O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
BOSHLANG`ICH TA`LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISH TA`LIM YO`NALISHI
3-BOSQICH 302-GURUH TALABASI
JABBOROVA GAVXARSHODNING
TEXNOLOGIYA VA UNI O`QITISH METODIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Ipdan turli choklarni tikish usullari
Termiz – 2022 yil
Mavzu: Ipdan choklarni tikish texnologiyasi
Reja:
1. Ip va chok turlari haqida ma’lumot berish.
2. Ipdan choklarni tikish ishlariga oid ma’lumotlar berish.
3. Ipdan choklarni tikish texnologiyasini tushuntirish.
Chok turlari haqida ma’lumot berish. Ipdan choklarni tikish haqida tushunchalar berish. Ipdan choklarni tikish texnologiyasini tushuntirish. Pedagogik vazifalar:
• talabalarning ipdan choklarni tikish haqidagi bilimlarini aniqlash;
• ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha ma’lumotlar berish
• ipdan choklarni tikish haqida tushunchalar berish;
• ipdan choklarni tikish texnologiyasini tushuntirish.
Ta’lim usullari: Tushuntirish, “Aqliy hujum” metodi, amaliy ish, ko‘r gazmalilik. Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar, texnik vositalar, ko‘rgazmalar, mato turlari, ip turlari, qaychi, igna, ip, angishvona.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniqlash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savollar beriladi.
Choklardan nima uchun foydalaniladi?
Qanday chok turlari mavjud?
Qaysi ip turlaridan choklarni tikish mumkin?
Texnika xavfsizligi qoidalarini bilasizmi?
Ninadan foydalanish qoidalarini bilasizmi?
Texnika xavsizligi qoidalari yodga solinadi.
Nina bilan ishlash qoidalari:
1. Ninani ishlatib bo‘lgach, maxsus nina yostiqchaga sanchib qo‘ying.
2. Ninani hech qachon og‘zingizga olmang.
3. Ortiqcha ninalarni ignadonda quruq holatda saqlang.
4. Ishdan oldin va ishdan keyin ninalarni sanab ko‘ring, yetishmagan ninalarni albatta toping.
5.Qog‘oz va kartondan narsalarni yasaganda birinchi teshikni albatta bigiz bilan teshib oling.
Ipdan choklarni tikish ishlariga oid ma’lumotlar:
1. Ip va tola turlari bilan tanishtirish.
2. Kerakli uzunlikdagi ipni o‘lchash, uni qirqish.
3. Ninaga ip o‘tkazish, tugun hosil qilishni o‘rgatish.
4. Chok turlari bilan tanishtirish.
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Zanjir chokini tiking.
2. Zanjir choki asosida gul shaklini tiking.
Kiyim detallarini ishlash va ularni biriktirish uchun ip, yelim va ba’zan payvandlash usulidan foydalaniladi. Shunga ko’ra ip bilan yelimlab va payvandlab, parchinlab, qo’yib biriktirish usullari bo’ladi. Kiyimlarni ko’plab ishlab chiqarishda va yakka buyurtma bilan tikishda asosan ip bilan tikish usuli qo’llaniladi, bunda qo’l ishlari bir muncha foiz oshadi. Gazlamadagi iplar chalishuvining tugallangan jarayoni qaviq (baxya) deyladi. Bir necha ketma-ket takrorlangan qaviqlar (baxyalar) – qaviqqator (baxyaqatorlar) deyiladi.
Chok — 1) chevarlikda — tikish, qirqish, yamash, kashta gullarini tikishda hosil boʻladigan baxyalar tizmasi, buyumlarning tikib biriktirilgan joyi. Gazlama, charm, teri va boshqalarni tikishda biror buyumni naqshli kashtalar bilan bezash, kiyim tikishda qismlarini biriktirishda qoʻllaniladi. Ch. qoʻlda (igna, angishvona, ilmokli soʻzon igna, bigiz va boshqa bilan) va tikuv mashinasida tikiladi. Ch. tekis va pishiq chiqishida ipning sifati katta ahamiyatga ega. Agar ip yaxshi pishitilsa, Ch. tekis va zich chiqadi, ip xom pishitilgan boʻlsa, tarang tortilmay, Ch. gʻadirbudur boʻladi. Ch.da tabiiy (ipak, paxta, jun) va sunʼiy tolalardan foydalaniladi. 19-asrgacha Ch., asosan, qoʻlda tikilgan. 19-asrning 2yarmidan Yevropa mamlakatlarida Ch.ni tikuv mashinada tikishga oʻtilgan. Ch.lar tikish texnikasi, rasmlar mujassamoti va gullari bilan birbiridan ajralib turadi. Badiiy kashtachilikda palak, soʻzana, gulkoʻrpa, zardevor, joynamoz va boshqa badiiy buyumlar qadimda turli xil Ch. bilan qoʻlda tikilgan. Hozir ham qoʻlda, ham maxsus popop mashinalarda tikilmoqda. Tikuvchilikda kiyim qismlarining ip yoki yelim yordamida biriktirilgan joyi Ch. hisoblanadi.
Vazifasiga koʻra, Ch.lar biriktirish, zih va bezakpardozlash Ch.iga baxya, tepchima, yoyma, bosma, qayirma, quyma, qulf, uchmauch Ch.lar kiradi. Hoshiya Ch. astarsiz va sitiluvchan gazlamalardan tikiladigan kiyimlarning qismlari, qirqimlarini ishlash uchun qoʻllaniladi.
Kashtadoʻzlikla eng koʻp tarqalgan Ch.lar: kuppa, bosma, duroʻya (kanda xayol), chinda xayol, xomdoʻzi, yoʻrma, popur, iroqi, ilmoq, chamak bahya va boshqa; 2) mashinasozlikda metall qismlarning tutashtirilgan joylari; 3) binokorlikda — terilgan gʻishtlar, bloklarning oraligʻi, panelli uylarda panellar tutashgan joylar. Bino va inshootlarning bir qismini ikkinchisidan ajratadigan ensiz oraliq konstruktiv Ch. deyiladi. Bunday Ch. tra, choʻkish va seysmik Ch.ga boʻlinadi. Tra Ch.i traning oʻzgarishidan, choʻkish Ch.i imoratning choʻkishidan vujudga keladigan qoʻshimcha zoʻriqishlarning oldini oladi, seysmik Ch. binolarni silkinishda buzilishdan asraydi. Amalda koʻpincha bu 3 ta chok vazifasini bitta chok bajaradi, yaʼni 3 ta chok oʻrniga bitta chok krldiriladi.
QAVIQ TURLARI
To`g`ri qaviqlar
Qiya qaviqlar
Iroqsimon qaviqlar
Xalqasimon qaviqlar
Petlya qaviqlar
Do'stlaringiz bilan baham: |