish usullari va vositalari.

15.3. Теrrorizmga qarshi kurash.


1. Terroristik harakatlarning hususiyatlari quyidagilardan iborat:

a) terroristik harakatlar qonun ustivor bo`lmagan, o`zaro jipslashmagan, rivojlanish darajasi ancha past bo`lgan hududlarda shakllanadi;

b) birinchi bo`lib o`zi shakllangan, birlashgan hududni o`z tasarrufiga olishga harakat qiladi;

s) o`ziga rivojlangan mamlakatlarda homiy izlashga harakat qiladi va har qanday homiy yordamini rad etmaydi;

d) tarqibotni har qanday usullardan: reklamalardan, matbuot, materiallaridan, og`zaki tashviqotlardan, turli mish - mishlardan va yolg`on gaplar tarqatishdan o`z maqsadlari uchun samarali foydalanishga urinadilar.;

e) ular o`zini portlatib yuboradigan (kamekadze) lar guruhini tayyorlaydi va o`z harakatlarini bilvosita amalga oshiradi;

f) ular hozirgi kunda fan, tehnika va tehnologiyalar yutuqlaridan foydalanib, terrorizmni "global" muammolarga aylantirishga urinadilar;

g) ular o`zlari panoh topgan mamlakatlar boshqaruvini garovga olish yoki nazoratda ushlab turgan holatda keng jamoatchilikni qo`rqitish, vahimaga solish, bo`ysudirish maqsadida ko`proq kuchli rivojlangan mamlakatlarda terroristik harakatlarni amalga oshiradilar va bu bilan o`zlarini namoyish etishga urinadilar.

(masalan, Saudiya Arabistonning "Al - Qoida", Iordaniyaning "Xamas", Ispaniyaning "Eta" terroristik ayirmachilik guruhlarining harakatlarini aytish mumkin).

Ayni paytda terrorizmning ham muhim jihatlari mavjud. Bu hususiyatlar hususida AQSH davlat departamentining 1999 yildagi global terrorizm to`g`risidagi ma’ruzasida ko`rsatib o`tilgan. Bular quyidagilardan iborat:

1. yahshi tashkil qilingan terroristik guruhlardan tuzilgan Xalqaro jinoiy uyushmaga aylanishi. Bularni mahalliy homiy davlatlar qo`llab - quvvatlab turadilar;

2. siyosiy terrordan diniy yoki g`oyaviy asoslari ustun bo`lgan terrorizmga aylanishi;

3. terrorizm markazining Yaqin Sharqdan Janubiy Osiyoga, hususan, Afg`onistonga ko`chishi, terroristik tashkilotlar tomonidan ular jazosiz harakat qilishi mumkin bo`lgan mintaqalardan joy qidirishi;

4. moliyalashtirishning hususiy homiylar, narkobiznes, uyushgan jinoyachilik va noqonuniy savdo - sotiq kabi manbaalaridan foydalanishi kabi hususiyatlari ko`rsatib o`tilgan.


Bularning ichida Xalqaro terrorizmning eng asosiy va havfli hususiyatlaridan biri, "zo`rlik - davlatni qulatvuchi va hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi, parokandalikka olib keladi" - degan g`oyaga asoslanib harakat qilishdir. Bunda siyosiy masalalarni zo`rlik yo`li bilan hal qilishga harakat qilinadi.

Bu haqda, amerikalik mutahassis B. Jenkins "Terrorizm eng avvalo, qurbonlardan ko`ra, guvohlarga qaratilgan va vahima uyg`otishga yo`naltirilgan zo`rlik" deb baholaydi.

Boshqa bir amerikalik siyasatshunos J. Lonsning ta’rifiga ko`ra, terrorizm bevosita qurbonlardan ko`ra ko`proq odamlar fikriga ta’sir o`tkazish uchun qilinadigan tahdid yoki kuch ishlatishdir.

Demak, har bir terrorchilik hurujining maqsadi - davlat to`ntarishini amalga oshirish, fuqarolar urushini keltirib chiqarishga asoslanadi.

Xalqaro terrorizm va uning salbiy illatlari Xalqaro terrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terrorizmdir. Bu odamlarning behuda halok bo`lishiga olib keluvchi, davlatlar va ularni rasmiy vakillarining normal diplomatik faoliyatini buzuvchi hamda Xalqaro aloqalar va uchrashuvlarni, shuningdek, davlatlar o`rtasida transport va boshqa aloqalarni amalga oshirishni qiyinlashtiruvchi Xalqaro miqyosdagi ijtimoiy havfli harakat va qilmishlar yig`indisidir. Xalqaro terrorizm XX asrning 60 - 70 yillariga kelib o`zini yaqqol namoyon qildi: dastlab turli davlatlardagi jinoyatchilar, o`z davlatiga nisbatan ekstremistik ruhdagi guruhlar birlashib, ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan orqada qolayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarda harakat ko`rsata boshladi. Xalqaro terrorchilar ayrim davlatlarning rahbarlariga, Xalqaro miqyosda obro`ga ega bo`lgan siyasatchilarga chetdan turib suyuqasd uyushtirish, davlat, transport, aloqa va milliy havfsizlik tizimini ishdan chiqaruvchi portlashlar va harakatlar sodir etish, transport vositalari, jumladan samolyotlarni olib qochish bilan shug`ullana boshladilar. 80 yillarga kelib Xalqaro terrorizm yanada jiddiy tus oldi.

Xalqaro terrorizm o`zining yovuz niyatlarini turli terroristik harakatlari bilan amalga oshiradi. Jumladan:

• mustaqil davlatlar chegarasini buzish orqali amalga oshirish;

• diniy ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etish;

• ekstremistik guruhlar tarkibida qo`poruvchilik harakatlari bo`yicha horijlik yo`rig`chilarning qatnashishi;

• ekstremistik guruh a’zolarining boshqa davlatlar hududida tashkil etilgan mahsus lagerlarda tayyorgarlik ko`rish;

• tayyorgarlik ko`rish va qo`poruvchilik sodir etishda, horijiy davlatlar va ekstremistik uyushmalar yordamida Xalqaro tus olgan noqonuniy qurol - yaroq savdosi va narkobisnesdan keladigan manbalardan foydalanish;
Bulardan ko`rinadiki, Xalqaro terrorchilar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy havflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qo`liga yadroviy, kimyoviy, biologik va zamonaviy hujumkor qurollarning tushib qolish havfi kuchaydi.

Bularning hammasi jahon jamoatchiligini qattiq tashvishlantirib qo`ydi.

1977 yilda katta "ettilik" davlatlari rahbarlarining Bonn (GFR) shahridagi uchrashuvida Xalqaro terrorizmga qarshi kurash to`g`risida bayonot qabul qilindi. Xalqaro terrorizmning oshib borayotgan havfi va unga qarshi kurash masalalari oliy darajadagi keyingi barcha uchrashuvlarning asosiy mavzusi bo`lib keldi. Chunki Xalqaro terrorizm bir tizimga birlashib harakat qila boshladi.Ular safida turli davlat, millat vakillari, diniy ekstremistik ruhdagi shahslar, narkobiznes va qurol - yaroq savdosidan foyda ko`ruvchi jinoiy to`dalar, yollanib hizmat qiluvchilar paybo bo`ldi. Xalqaro terrorchilik va ekstremistik markazida razil jinoyatchilarni tayyorlaydigan mahsus lagerlar ochildi. Xalqaro terrorchilar aholini, hususan, dindorlar va yoshlarni davlatga, davlat tashkilotlariga qarshi qo`yishga hamda hokimiyatga qarshi muqolifatni shakllantirishga harakat qildi.

O`zbekiston Respublikasi o`z mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab terrorizm va ekstremizmning har qanday ko`rinishiga qarshi qat’iyat bilan kurashib kelmoqda. O`zbekiston Respublikasi Xalqaro terrorizm ko`rinishlariga qaratilgan ko`plab Xalqaro bitimlarning: "havo kemalarini qonunga hilof ravishda egallab olishga qarshi kurashish to`g`risida"gi 1970 yilda Gaaga konvetsiyasining; "Fuqaro aviatsiyasining xavfsizligiga qarshi kurash to`g`risida"gi 1971 yildagi Monreal Konventsiyaning; "Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shahslar, masalan diplomatik agentlarga qarshi jinoayatlarning oldini olish va jazolash to`g`risida"gi 1973 yildagi konventsiyaning; "Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to`g`risida"gi va boshqa konventsiyalarning ishtirokchisi hisoblanadi. 2004 yildan Toshkentda Shanhay hamkorlik Tashkiloti (ShhT)ning mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo`mitasi faoliyat ko`rsata boshladi.




Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish