7-mashq. Quyidagi so‘zlarni o‘qituvchi bilan talaffuz qiling.
a) in, si, chin, nim, sir, sini, bini, simin, shir, shirin, tir, pir;
b) mu, ru, bu, su, dur, gur, bumi, birun, tuman, tut, pushok, duri;
s) on, mo, non, nom, mor, mors, bodom, boron, bozor, bimor, bidar, bonu,
Qisqa unlilar: “ e”. “a” , “o‘ ”
Qisqa unlilar, cho‘ziq unlilardan farqli ravishda, so‘zda tutgan o‘rniga va fonеtik holatiga qarab o‘zgarib turadi. Qisqa unlilar ham miqdor, ham sifat jihatidan o‘zgaruvchan tovushlardir. Qisqa unlilar urg‘u tushish-tushmasligiga qarab, gohida cho‘ziq, gohida o‘ta qisqa talaffuz qilinadi. Undan tashqari qisqa unlilar talaffuziga uning qanday undoshlar bilan yonma-yon turishi ham ta’sir ko‘rsatadi. Qisqa unlilar sifat jihatidan ham turli pozitsiyada turlicha: gohida oldingi qatorda, gohida orqa qatorda talaffuz qilinadi.
Qisqa unlilardan «е» unlisi oldingi qator, o‘rta ko‘tarilgan, lablanmagan, nosobit tovushdir.
«Е» qisqa unlisi fors va o‘zbеk tillari uchun mushtarak so‘zlarda «i»ga aylanib, ba’zida majhul «е» shaklida talaffuz qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |