5-rasm. O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining amaldagi tarkibi10
Davlat byudjeti daromadlarining shakllanish samaradorligi va barqarorligiamalga oshirilishi ko’zda tutilgan xarajatlar ijrosining moddiy asosini tashkil etadi. Shuningdek, davlat byudjeti xarajatlari davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlarning tom ma’nodagi ifodasini o’zida aks ettiradi.
2-jadval
Davlat byudjeti xarajatlari to’g’risida ma’lumot19
№
|
Ko’rsatkichlar
|
2019 yil
|
2020 yil
|
2021 yil(reja)
|
mlrd. so’m
|
foizda
|
mlrd. so’m
|
foizda
|
mlrd. so’m
|
foizda
|
|
Davlat byudjeti xarajatlari
|
16991
|
100
|
21571
|
100
|
26312
|
100
|
1.
|
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvatlash xarajatlari
|
10112
|
59,5
|
12513
|
58,0
|
15573
|
59,2
|
2.
|
Iqtisodiyot xarajatlari
|
1952
|
11,5
|
2372
|
11,0
|
2791
|
10,6
|
3.
|
Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish
|
950
|
5,6
|
1059
|
4,9
|
1300
|
4,9
|
4.
|
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari xarajatlari
|
472
|
2,7
|
629
|
2,9
|
825
|
3,1
|
5.
|
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari
|
152
|
0,9
|
191
|
0,9
|
287
|
1,1
|
6.
|
Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg’armasi
|
57
|
0,3
|
70
|
0,3
|
85
|
0,3
|
7.
|
Boshqa xarajatlar
|
3296
|
19,4
|
4735
|
21,2
|
5448
|
20,7
|
2-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, davlat byudjeti xarajatlarida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlarining salmog’i yuqori bo’lmoqda. Xususan, ushbu xarajatlar 2019 yilda 10112 milliard so’mni 2020 yilda esa 12513 milliard so’m bo’lib, jami byudjet xarajatlarida mos ravishda 59.5 va 58 foizni tashkil etlgan bo’lsa, 2021 yil uchun kelib ushbu xarajatlar 15573 milliard so’m hajmida rejalashtirilgan va uning jami byudjet xarajatlaridagi ulushi 59,2 foizni tashkil etishi ko’zda tutilgan. Demak, ushbu sohaga qilinayotgan xarajatlar, birinchidan, nominal mazmunda va shuningdek, umumiy xarajatlar salmog’ida ham ortib bormoqda.
Mustaqillikka erishilgandan so’ng, davlat xarajatlarining salmoqli qismiaholini ijtimoiy-iqtisodiy talablarini qondirishga yo’naltirilmoqda. Byudjet xarajatlari tarkibida ijtimoiy soha va aholini qo’llab-quvvatlash xarajatlari jami xarajatlarning 60 %ga yaqinini tashkil etadi. Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari o’z tarkibiga maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga ijtimoiy nafaqalarni oladi.
3-jadval
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvatlash xarajatlarining tarkibi va ularning salmog’i11
Ko’rsatkichlar
|
2019 yil
|
2020 yil
|
2021 yil (reja)
|
mlrd. so’m
|
foiz
|
mlrd. so’m
|
foiz
|
mlrd. so’m
|
foiz
|
Davlat byudjeti xarajatlari
|
16991
|
100
|
21571
|
100
|
26312
|
100
|
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvatlash xarajatlari, jami
shu jumladan:
|
10112
|
59,5
|
12513
|
58
|
15573
|
59,2
|
- ta’lim
|
5890
|
34,6
|
7223
|
33,4
|
8984
|
34,1
|
- sog’liqni saqlash
|
2217
|
13,0
|
2820
|
13,0
|
3768
|
14,3
|
- madaniyat va sport
|
194
|
1,1
|
226
|
1,0
|
279
|
1,1
|
- ilm-fan
|
111
|
0,6
|
140
|
0,6
|
173
|
0,7
|
- ijtimoiy ta’minot
|
74
|
0,4
|
93
|
0,4
|
107
|
0,4
|
- oilalarga ijtimoiy nafaqalar
|
1582
|
9,3
|
1899
|
8,8
|
1839
|
7,0
|
- Qishloq joylarda uyjoylar qurishni hamkorlikda moliyalashtirish uchun kredit liniyalari
|
-
|
-
|
-
|
-
|
375
|
1,4
|
3-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, davlat byudjetining ijtimoiysoha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvatlash xarajatlari tarkibida ta’lim va sog’liqni saqlash xarajatlarining salmog’i va miqdori yildan yilga oshib bormoqda. 2019 yilda ta’lim xarajatlari 5890 milliard so’m, 2020 yilda esa 7223 milliard so’mni tashkil etdi. 2021 yilda yurtimizda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvatlash xarajatlarining tarkibida 8984,6 milliard so’m hajmidagi mablag’lar ta’lim-tarbiya sohasiga sarflanishi rejalashtirilgan bo’lib, xarajatlarning asosiy qismini tashkil etgan. Maskur xarajatlar davlat budjetining o’rtacha 33-35 % ni tashkil qilmoqda.
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvatlash xarajatlarining tarkibida sog’liqni saqlash xarajatlari 2020 yilda 2217 milliard so’m, 2020 yilda esa 2820 milliard so’mni tashkil etdi. 2020 yilda bu sohaga 3768 milliard so’m sarflanishi rejalashtirilgan. Sog’liqni saqlash xarajatlari davlat budjetining o’rtacha 13-15 % ni tashkil etmoqda.
2020 yil - “Obod turmush yili”da qishloq joylarda yakka tartibdagi uyjoylar qurishni hamkorlikda moliyalashtirish uchun 374,7 milliard so’m miqdorida mablag’ sarflanishi ko’zda tutilgan.
Amalga oshirilayotan islohotlarda aholining turmush farovoligini va daromadlarini izchil oshirib borish ustuvor ahamiyatga ega bo’lmoqda. Ushbu sohadagi islohotlar 2020 yilda ham davom ettirilib, davlat byudjetidan jami 1839,9 milliard so’m mablag’ ayni shu maqsadlar uchun ajratilishi rejalashtirilgan.
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlarining tarkibiy tahliliga asoslangan holda ta’kidlash joizki, aholi turmush farovonligini oshirishdagi yanada ijobiy o’zgarishlarga erishish maqsadida byudjet sohasi xodimlari ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar miqdorini izchil oshirib borish kabi ijtimoiy sohadagi tadbirlarni moliyalashtirish bilan birga jahonda global miqyosda avj olib borayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida mamlakatimizni barqaror iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omili sifatida ichki talabni rag’batlantirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini joriy etishga alohida ahamiyat berilmoqda. 2020 yilda byudjet tashkilotlarixodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar miqdorini bosqichmabosqich ko’paytirish davom ettirilib, ish haqini inflyatsiya darajasidan yuqori bo’lgan miqdorda oshirish uchun davlat byudjetidan 1,3 trillion so’m mablag’ ajratildi. 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab yagona tarif setkasini qayta ko’rib chiqish va mehnatga haq to’lashning bazaviy darajasini birinchi razryad miqdorida belgilash amalga oshirildi.
Davlat budjeti xarajatlari tarkibida iqtisodiyotga sarflanadigan xarajatlar salmog’i jihatdan keyingi o’rinda turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |