3.Ta’lim xizmati
– ma’lum bir bilim va ko‘nikmalarga, intellektual va kasbiy salohiyatga ega bo‘lish
maqsadida axoliga taklif qilingan va yaratilgan u yoki bu ta’lim ehtiyojlarini qondirish uchun maqsadga
yo‘naltirilgan hamda ta’lim beruvchi tomonidan ta’limning ma’lum bir darajasiga ega bo‘lganlikni tasdiqlovchi
yakuniy hujjat beriladigan faoliyatdir.
4.Malaka talablari -
uzluksiz ta’limning tegishli bosqichi bitiruvchisining umumiy bilim va kasb tayyorgarligi
darajasiga qo‘yiladigan talablar.
5.O‘qitishning me’yoriy muddati -
ta’lim oluvchilar tomonidan ta’lim dasturi o‘zlashtirilishi uchun
belgilangan muddat.
6.Ta’lim dasturi -
o‘quv fanlarining bakalavriat yo‘nalishlari yoki magistratura mutaxassisliklariga qo‘yilgan
malaka talablariga muvofiq kadrlarning zaruriy va yetarli darajadagi tayyorgarligini ta’minlovchi, bloklarga
jamlangan ro‘yxat.
Do'stlaringiz bilan baham: |