Yozma kommunikatsiya - maktublar, eslatmalar, protokollar, belgilar yoki matnlar orqali izohlanishlari juda qiyin, chunki muloqotda boʻlgan odamni ovozini eshitmaymiz va imo-ishoralarini koʻrmaymiz. Lekin fikrni yozma ravishda ifodalash yozuvchiga nima demoqchi boʻlganligini o‘ylash va eng yaxshi variantini tanlash imkonini beradi. Har qanday menejerga yozma soʽz bilan ishlash qobiliyati juda ham muhimdir. Samarali yozish usullari soʽzlar, qisqa jumlalar va qisqa abzatsdan foydalanishda va muvofiqlashtirishda ham soddalikka urgʻu beradi. Xabarga koʻra alohida oʻquvchiga murojaat qilishda soʽzlarning muvofiqlashtirilishi barcha oʻquvchilar ham xabarni tushunishda bir xil qobiliyatga ega emaslar, ularning barchalarining soʽz boyliklari bir xil emas, mavzu boʻyicha bir xil bilimga ega emaslar. Shunday qilib, aniq muloqot qilish uchun, biz muloqot qilishni xohlagan kishimizni bilishimiz kerak. Xabar shaxsning ongiga mos boʻlishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |