Poliz qo’ng’izi yoki epilyaxna - Epilyachna chrysomelina. Qo’ng’izlar turkumining koksinellidlar – Coccinellidae oilasiga mansub.
Tarqalishi. O’rta Osiyo davlatlari hamda Kavkazda uchraydi. Xorijda Afg’oniston, Eron, Kichik Osiyo, Janubiy Yevropa va qisman Afrika mamlakatlarida tarqalgan. O’zbekistonda poliz qo’ng’izi ko’proq Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand viloyatlarida uchraydi.
Ta’rifi. Bu o’simlikxo’r koksinellid qo’ng’izining o’ziga xos belgilari borligi uchun darhol aniqlab olish mumkin. Qo’ng’izi yarim doirasimon shaklga ega, tanasining past tomoni yassi, usti esa qavariq, kattaligi 7-8 mm, rangi qizil-qo’ng’ir, ust qanotlarining har birida 6 tadan qora dog’I bor. Uni 12 dog’li poliz korovkasi deb atashadi. Tuxumi yorqin sariq tusda. U cho’ziq oval shaklda bo’lib, kattaligi 1.75 mm keladi. Lichinkasi sarg’ich tusda, uch juft ko’krak oyoqlari bor, ust tomonida besh qator joylashgan shoxlagan qora tikanchalari bor, uzunligi 9 mm keladi. G’umbagi koksinellidlarga xos – orqa echi bilan bargga yopishib turadi, tanasi qisqarib kengaygan, usti tukchalar bilan qoplangan, rangi sariq.
Hayot kechirishi. Qo’ng’izi o’zi yashagan yerda turli o’simlik qoldiqlarining ostida qishlab chiqadi. Uni qamish poyasida ham topishgan. Bahorda qo’ng’izlarning uyg’onishi ancha cho’ziladi va poliz ekinlarining ko’karish davriga to’g’ri keladi. Qo’ng’izlari ekinlariga uchib o’tib qo’shimcha oziqlanadi, o’simlik barglarining ust tomoniga 20-50 tadan g’uj qilib tuxum qo’yadi. (Sh.T.Xo’jayev, Toshkent-2014)
TADQIQOT O’TKAZILADIGAN JOYNING XUSUSIYATLARI
Surxondaryo viloyati O`zbekiston Respublikasining janubiy-sharqiy qismida joylashgan bo`lib Shimol va shimoliy-sharqdan Tojikiston Respublikasi, janubdan Amudaryo orqali Afg`oniston Islom Respublikasi, janubiy-g`arbdan Turkmaniston Respublikasi va shimoliy-g`arbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh uch tomondan tog`lar bilan berk o`ralgan o`ziga xos tabiati va landshaftlariga ega bo`lgan Surxon vodiysida joylashgan. Tabiiy iqlim, geografik sharoitlari mamlakatimizning boshqa xududlariga nisbatan keskin farq qiladi. Iqlimi keskin kontinental bo`lib, eng yuqori xarorat yozning issiq kunlarida 50-70 darajagacha, yanvar oyining o`rtacha xarorati 2,8 darajada , iyul oyining o`rtacha xarorati 31,4 darajada issiq bo`lishi kuzatiladi. Doimiy takrorlanib turadigan Janubiy Afg`oniston Respublikasi shimoliy cho`l zo`nalaridan chang to`zon olib keluvchi surunkali “Afg`on” shamoli quruq va issiq bo`lib,qishloq xo`jaligi ekinlariga sezilarli zarar yetkazgan xolda aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko`rsatib keladi. Viloyat Surxon hamda Sherobod daryolari quyi oqimlaridagi sug`oriladigan janubiy hududlari tekisliklardan tashkil topgan. Shimol va g`arbiy tomondan “Hisor” tog` tizmalari davomi bo`lgan “Boysun”, “Ko`hitang” tog`lari va sharq tomondan “Bobotog`” tog` tizmalari bilan o`ralgan. Past tekisliklarda yiliga 130mmdan 360mmgacha ,tog` oldi va tog` zo`nalarida 445mmdan 626mm gacha yog`in tushadi. Havoning nisbiy namligi yanvar oyida 80%gacha bo`lsa iyul oyida 30%gacha tushib ketadi. Yog`ingarchilik eng ko`p tushadigan fasl qish va bahor oylari bo`lib,boshqa fasllarda deyarli yog`ingarchiliklar kuzatilmaydi. Shamolning o`rtacha tezligi sekundiga 4,5metrgacha ,ayrim kuchli dovullar paytida sekundiga 25metr va undan ortiqni tashkil etadi. Tadqiqotlarni olib borish uchun Surxondaryo viloyati Termiz tumani cho’l zonasining qumli tuprog’i tarqalgan maydon tanlab olingan. Ushbu maydon TAIRI tajriba maydoni(Uchxoz) bolib, unda tadqiqod olib orish uchun barcha sharoitlarga ega.
Termiz tumani respublikaning eng janubida, Termiz shahri yaqinida joylashgan. Tuman hududining sharqiy qismi Hisor togʻ tizmasining davomi Toʻyintogʻ, Kaykitogʻ va uning etaklari, Xotinrabot va Qiziriq choʻllari hamda uning davomi — Qoraqir, Uchqizil, Kattaqum massivi, Eski Termiz adirlari va qirlari bilan band. Bu yerlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Janubiy va gʻarbi — Surxondaryoning Amudaryoga quyilgan qismi va Amudaryo, Surxondaryo sohillaridan iborat boʻlib, tuprogʻi taqir va shoʻrxok. Amudaryo, Qorasuv, Sherobod daryolari tuman hududi orqali oʻtadi. Foydali qazilmalardan neft topilgan. Tuprogʻi, asosan, och sargʻish qum aralash tuproq. Adir va soyliklarda (shimoli-gʻarbida) qoʻngʻir qum tuproq boʻlib, chirindisi ancha kam. Surxondaryo sohillarida toʻqay qoʻngʻir tuprogʻi va qum tuproq uchraydi. Oʻsimliklardan oq saksovul, cherkez, taroqbosh, yaltirbosh, yantoq; daryo boʻylarida yulgʻun, jiyda, terak, qiyoq, qamish; togʻlarning baland qismida betaga, daraxt va butalardan archa, yovvoyi mevali daraxtlar oʻsadi. Amudaryo vodiysida toʻqayzorlar bor.
Yovvoyi hayvonlardan daryo boʻylaridagi qamishzor va choʻllarda qirgʻovul, kaklik, tustovuq, quyon, jayra, boʻri, chiyaboʻri, tulki, yovvoyi mushuk uchraydi. Termiz tumani hududida Surxondaryo qoʻriqxonasi joylashgan.
Tumanda Zang kanali (Surxondaryodan suv oladi), Gʻalaba, AmuZang (Amudaryodan suv oladi) sugʻorish kanallari, Uchqizil suv ombori qurilgan. Iqlimi keskin kontinental. Iyul oyning oʻrtacha temperaturasi 31,4°, eng yuqori temperatura 48° ga yetadi. Yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi 2,8°, eng past temperatura —21°. Tumanning janubi-sharqiy qismida "Afgʻon shamoli" esadi va ekinlarga zarar yetkazadi. Vegetatsiya davri 226 kundan 266 kungacha. Yozda traning yuqoriligi, iliqissiq kunlarning uzoq davom etishi tumanda issiqsevar subtropik oʻsimliklar — ingichka tolali paxta, xurmo va hatto shakarqamish, apelsin, mandarin yetishtirishga imkon beradi.
Tuman xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik, mevachilik, poliz va sabzavotchilik. Ingichka tolali paxta yetishtirish ilk bor Termiz tumanida sinab koʻrilgan. Tuman hududida Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot institutining Surxondaryo filiali ishlab turibdi. Bu yerda seleksioner olimlar soʻnggi yillarda ingichka tolali serhosil va tezpishar paxta navlarini yaratmoqdalar. "Termiz 1", "Termiz 16", "Termiz 24", "Termiz 31", navlaridan yuqori hosil olinmoqda. Tumandagi jami 599 korxonadan 92 tasi davlat va 507 tasi nodavlat korxonalardir.
Termiz tumanida 4 qoʻshma korxona, 14 aksiyadorlik jamiyati, 20 masʼuliyati cheklangan jamiyatlar va 339 sanoat, qurilish va boshqa korxonalar bor.
Tumandagi 13 ming ga sugʻoriladigan yerda dehqonchilik qilinadi, shundan 5400 ga yerga paxta, 5179 ga yerga gʻalla, 560,2 ga yerga sabzavot, 122,2 ga yerga kartoshka, 104 ga yerga poliz ekinlari ekiladi. 394 ga mevazor, 242 ga yer tokzor bilan band. Ihota daraxtzorlari, oʻrmonzorlar mavjud. Termiz tumanida 9 shirkat, 1858 fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi, parrandachilik fabrikasi ishlab turibdi (2004).
Tumanda jami 24,6 ming qoramol (shu jumladan, 12,5 ming sigir), 39,6 ming qoʻy va echki, 329,7 ming parranda, 226 ot boqiladi (2003). Tuman hududidan temir yoʻl liniyasi oʻtgan. Tuman markazi (Uchqizil qishlogʻi) dan Termizga avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |