83
Suhbat mavzusini rivojlantirish anik maksadga yo’naltirilgan bo’lishi lozim, tarbiyachi
imkoni boricha bolalarning mazkur mavzudan chetga chikishlarining oldini olishi zarur (ba’zan
ortikcha faktlarni aniklash uchun undan chekinish mumkin, birok so’ngra yana asosiy suhbat
mavzusiga kaytish darkor). Tarbiyachi suhbat rejasini oldindan belgilab oladi. Tarbiyachining
ko’lida reja bo’lsa, bolalar qanchalik mavzudan qanchalik chetga chikmasinlar, u ilgarigi savol
o’z ahamiyatini yo’kotdi, deb hisoblagan paytda o’z rejasidagi navbatdagi savolni berish orkali
ularni yana mavzuga qaytarishi mumkin.
Pedagog unutmasligi lozim, bolalarning fikrlash xususiyati shundayki, ular suhbat
mavzusini oson unutadilar, har bir mayda-chuyda narsaga chalђiyveradilar. Bola kanchadik
kichik bo’lsa, u shunchalik tezrok chalђiydi, hozirgina o’zi aytgan narsalarini tezlik bilan unutadi
va boshka mavzuga o’tadi.
Mashђulot – suhbat bolalarda mantikiy fikrlash, boshlangan mavzuni oxiriga yetkazish
qobiliyatini shakllantirishga karatilgan.
Bolalar biladigan narsalar haqida ko’shimcha ma’lumotlarni xabar qilish suhbat asosiy
kismining zarur elementi hisoblanadi. Bu bolalar bilimlarini kengaytiradi va chukurlashtiradi.
Tarbiyachining kiska va anik axboroti suhbatni anik maksadni ko’zlagan holda yo’lga ko’yish
imkonini beradi. Suhbat topishmok, she’rlar va tarbiyachining tegishli suratga oid sharhlari bilan
tugallanishi mumkin, ammo u ko’pincha pedagogning ushbu suhbatdan kelib chiqqan holda
bolalarning axlok borasida o’rganishi lozim bo’lgan jihatlar haqidagi mantikiy xulosasi bilan
yakunlanadi. Ayni paytda pedagog o’z xulosasida o’zi suhbat mobaynida bolalarga o’rgatishi
lozim bo’lgan so’zlar, so’z shakllari va sintaktik tuzilmalarni ko’llashi lozim.
Suhbatni shunday uyushtirish lozimki, toki unda barcha bolalar ishtirok etsinlar. Agarda
bola fakat tarbiyachining boshka bolalar bilan suhbatini tinglab o’tirsa va o’zi ushbu fikr
bildirishlarda ishtirok etmasa, bu bola «suhbatlashishni» mashk kilmaydi, va uning suhbatdagi
ishtiroki fakat nomigagina bo’ladi, xolos.
Suhbatni cheklangan sondagi bolalar (6-8 nafar bola) bilan o’tkazish maksadga
muvofikdir. Agarda guruhda 25-30 ta bola bo’lsa, bu holda mashђulotni bolalarni uchta-to’rtta
kichik guruhga bo’lgan holda o’tkazish zarur. Belgilangan vaqtidan oshib ketmaslik uchun har
bir kichik guruh bilan suhbat davomiyligini kiskartirish mumkin, birok har bir bolaning nafakat
tinglab o’tirishini, balki so’zlashishni mashk qilishiga ham erishish lozim. Pedagog yordam
uchun ota-onalarni jalb qilishi va ularga tayyorgarlik suhbatini kanday olib borish lozimliga
haqida batafsil ko’rsatmalar berish zarur. Ota-onalarning barchasi og’zaki nutqni yaxshi
bilishlari bois ushbu vazifani bajara oladilar.
Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus Mashg’ulotlar
suhbat metodi (suhbat)
va
imitatsiya metodi asosida o’tkaziladi. Mazkur metodlar ko’pincha quyidagi usullar yordamida
amalga oshiriladi:
Tayyorgarlik suhbati (so’zlashish) usullari;
Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish).
Do'stlaringiz bilan baham: