O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Download 4,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/260
Sana29.12.2021
Hajmi4,99 Mb.
#83319
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   260
Bog'liq
tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va metodikasi (1)

I.G.Pestalosti  1746-yilda  shveyttsariyalik  shifokor    oilasida  tuG’ilgan.  U  o’z 
zamonasining    mashhur  pedagogi  bo’lgan.  Uning  fikrlari  haligacha  pedagogika 
sohasida  qo’llanib  kelinadi.  U  «Gertruda  o’z  bolalarini  qanday  qilib  o’qitadi», 
«Kuzatish  alifbosi», «Son to’G’risida ko’rsatmali talim», «Oqqush qo’shigi» kabi 
asarlarni  yaratdi.  I.G.Pestalosstining  fikricha,  bolaga  berilayotgan    tarbiya  tabiat 
bilan  uyG’un  bo’lishi  kerak.  U  Ya.A.Komenskiy  ,  Jan  Jak  Russolarning  ushbu 
G’oyasiga amal qildi: 
«Insoniy  kuchlarning  o’sishi  uchun  tabiat  qilayotgan    harakatga  yordam 
berilmasa,  bu  harakatlar  odamlarni  hayvoniy-hissiy  xususiyatlardan  sekinlik  bilan 
qutqaradi.  To’g’ri  tarbiya  yesa  ularni,  yani  barcha  insoniy  kuchlarni  o’stirishga 
yordam beradi». 
I.G.Pestalosti  bolalarning  aqliy  kamolotini  o’stiruvchi  quyidagi  didaktik 
qoidalarni olg’a suradi: 
1. Talimning tabiat bilan uyg’unligi. 
2. Oddiydan murakkabga yo’naltirish. 
3. Bolaning kuch va qobiliyatiga moslashtirish. 
4. Ko’rsatmalilik. 
I.G.Pestalosti  boshlang’ich  talim  xususiy  metodikasining  asosini  yaratdi. 
Bunda  u  ona  tili,  hisob,  geografiya,  o’lkashunoslik  fanlaridan  yelementar  talim 
berish  mazmunini  asoslab  berdi  va  bola  tilini  boyitish    uchun  geografiya,  tibbiyot 
fanlarining ham uzviy ravishda olib borilishini tavsiya yetgan yedi. 
I.G.Pestalosti dunyo pedagogika fanining taraqqiyotiga katta hissa qo’shib, o’z 
asarlari bilan o’ziga haykal yaratgan olimdir. 
Rus  milliy  pedagogikasining  asoschisi  K.D.Ushinskiy  1824  -  yili  Rossiyaning 
Tula  shaxrida  tug’ilgan.  U  «Bolalar  dunyosi»,  «Ona  tili»,  «Muallimlar  uchun 
qo’llanma» asarlarini  yozgan. 
K.D.Ushinskiy  chet  yel  maktablarida  olib  borilayotgan  talim-tarbiyani 
o’rganib,  o’zining  «Pedagogik  adabiyotning  foydasi»,  «Boshlang’ich  talim 
metodikasi», «Inson tarbiya predmeti sifatida» hamda «Ona so’zi» asarlarini yozdi. 
Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalarni  tabiat  bilan    tanishtirish  masalalari 
bilan juda ko’p pedagog-olimlar shug’ullanganlar: 
S.A.Veretenikova «Bolalarni tabiat bilan tanishtirish  metodikasi» kitobida, har 
bir  yosh  guruhidagi  bolalarni  yil  fasllariga  qarab  tabiat  bilan  tanishtirish  metodini 
asoslab bergan. 
P.G.Samorukova  tahriri  ostidaga  «Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalarni 
tabiat  bilan  tanishtirish»  o’quv  qo’llanmasida    tabiat  bilan  tanishtirish  metodlari, 


118 
 
 
vositalari va usullari, ish  shakllari, bolalar boG’chasi hovlisidagi tabiat burchagini 
tashkil yetish masalalari keng yoritilib  berilgan. 
M.M.Markovskaya  «Bolalar  bog’chasida  tabiat  burchagi»  kitobida,  tabiat 
burchagini  tashkil  etishning  shart-sharoitlari,  undagi  xona  o’simliklari,  hayvonlar, 
tabiat burchagidagi  mavsumiy ishlar, bolalarni tabiat burchagidagi hayvonlar bilan  
tanishtirish yollarini ko’rsatib bergan. 
A.G.Grigoryans,  U.B.Gafurovalarning  «Bolalar  bog’chasida  ekologik  tarbiya» 
nomli  qo’llanmalarida  yekologik tarbiya  berish  metodlari,  yollarini  misollar orqali 
yoritib,  shuningdek  bolalarda  oddiy  izlanuvchanlik  faoliyatini  tarbiyalashning 
yo’llari haqida  qimmatli maslahatlar berishgan.     
  

Download 4,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish