Asosiy maxsulot
quyidagi savolga javob beradi: “Haridor aslida
nima sotib oladi?” Har qanday maxsulot iste’molchining muammolarini
hal qilish uchun ko’rsatiladigan turli xizmatlarning yig’indisi xisoblanadi.
Antrekotlarga ixtisoslashtirilgan barcha restoranlar: “Antrekotlarni emas,
balki tovardagi ishtahani qo’zg’atuvchi ma’zali tovushlarni sotish lozim”
deyishadi. Marketing bo’yicha mutaxassislar har bir maxsulotning
iste’molchisi uchun qanday manfaat borligini bilib, maxsulotni emas,
aynan mana shu manfaatni sotishlari lozim.
Hamroh yoki xayrihoh maxsulotlarga
iste’molchiga asosiy
maxsulotdan foydalanish uchun zarur bo’lgan xizmatlar va tovarlar
kiradi. Masalan birinchi toifadagi mehmonxonalar, joylardan tashqari
xonalarda telefonlar, restoran, kir yuvish, ximchistka xizmatlarini taklif
qilishi lozim.
Xizmat
turlari
chegaralangan
“Ekonom”
toifasidagi
mehmonxonalarda xizmatlar faqat kelish va ketishda ro’yxatdan o’tkazish
va telefon avtomatlarini taklif qilish bilan chegaralanib qolishi mumkin.
Maxsulotni loyihalashtirish uchun maqsadli bozorni va unga hamroh
bo’lishi lozim bo’lgan xizmatlarni tushunish talab qilinadi.
Asosiy maxsulot unga hamroh bo’ladigan xizmatlarni talab qiladi,
lekin qo’shimcha xizmatlarni emas.
Qo’shimcha yoki yordamchi
maxsulotlarga
asosiy maxsulotga qo’shimcha foyda keltiruvchi va
boshqa raqobat qiluvchi maxsulotlardan ajratib turuvchi maxsulotlar
kiradi. Mehmonxonalarda mijozlarni jalb qilishga yordam beruvchi
qo’shimcha xizmatlarga biznes markazlar yoki salomatlik zallari kiradi.
Bitta bozordagi hamroh maxsulot o’rtasidagi farq, boshqa bozorda
qo’shimcha maxsulot bo’lishi mumkin.
Masalan, mehmonxonada yashayotgan oilaga kir yuvish xizmatlari,
ximchistka zarur bo’lmasa, xizmat safariga ketganlar aynan shularni
ko’zlab joylashadi. Hayatt mehmonxonalar tizimi birinchilardan bo’lib,
o’z mijozlariga yuvinish vositalari: shampun, konditsioner, va hohishiga
ko’ra turli sovunlarni taklif qildi. Mazkur qulayliklarni kiritib ular asosiy
maxsulot, joylarni sotishga yordam berdilar. Bugungi kunga kelib mazkur
qulayliklar yirik mehmonxonalarda hamroh maxsulotlardan biriga
aylandi. Boshqa mehmonxonalar ham mana shu tajribani o’zlarida
qo’llay boshladilar, natijada mijozlar mazkur toifadagi mehmonxonalarda
aynan ana shunda paket taklif qilinishiga o’rganib qoldilar. Xizmatlarning
bir sutkada o’rta xisobda 225000 $ xarajatni talab qiluvchi ana shunday
paketini ishlab chiqishdan oldin Hilton kompaniyasi ikki yil davomida
o’z mijozlarining iste’mol qilish belgilar va o’ziga xos tomonlarini
o’rgandi.
Raqobatchi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarish qiyin bo’lgan
qo’shimcha maxsulot ishlab chiqarilganda a’lo bo’lar edi. Bunda
qo’shimcha maxsulot ustalik bilan joriy qilinishi lozim. Ko’zlangan
samarani berishi uchun ular mijozlarning ishonchlarini oqlashi va undan
ham yuqoriroq bo’lishi lozim.
Biror turistik maxsulot yoki xizmat, jonli bir mavjudot kabi
tug’iladi, yashaydi va yo’q bo’ladi. O’rtadan yo’q bo’lishning turli xil
sabablari
bordir:
texnologik
rivojlanishlar,
raqobat,
marketing
strategiyasi, talabga mos bo’lmagan juda yuqori narx va qiymat
yo’qotish. Bir maxsulot yoki xizmat bozorga chiqarilgandan keyin 4 ta
davrni boshdan kechiradi.
1. Bozorga kirish davri
2. Rivojlanish davri
3. Saqlanish davri
4. Tushish davri.
Bu davrlarning muddatlari maxsulot yoki xizmat turlariga ko’ra va
korxonaning tashkiliy tuzilishiga ko’ra xilma-xillik ko’rsatadi.
Mehmonxona xo’jaligida o’rtacha umri 10 yildir. Restoran yoki bar
uchun bir necha yil, diskotekalar uchun esa vaqtinchalik moddalardan
ta’sirlangani uchun juda kam muddatdir.
1. Bozorga kirish davri:
YAngi taqdim qilingan maxsulot yoki xizmat
bozorga kiradi. Bu yerda eng ahamiyatlisi, maxsulotning bozorga
mosligi, raqobat vositasi orqali talab yaratish, xalq bilan munosabatlar va
sotishni tashkil qilish harakatlaridir. Iste’moldagi maxsulot yoki xizmat
bozorda o’zining ishonchini kutadi. SHunday qilib, turli xil
imkoniyatlarni o’rganish, kapital qarorlarini berishni bilish kerakdir.
2. Rivojlanish davri
: Bu davrda sotishlar kutilmagan darajada ko’payadi.
YAna bu davrda, raqobat hodisasi o’zini ko’rsatadi yoki taqlidchilar
o’xshash maxsulotlarni bozorga kiritadilar. Agar maxsulot bozorda
saqlanib tura olsa juda tez rivojlanish bo’ladi tannarx va sotish
maxsulotlarda yuqori bo’lib, bozor to’lqinlaridan ta’sirlanadi. YAngi
xaridor guruhlari belgilanadi. Turistik muassasalarga to’g’ridan to’g’ri
bog’liq bo’lgan turoperatorlar yangi agentliklar bilan hamkorlikda
seminar va banketlar tashkillashtiradigan davridir.
3.Saqlanish davri
: Turistik maxsulot va xizmatlarni sotish tezligi
sekinlashgan davrdir. YAngi iste’molchi topish asosiy hisoblanmaydi.
Ular uchun eng ahamiyatlisi bozordan yetarli bir ulush olishdir, qo’lga
kiritgani bozor bo’limini mumkin bo’lgan qadar muhofaza qilish uchun
harakat qiladilar. Bu davrda turizm muassasalari, har bir narsaning yaxshi
sotilgani va muddatli bo’lishini tushinadilar. Maxsulotlar o’zini
yangilamagani taqdirda bozordan chiqish tahlikasi bilan yuzlashadilar.
Sotish narxi asosan 3 ta omil sababli pasayish ko’rsatadi.
a) ishlab chiqarish yoki boshqarish texnikalarining ratsionallashishi va
sotish hajmining ortishi oqibatida bir xona yoki ovqatning qiymat
tannarxlaridagi kamayish.
b) o’xshash xizmatlar uchun bozorda narx kurashini boshlagan
raqiblarning o’rtaga chiqishi.
v) muassasaning o’rnashgan yeriga, nomiga ahamiyat bergan xaridor
mexanizmining kengayishi.
4. Tushish davri
: Sotishlarning kuzatilgan darajada tushishga boshlagani
davrdir, yangi xizmat va maxsulotlarning bozorga kirgani va raqobatning
bo’lgani davridir. Xaridor mavjud maxsulotni tark qilishni boshlaydilar.
Tushish davrini tijoriy foyda olishning kamaygan bir davri deyish
noto’g’ridir. CHunki korxona, ma’lum bir muddat yana oldingi
xaridorlarini muhofaza qilib bir yo’sinda davom eta oladi. Bozorga ilk
kirish va yoyilish davrida yomon bir boshlang’ich, maxsulotning
kelajagini tahlikaga qo’yadi. Saqlanish davri, mehmonxona sektori uchun
yetarlicha uzoq muddatli bo’la oladi, faqat texnologik rivojlanishlar
ta’sirli rol o’ynay oladi. Xaridorlar ko’pincha shinam, komfortli va
texnologik yangiliklari bo’lgan turistik muassasalarni, maxsulotlarni
ma’qul ko’radilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |