Pedagogik yuklama soatlari hisobi.
Ishchi o‘quv rejalari, pedagogik yuklamalar uchun vaqt me’yorlari
va talabalar kontingentidan kelib chiqib kafedra professor-o‘qituvchilarining umumiy pedagogik yuklamasi
aniqlanadi. Hisoblar soat va kreditlarda ko‘rsatiladi va o‘quv ishlari prorektori tomonidan tasdiqlanadi.
Pedagogik yuklama topshirig‘i.
Kafedra mudiri kafedra o‘quv yuklamasi hajmidan, lektorlar va tyutorlar
uchun belgilangan pedagogik yuklama me’yorlari va semestrlar bo‘yicha bir taqsimlanishidan kelib chiqqan
holda kafedraning shtatlar birligini aniqlaydi. Barcha hisob ishlari akademik soat va kreditlarda amalga
oshiriladi. Pedagogik yuklama topshirig‘ini o‘quv ishlari prorektori tasdiqlaydi va dars jadvallarini tuzish uchun
dekanatga taqdim qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |