Ko`z orqali muloqot. Yuz xatti-harakatlarida, boshqalarning e’tiborini qaratishda yoki hayratni koʻrsatishda yo baxt, yo boʻlmasa boshqa emotsional xususiyatlarda, koʽz harakatlari asosiy qismni egallaydi. Ogʻzaki taqdimot qilish mobaynida auditoriya bilan koʽz orqali muloqot yaratish muhim. Taqdimotchi oʽzi uchun butun auditoriyaga bir nazar solishda iloji boricha koʻp odamlarga nigoh tashlab olishini majburiy deb bilishi kerak.
Koʽz nigohi uchun qulayi 3-5 soniya boʻlib, agar nigoh 3-5 soniyadan oshib ketsa, boshqa shaxs uchun qulaylik keltirib chiqarishi mumkin. Umuman olganda, koʽzni olib qochish soʽzlovchining yolgʻon gapirayotganligini koʻrsatadi, degan ishonch bor, ammo ba’zi yolgʻonchilar sizning reaksiyangizni koʽzlarini yummasdan kutishadi. Oʻziga ishonchi kam shaxslar ham nigohini olib qochadi. Shunga qaramasdan, biror madaniyat, qoida va urf-odatlar ham kishilarning yuz va koʽzlarini qanday tutishlariga ta’sir koʻrsatadi.
Tabassum. Yuz ifodasining juda kuchli shaklidir. U muloqot uchun yoʻl ochadi. Tabiiy, yoqimli tabassum inson munosabatlarining tuzilishi va mustahkamlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Tabassum ahamiyati quyidagi matalda chiroyli yoritib berilgan:
«Siz tabassum qilmaguningizcha, to`liq bezangan, kiyingan bo`lmaysiz».
Do'stlaringiz bilan baham: |