O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Download 2,42 Mb.
bet37/73
Sana09.01.2023
Hajmi2,42 Mb.
#898448
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Nazorat uchun savollar


  1. Foiz stavkalarining qanday turlari mavjud?

  2. Tijorat banklari foiz siyosatining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?

  3. Oddiy foizlar qanday hisoblanadi?

  4. Murakkab foizlar qanday hisoblanadi?

  5. Tijorat banklari jalb qilgan resurslar bahosiga qanday omillar ta‘sir ko‘rsatadi?

  6. Tijorat banklari kreditlarining bahosiga qanday omillar ta‘sir ko‘rsatadi?

  7. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi va tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalari o‘rtasida qanday aloqadorlik mavjud?

  8. Pul bozorida foiz stavkalari qanday shakllanadi?

  9. Kapitallar bozorida foiz stavkalari qanday shakllanadi?


MAVZU. ALOHIDA KREDIT TURLARI VA USULLARI


Reja

    1. Alohida schetdan kreditlash tartibi va uni o‘ziga xos xususiyatlari.

    2. Lombard krediti va undan foydalanish imkoniyatlari

    3. Iste‘mol va ta‘lim kreditlari haqida tushuncha. va uni rasmiylashtirish shartlari.

    4. Ipoteka krediti va undan foydalanish imkoniyatlari.



Tayanch iboralar


Valyuta, valyuta munosabatlari, valyuta munosabatlari ishtirokchilari, valyuta konvertatsiyasi, valyuta bozori, market-meyker, spot operatsiyasi, Parij, Genuya, Bretton-Vuds, Yamayka, milliy, xududiy va jahon valyuta tizimlari.


12.1 Alohida schetdan kreditlash tartibi va uni o’ziga xos xususiyatlari.


Kreditning turi deganda uning ma‘lum belgilariga ko‘ra o‘ta aniqlikda shakllantirilgan tavsifi tushuniladi.
Kreditlar muddatiga ko‘ra uch turga bo‘linadi:

Kreditlarning muddati bo‘yicha turlarga ajratish dunyo mamlakatlarida bir-biridan farq

qiladi.

Kreditlash ob‘ektlariga ko‘ra kreditning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:



  • tovar-moddiy qimmatliklarni sotib olish uchun berilgan kreditlar;

  • ishlab chiqarish xarajatlarini moliyalashtirish uchun berilgan kreditlar (masalan,

respublikamizda paxta va g‘allani etishtirish xarajatlari imtiyozli kreditlar hisobidan moliyalashtiriladi);

    • mijozlarning to‘lov aylanmasidagi uzilishni qoplash uchun berilgan kreditlar.

Kreditning maqsadi yo‘nalishi va kredit munosbatlarida ishtirok etuvchi sub‘ektlarga ko‘ra kreditning quyidagi turlarini ajartib ko‘rsatish mumkin:

    • sinditsiyali kreditlar;

    • ipoteka kreditlari;

    • xalqaro kreditlar.

Hozirgi davrda tijorat banklari amaliyotida qo‘llanilayotgan zamonaviy kreditlash usullariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. aylanma bo‘yicha kreditlash usuli;

  2. qoldiq bo‘yicha kreditlash usuli;

v) aylanma-qoldiq usuli
Aylanma bo‘yicha kreditlash usulida kredit, mijozning, ya‘ni kredit oluvchi mijozning xarajatlarini, uning resurslari bo‘shagunga qadar, moliyalashtirishga beriladi. Kredit miqdori ssudaga bo‘lgan ehtiyoj oshib borishi bilan ortib boradi va ushbu ehtiyojning kamayishiga qarab qoplanib boradi.
Aylanma bo‘yicha kreditlash usuli kredit oluvchining ishlab chiqarish faoliyatining uzluksizligini ta‘minlash imkonini beradi.
Qoldiq bo‘yicha kreditlash usulida kredit kredit oluvchining tovar-moddiq qimmatliklarining qoldig‘i va xarajatlarining o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan ehtiyojga qarab beriladi. Masalan, korxona tovar-moddiy qimmatlikni o‘zining mablag‘lari hisobidan sotib oldi va shundan keyingina bankka ssuda so‘rab murojaat qildi. Bunday sharoitda kredit xarajatlarni avanslash uchun emas, balki tovar-moddiy qimmatliklarning qoldig‘iga, qoplash tartibida beriladi.
Amaliyotda kreditlashning yuqorida qayd etilgan har ikkala usuli uyg‘unlashib, kreditlashning yangi usulini, ya‘ni aylanma-qoldiq usulini yuzaga keltiradi.

Ushbu usulda kredit dastlab tovar-moddiy qimmatliklar va xarajatlar shakllanishining dastlabki bosqichida beriladi, keyingi bosqichda esa, kredit mijozning bank oldidagi muddatli majburiyatining qoldig‘i asosida so‘ndiriladi.
Kreditlashning aylanma-qoldiq usulida kredit aniq belgilangan muddatlarda so‘ndiriladi, biroq, bu muddatlar resurslarning bo‘shash muddatlariga mos kelmasligi mumkin.
Kreditlashning har uchala uslida kreditlarning harakati mijozning ssuda hisobraqami orqali amalga oshiriladi.
Berilgan kreditlar ssuda hisobraqamining debetida, kreditning qaytarilishi uning kreditida aks etadi.
Kredit oluvchi korxonaning aylanmasiga bog‘liq ravishda ssuda hisobraqamlarining uch turini ajratib ko‘rsatish mumkin:

    • aylanma-to‘lov ssuda hisobraqami;

    • qoldiq-kompensatsion ssuda hisobraqami;

    • aylanma-qoldiq ssuda hisobarqami.

Aylanma-to‘lov ssuda hisobraqami mijozga barcha majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni, jumladan, etkazib berilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha yuzaga kelgan kreditor qarzdorlikni, soliqlar bo‘yicha qarzdorlikni va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Aylanma-qoldiq ssuda hisobrami ham barcha to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Ammo qoldiq-kompensatsion ssuda hisobraqami bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun mijozning kreditlash ob‘ekti qancha bo‘lsa, shuncha qoldiq-kompensatsion ssuda hisobraqami ochish kerak.
Kreditlashning overdraft shakli ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda (Angliya, Shotlandiya. Irlandiya, Uels, Kanada) yaxshi rivojlangan.
Overdraft krediti doimiy pul tushumiga ega bo‘lgan ishonchli mijozlarga beriladi va ular faoliyatida yuzaga keladigan qisqa muddatli pul mablag‘lari etishmovchiligiga barham berish maqsadida beriladi.
Overdraft krediti mijozning joriy hisobraqamini debetli qoldig‘i summasiga beriladi. Tijorat banki va mijoz o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga ko‘ra, mijozga bank tomonidan kreditlash limiti ajratiladi. Mijozning joriy hisobraqamida pul mablag‘larining etishmaslik holati yuzaga kelganda, ya‘ni debetli qoldiq hosil bo‘lganda, bank ajratilgan limit doirasida overdraft krediti ajratadi.
Overdraft kreditida ssuda hisobraqami ochilmaydi. Kompyuter dasturi berilgan overdraft kreditini mijozlar toifasi bo‘yicha avtomatik ravishda hisobga oladi.
Overdraft krediti mijozning joriy hisobraqamiga pul kelib tushishi bilan avtomatik ravishda qoplanadi.
Overdraft kreditining foiz stavkasi muddatli kreditlarning foiz stavkasidan yuqori bo‘ladi. Buning sababi shundaki, overdraft kreditlari ta‘minlanmagan kreditlar bo‘lib, ularning risk darajasi nisbatan yuqoridir.
Overdraft kreditlarida garov ta‘minotining mavjud emasligi quyidagi sabablar bilan izohlanadi:

    • kredit oluvchining joriy hisobraqamida qachon pul mablag‘lari etishmasligini oldindan bilish qiyin;

    • kredit oluvchining joriy hisobraqamida qancha miqdorda pul mablag‘lari etmay qolishini oldindan bilib bo‘lmaydi.

Angliya bank amaliyotida overdraft kreditlari bo‘yicha kredit riski darajasini pasaytirish maqsadida mijozlarga har oyining so‘nggi kunida joriy hisobraqamning debetli qoldig‘ini ta‘minlash sharti qo‘yiladi. Shu tariqa, overdraft krediti bo‘yicha qarzdorlikni keyingi oyga o‘tishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida mijozlarning joriy hisobraqamining debetli qoldig‘ini yuzaga kelishiga ruxsat etilmaydi.
Kreditlashning kontokorrent shakli nemis tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda (Germaniya, Avstriya, Shveytsariya) yaxshi rivojlangan.
Kreditlashning kontokorrent shaklida mijozning joriy hisobi yopiladi va uning o‘rniga kontokorrent hisobraqami ochiladi.
Kredit olgan mijozning faoliyatidan keladigan barcha tushumlar kontokorrent hisobraqamining kreditida aks etadi, uning majburiyatlari yuzasidan barcha to‘lovlari kontokorrent hisobraqamining debetida aks etadi.
Kontokorrent kreditida mijozga kreditlash limiti ajratiladi.
Kontokorrent krediti kontokorrent hisobraqamining debetli qoldig‘i summasiga beriladi.
Kontokorrent krediti kontokorrent hisobraqamiga pul mablag‘lari kelib tushishi bilan avtomatik ravishda qoplanadi.
Kontokorrent krediti kredit to‘loviga layoqatliligi bo‘yicha birinchi toifaga mansub bo‘lgan mijozlarga garovsiz beriladi. Buning sababi shundaki, kontokorrent risk darajasi yuqori bo‘lgan kreditlash shakli hisoblanadi.
Kontokorrent krediti yiriklashtirilgan kreditlash ob‘ektiga beriladi.
Kontokorrent kreditining debetli qoldig‘i uchun mijoz bankka, uning kreditli qoldig‘i uchun bank mijozga foiz to‘laydi. Bunda mijoz bankka kredit uchun foiz to‘laydi, bank esa. mijozga talab qilib olinadigan depozit hisobraqamlari qoldig‘iga to‘lanadigan foiz darajasida (0,5-1,0%) foiz to‘laydi.
Hozirgi kunda taraqqiy etgan mamlakatlarda suzuvchi stavkadagi sinditsiyali kreditlardan keng ko‘lamda foydalanilmoqda. Buning sababi shundaki, mazkur mamlakatlar tijorat banklarining depozitlari tarkibida suzuvchi stavkalarda jalb qilingan depozitlarning salmog‘i oshib bormoqda. Bu esa, suzuvchi stavkalardagi sinditsiyali kreditlar hajmining oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Buning sababi shundaki, suzuvchi stavkalarda jalb qilingan depozitlar hisobidan qat‘iy belgilangan stavkalardagi sinditsiyali kreditlarni berish tijorat banklari faoliyatida kredit riskini chuqurlashish xavfini yuzaga keltiradi.
Sinditsiyali kreditlar bo‘yicha marja miqdori 0,5 foizdan 2,5 foizgacha bo‘lgan darajani tashkil etadi.
Sinditsiyali kreditlashni amalga oshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. Sinditsiyali kreditlashning tashaabbuskori bo‘lgan tijorat banki (u Etakchi bank hisoblanadi) kreditlanishi ko‘zda tutilayotgan investitsion loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanganligini va kredit oluvchi mijozning to‘lovga qobilligini baholashni amalga oshiradi. Ayrim hollarda, baholash yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan moliyaviy maslahatchilar tomonidan amalga oshiriladi.

Baholash natijasi ijobiy bo‘lgandan so‘ng, Etakchi bank, sinditsiyali kreditlashda ishtirok etishini so‘rab boshqa tijorat banklariga Memorandum jo‘natadi. Memorandumda bitimning asosiy shartlari o‘z aksini topgan bo‘ladi.

  1. Sinditsiyali kreditlashda ishtirok etish istagini bildirgan tijorat banklari bu haqda Etakchi bankni yozma ravishda xabardor qiladi. Shundan so‘ng Etakchi bank va ishtirokchi banklar o‘rtasida sinditsiyali kreditlash jarayonida tomonlarning huquqlari va majburiyatlari hamda sinditsiyali kreditlash shartlari bo‘yicha muzokara bo‘lib o‘tadi. Muzokara tugagandan so‘ng Bosh bitim imzolanadi va unga ko‘ra bank sindikati tashkil qilinadi.

Bosh bitimda Etakchi bankning huquq va majburiyatlari, ishtirokchi banklarning huquq va majburiyatlari o‘z aksini topadi.

  1. Sindikat tashkil qilingandan so‘ng, kredit oluvchi mijoz va Sindikat o‘rtasida kredit shartnomasining shartlari muhokama qilinadi va kredit shartnomasi imzolanadi.

Kredit shartnomasida sinditsiyali kreditlashning quyidagi muhim shartlari o‘z ifodasini

topadi:



  • sinditsiyali kreditning maqsadi;

  • sinditsiyali kreditning summasi;

  • kreditning muddati;

  • foiz stavkasi darajasi va hisoblash tartibi;

  • kredit beriladigan valyuta turi;

  • kreditni berish va qaytarish tartibi;

* komission to‘lovlar miqdori va ularni undirish tartibi.
Taraqqiy etgan mamlakatlar bank amaliyotini o‘rganish natijalari ko‘rsatadiki, kredit shartnomasi imzolangandan so‘ng mijoz to‘lov topshiriqnomasini Etakchi bankka olib keladi. Chunki, uning asosiy joriy hisobraqami Etakchi bankda ochilgan bo‘ladi.
Ishtirokchi banklar o‘zlarining sinditsiyali kreditlashdagi ulushini Etakchi bankka o‘tkazib berishadi. Kredit hisobidan to‘lovni faqat Etakchi bank amalga oshiradi.
Sinditsiyali kreditni qaytarish mijozning asosiy joriy hisobraqamidan amalga oshiriladi. Etakchi bank har bir tijorat bankning sinditsiyali kreditlashdagi ulushiga qarab, ularga kreditning asosiy qarz summasi va foizini to‘lab beradi.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari tomonidan sinditsiyali kreditlashni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2005 yil 16 iyuldagi 613-sonli ―Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Nizom (yangi tahrir)‖ yo‘riqnomasi asosida amalga oshiriladi. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005 yil 20 avgustda 1509-raqam bilan ro‘yxatga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ―Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Nizom (yangi tahrir)‖ yo‘riqnomasiga asosan, xorijiy amaliyotdan farqli ravishda, ishtirokchi banklar va qarz oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasi tuzilgandan so‘ng, har bir ishtirokchi-bank sinditsiyalashtirilgan kreditlash to‘g‘risidagi kelishuvda qayd etilgan shartlar asosida qarz oluvchiga o‘z bankida belgilangan tartibda alohida ssuda hisobvarag‘i ochadi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditning summasi har bir ishtirokchi bank balansida, uning tomonidan berilgan kredit miqdoriga teng ulushda aks ettiriladi
Etakchi bank tomonidan qarz oluvchining kreditni qaytarish qobiliyatini, berilgan kreditdan maqsadli foydalanishi va garov holati yoki kafilning moliyaviy holati bo‘yicha kreditdan foydalanishning butun muddati davomida monitoringni amalga oshiriladi. Ushbu monitoring ishtirokchi banklar talabi asosida, ular ishtirokida yoki kredit shartnomasida belgilangan tartibda har bir ishtirokchi bank tomonidan mustaqil amalga oshirilishi mumkin.

    1. Download 2,42 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish