“Bolajon” tayanch dasturining maqsadi. “Maktabgacha bolalar
rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari”ning bajarilishiga erishishdan, ya’ni
maktabga jismonan sog’lom, aqlan va ma’nan yetuk, jamiyatning turli a’zolari bilan
muloqotda bo’la oladigan, borliqni aniq idrok etadigan, hayotga ijtimoiy jihatdan
moslashuvchi, umummilliy qadryatlarimizni qadrlaydigan, shuningdek, mustaqil va
ongli yashaydigan bolani tarbiyalashdan iboratdir.
MTMda dasturni amalga oshirishda har bir bolalarga quidagi sifatlarni
rivojlantirishni maqsad qilib qo’yish lozim:
- ijodkorlik, tasavvur, zukkolik;
- mustaqil fikrlash layoqatiga ega bo’lish;
- muommolarni aniqlash va ularni hal etish yo’llarini top’ish;
- jamiyat, mamlakatlar, atrof-muhit muommolariga befarq qaramaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: |