O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Download 2,42 Mb.
bet54/73
Sana09.01.2023
Hajmi2,42 Mb.
#898448
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

1-jadval.


Faktoring va kreditning farqli jihatlari89

Faktoring

Kredit

1.Faktoring mijozning debi-torlaridan
tushadigan pul evaziga qaytariladi.

1.Kredit bankning qarzdorlari orqali
qaytariladi.

2.Faktoring to‘lovni aniq kechikish muddatiga
beriladi.

2.Kredit qat‘iy belgilangan aniq muddatga
beriladi.

3.Faktoringda ta‘minot talab etilmaydi.

3.Kredit asosan garov ostida beriladi

4.Faktoring tovarni jo‘natilgan kuni to‘lanadi.

4.Kredit shartnomadagi kunda to‘lanadi.

5.Faktoringda hajm cheklanmagan bo‘ladi. Bu
mijozning sotish hajmini o‘sishi bilan bog‘liq

5.Kredit shart qilingan summadan oldinroq
beriladi.

6.Faktoring debitorlar to‘lovni amalga oshirgan
kunda so‘ndiriladi.

6.Kredit shartnomadagi kundan oldin
qaytarilishi mumkin.

7.Faktoring avtomatik tarzda yuk xati va schet-
faktura taqdim qilinganda to‘lanadi.

7. Kredit olish uchun ko‘plab xujjatlarni
rasmiylashtirish lozim.

Hozirgi vaqtda, xalqaro amaliyotda mijozlarga moliyaviy xizmat ko‘rsatishining universal tizimi bo‘lib «ochiq» shakldagi faktoring operatsiyasi hisoblanadi. Biz yuqorida ta‘kidlab o‘tganimizdek, faktoring operatsiyasining bu shaklida mijozga faqatgina ishlab chiqarish va mahsulotlarini o‘z muddatida etkazib berish vazifasi qoladi, qolgan barcha moliyaviy ishlarni faktor firmasi (bank) o‘z zimmasiga oladi. Bu omil esa, mijozning faktor-firma (bank) bajarayotgan vazifalarni qayta bajaruvchi shaxsiy shtatni qisqartirishga, balki ulardan umuman voz kechishga imkon yaratadi. Bu imkoniyatdan keladigan iqtisodiy samara faktoring operatsiyasi xarajatlarini ma‘lum qismini qoplashi mumkin.


Jahon amaliyotida faktoring operatsiyalari bo‘yicha chegaraviy summalarni belgilashning uch xil usuli mavjud:

  1. Kreditlash limitini ajratish.

Faktoring xizmati shartnomasida, agar qarzdorlik summasi belgilangan limitdan oshib ketsa, bank etkazib beruvchiga barcha qo‘shimcha qarz talablarini qaytarib berish huquqiga ega, to‘lovchining to‘lovga qobiliyatsizligida esa, barcha uning qarzdorlik to‘lovlari bankning tovar etkazib beruvchiga to‘lagan summani undirgunga qadar bankka kelib tushadi.

  1. Har oylik yuk jo‘natish limitini aniqlash.

Tovar etkazib beruvchi mijoz qarzining miqdoridan qat‘iy nazar, shubhali qarzlardan sug‘urtalanadi. Limit hafta, oy, choraklarda belgilanishi mumkin.

  1. Alohida shartnomalar bo‘yicha sug‘urta.

Bu usul bir mijozga bir necha tovar etkazib berish emas, balki alohida holatlarda, katta summalarda shartnomalar imzolanganda qo‘llaniladi. Ma‘lum holatlarda esa, bularning kombinatsiyasi ham qo‘llanilishi mumkin.
Faktoring xizmati to‘g‘risida bank tovar etkazib beruvchi bilan shartnoma imzolashdan oldin tovar etkazib beruvchi bankka to‘lovchining nomi va manzili u bilan kelishuv shartlari, barcha qarzdorlik to‘lovlari summasi, har bir qarzdorning summasi, u bilan orasidagi munosabat va boshqa



89 Muallifning ilmiy tadqiqotlari asosida tayyorlangan.
turdagi ma‘lumotlarni taqdim etadi. Barcha ma‘lumotlarni o‘rganib chiqib, bank kelishuv shartlari to‘g‘risida, qaror qabul qiladi. Faktoring xizmatlari to‘g‘risidagi kelishuv, odatda, 1-4 yilga tuziladi.
Konventsion faktoringda kelishuv xizmatlarni to‘liq amalga oshirish, konfidentsial faktoringda esa kelishuv faqat hisob-fakturalar hisobini (diskontirovka) yuritishga tuziladi.
Xalqaro bank amaliyotida faktoringning ikki turi bir vaqtning o‘zida qo‘llanilmoqda; konventsion va konfidentsial faktoring.
Konventsion faktoring- bu mijozga moliyaviy xizmatlarning universal tizimini ko‘rsatish bo‘lib, buxgalteriya hisobi, mol etkazib beruvchilar va sotib oluvchilar bilan hisoblashish, sug‘urtali kreditlash va boshqa moliyaviy xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Bunda mijozga faqat ishlab chiqarish funktsiyasi qoladi. Konventsion faktoring mijoz korxonaga mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Konventsion faktoringda bank mijozga jo‘natilgan tovarlar summasining 80 foizini birdan to‘lab beradi, qolgan 20 foizini esa, debitordan pul kelib tushishidan qat‘iy nazar, belgilangan muddatda to‘lab beradi.
Konfidentsial faktoringda ayrim operatsiyalarni amalga oshirish bilan cheklanib qolinadi, ya‘ni pul mablag‘larini olishga bo‘lgan huquqni yon berish, qarz summasini to‘lash kabi operatsiyalar. Konfidentsial faktoringda mol etkazib beruvchi mijozga jo‘natilgan tovarlar uchun, sotib oluvchi mijozga to‘lov uchun faktoring krediti beriladi. Faktoring kreditini o‘z vaqtida va to‘liq qaytishi debitorni, ya‘ni tovarlarni sotib oluvchining to‘lov qobiliyatiga bog‘liq. Shu sababli, xorijiy banklar sotib oluvchining to‘lovga qobilligini baxolashga alohida e‘tibor beradilar. Bunda asosiy e‘tibor sotib oluvchining pul oqimini baholashga qaratildi.

    1. Download 2,42 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish