7-MAVZU. TURIZMDA MARKETING FAOLIYATI
7.1. Turizmda marketing xususiyatlari
7.2. Turizmda marketing va marketing faoliyatlarining boshlanishi
7.3. Mehmonxona xo’jaliklari marketingi
7.4. Turistik xizmatlar bozorini tadqiq qilishda oldinga qo’yiladigan
vazifalar
7.5. O’zbekiston turizmida xususiy sektorlarning roli
7.1. Turizmda marketing xususiyatlari
Turizm sanoatining yuqori darajada raqobatbardosh bo’lishini
hisobga olgan holda, yaxshi marketing muvaffaqiyatning asosi ekanligini
qayd qilish kerak. Turizm maskanlari turistlarni marketing xizmatisiz
o’ziga jalb qila olmaydi. Hukumat tomonidan ilk bosqichda moliya bilan
ta’minlanmay turib, turizm maskani «jahon turistik supermarketi
peshtaxtalaridan o’rin ololmaydi». SHuning uchun marketing
masalalarida hukumatlar o’z mamlakatini reklama qilish maqsadida
Turizm Vazirliklari yoki Milliy turizm tashkilotlarini fondlar bilan
ta’minlab, ular orqali faoliyat yuritadilar. Mamlakatda turizm marketingi
- bu xususiy sektor uchun xarajatlar nuqtai-nazaridan ham, amalga
oshirish nuqtai-nazaridan ham juda katta vazifadir. Xususiy sektor asosan
mehmonxonalar, mehmon uylari, transport operatorlari, restoranlar va
boshqalar bilan bog’langanligi bilan xarakterlanadi. Hozirgi paytda
amalda shunday vaziyat yuzaga keldiki, ko’pchilik mamlakatlarda
xususiy tarmoq asosan hukumat tomonidan moliya bilan ta’minlanadigan
davlat marketingi byudjetiga moliyaviy to’lovlarni amalga oshiradi.
Moliyaviy to’lovlar turizm maskanining holatiga qarab 20-30foiz
oralig’ida o’zgarib turadi, Masalan: Buyuk Britaniyada xususiy tarmoq
to’lovlari 50foiz, Gollandiyada 50foiz va Irlandiyada 20foiz ni tashkil
etadi. Bu turizm maskanlari mavqeining tiklanishiga yanada ko’proq
imkoniyat beradi.
Turizm marketingida industriya korxonalaridagi marketingiga
o’xshashiga qarab o’ziga erkin ba’zi xususiyatlari bordir. Turizm
marketingini, boshqa industriya mahsulotlarining bozorlanishidan
ajratgan xususiyatlari quyidagicha izohlanadi
33
:
1. Turizm industriyasida xizmat bozorlanadi va xizmatlarning material
xususiyati yo’qdir. Xolbuki industriya mahsulotlari ideal o’lchaniladigan
yoki deyiladigan moddalardir.
2. Imkonli iste’mol mahsulot va xizmatlaridan farqli bo’laroq 2 xil
tartibda bozorlanadi.
a) Rasmiy turistik tashkilotlar tomonidan qilingan va to’g’ridan sotish
maqsadi bo’lmagan marketing.
b) Korxonalar tomonidan qilingan va o’z mahsulotlarining sotilishlarini
maqsadlagan marketing.
33
Маркетинг в туризме Учебное пособие 4-е изд., стереотип, (ГРИФ) Дурович А.П. 2004 г.
3. Turizm marketingida, industriya marketingiga qaraganda atrof va quyi
qism muammolari e’tiborga olinadi. Dengiz, qum, quyosh, tabiiy
go’zalliklarning mavjudligi va boyligi marketingni ta’sirlaydi.
4. Turizm marketingida iste’molchi xizmatga ega bo’lish uchun ishlab
chiqarish joyiga ketadi, industriya marketingida esa, mahsulotlar ishlab
chiqaruvchidan iste’molchiga olib kelinadi va yetkaziladi.
5. Turizm merketingida, ishlab chiqarish va iste’mol bir xil vaqtda ro’y
beradi. Xizmatlar oldin sotib tugatiladi, holbuki industriya marketingida
ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotishga taqdim etiladi.
6. Turistik korxonalar mavsumiy ishlaydilar. Turistik xizmatlar chidamli
va uzoq muddatli foydalaniladigan xizmatlar emasdir.
7. Turizm industriyasida marka nizomiga bog’liqlik kamdir. Turizm
bozorida haqiqiy mahsulot, tortuvchanlik yuqori bo’lgan bir mintaqa yoki
madaniy markazdir.
8. Turistik xizmatlari uchun yaralgan talab kunlik, haftalik, oylik va yillik
bo’lib juda farqlilik ko’rsatuvi bir talabdir. Talab elastikdir.
9. Turizm marketingining asosiy maqsadi iste’molchini mamnun etishdir.
Industriya marketingida maqsad, bir mahsulotning iste’molchiga foyda
keltirishidir.
10. Turistik mahsulotlar, asosan xaridorga xizmat shaklida ko’rsatiladi.
Turistik mahsulot sof bir xizmat mahsulotdir, faqat qo’llanilishi bilan farq
qiladi.
11. Turistik mahsulotlar aralash mahsulotlardir.
12. Turistik mahsulotlar yig’ilmaydi. SHu sababli turizm marketingi
tavakkaldir.
13. Turistik
mahsulotlar bir biridan farqli bo’lganligi uchun
standartlashtirish imkoni yo’qdir.
14. Turistik mahsulotlar tugallanuvchi mahsulotlardir.
15. Turistik mahsulotlar aralash mahsulot bo’lganliklari uchun xizmatlar
farqli muassasalar tomonidan ko’rsatilganidan nazorat funktsiyasi juda
qiyin yuzaga keladi.
16. Turizm marketingi sanoat marketingiga qaraganda juda tavakkaldir.
Biror restoran yoki mehmonxona xizmatlari sotilmasa bularni boshqa bir
joyga tashish imkoni yo’qdir.
17. Bir xizmatning sotib olinishi va qo’llanilishi iste’molchi va ishlab
chiqaruvchi o’rtasida to’g’ri munosabatni keraktiradi. Bu munosabatda
quyidagi natijalar paydo bo’ladi.
a) Bu munosabatning yuzaga kelgani vaziyat juda ahamiyatlidir. Biror
mehmonxonaning koridori, biror restoranning ichi kutilgan xizmatning
natijasining olinishini ro’yobga chiqarmoqtadir.
b) Munosabatlarda yuqori bir personalizatsion ko’riladi. Mashhur bir
katta mehmonxonaning yoki restoranning mijozi u yerda ismi bilan
chaqirilishidan yoki xotirlanishidan katta bir sevinch his etadi. Aksi
bo’lsa mushtariy boshqa bu yerga kelmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |