Ko‘chirmachilik darajalari
Garchi ko‘chirmachilik asosan birovning ishini ko‘chirishni anglatsa ham, buni aniqlash har doim ham oson emas.
Ko‘chirmachilikdan xulosalash orqali saqlanish.
Qo‘shtirnoqlar oshib ketmasligi kerak, shuning uchun siz o‘zgalar ishini xulosalab o‘z ishingizda foydalanishni o‘rganishingiz kerak. Bu sizning matnni tushunishingizni isbotlaydi.
Xulosa sifatida shuni aytish kerakki, noshirlik va tahririyat faoliyatida muharrirlik, tahrir etish ishlari murakkab bosqichlar asosida amalga oshiriladi. Bu faoliyat zamirida qo‘lyozma matnlarning o‘qishli, samarali, sifatli chiqishi, ommaviy auditoriyaga “hazmi yengil”, tushunarli, ifodali tarzda yetkazib berish maqsadi yotadi. Bu jarayonda ishtirok etuvchi ijodkorlar – muharrirlar, adabiy xodimlar doimo bu ishga nisbatan jiddiy va e’tiborli munosabatda bo‘lishlari talab etiladi.
1-topshiriq. Tahrir haqidagi matnni o`qing, matn mazmunidan kelib chiqib 10 ta savol tuzing.
Tahrir ma’naviyat, madaniyat va ma’rifatga bevosita daxldor jarayondir. Respublikamizda tahrir ishlariga alohida ahamiyat berilgan hamda nashriyot, matbuot haqidagi qonunlar va qarorlar e’lon qilingan.
Tahrirning shakllanishi bosmaxonalar va nashriyotlar faoliyati bilan bevosita bog‘liq. Nashr va noshir tushunchalari bir-biriga bog‘liq. Nashr turlari va xillari rang barangdir va ularning tahririda o‘ziga xos talab, muammolar mavjud.
Siyosiy, ijtimoiy-ommaviy, adabiyotlarning matnini tahriridagi asosiy mezonlar – ishonarlilik, dalillanganlik, asoslanganlikdir. Quruq bayonchilik va safsatabozlikdan, yuzaki va sayoz sharhlardan, ko‘chirma (sitata)bozlikdan qochish zarur.
Ijtimoiy-siyosiy nashrlar matn qurilishidagi o‘ziga xoslik- tashviqot va targ‘ibot bo`lib, lisoniy-uslubiy vositalarni tanlash va qo‘llash tamoyillariga e’tibor beriladi. Siyosiy-mafkuraviy atamalarni qo‘llashning o‘ziga xosligi – ommaviylik va tushunarlilik, ta’sirchanlik ta’minlovchi omillarga asoslanadi. Ijtimoiy- siyosiy nashrlar tahririda rasmiy nutq uslubi maromlariga asoslanish lozim.
243
Ilmiy va texnikaviy nashrlar oldiga qo‘yiladigan talablar juda jiddiydir va nashrning kimga mo‘ljallanganliga bog‘liq. Ilmiy adabiyotning janr turlari va ularning lisoniy-uslubiy, matniy o‘ziga xos bo‘lilb, ularning turlari va ularning bayon qilish tarzi, matn qurilishi turlichadir. Ilmiy–texnikaviy adabiyotlarda milliy atamalardan, ko‘chirmalardan foydalaniladi, manbalarga havola qilinadi.
Ilmiy nashr matnida ilmiy uslub marom va mezonlarga asoslaniladi: bayonning xosliligi, mantiqiyligi, isbotlanganligi, tasvirlash, ta’riflash, tahlil va muhokama yuritishning lisoniy-uslubiy o‘ziga xosligi. Ilmiy matnlarda turli xil ishoralar, chizma va formulalar, hisob-kitoblarni berish usullari va tartiblaridan foydalaniladi. Ilmiy adabiyotlarni ruknlash va sarlavha tanlash muammosi alohida ahamiyatga ega.
Ilmiy ommabop adabiyotlar ijtimoiy-ma’rifiy maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi va ilmiy bilimlarni ommalashtirishga xizmat qiladi. Ilmiy ommabop bayon oldiga qo‘yiladigan asosiy talablar - matnning mantiqiy, lisoniy, uslubiy sifatlariga asoslanadi. Sof ilmiy bayondan “qochish” zarur. Ilmiy ommabop nashrlar uchun xos bo‘lgan matniy, lisoniy- uslubiy nuqsonlarni bartaraf etish zarur.
Ilmiy axborot beruvchi adabiyot turlari ko‘p bo‘lib, birlamchi va ikkilamchi axborotlardan tashkil topadi: nashr etilgan va nashr etilmagan axborotlar. Bularda axborotni qayta tahlil qilish, umumlashtirish va baholash xususiyatining ustuvorligiga e’tibor beriladi. Ilmiy axborotning kimga mo‘ljallanganligi va bayon uslubi ham alohida ahamiyatga ega.
Bibliografik ko‘rsatgichlar va bibliografik sharhlarni, referativ jurnallar, referativ to‘plam yoki maxsus nashlarni tahrir qilish talablari o‘ziga xosdir: ularning matniy tuzulishi, tarkiblanish xususiyatlari bir-biridan farq qiladi.
O‘quv qo‘llanmalari va darsliklarning turlari va vazifalari bir-biridan farq qiladi. Bu o‘qish va o‘qitishning turlari, xillari bilan bog‘liq.
Bildirgich adabiyot turlariga: qomuslar, lo‘g‘atlar, bildirgichlar kiradi. Qomuslar va ularning turlari bir-biridan farq qiladi: umumiy, sohaviy, kasbiy. Bular hajman turlicha bo‘lishi mumkin. Qomuslarni tuzishning o‘ziga xos qoida va mezonlari mavjud. Lug‘atlar va ularning turlari rang-barangdir: umumiy lug‘atlar, tarjima lug‘atlari, izohli lug‘atlar, imlo lug‘ati, talaffuz lug‘ati; sheva va lahja lug‘atlari, olinma (o‘zlashtirma) so‘zlar lug‘ati, terminlar va kasb-hunar lug‘ati. Bularning tahririda oldindan tayin etib olingan tamoyillariga amal qilinadi.
Badiiy adabiyotning tur va xillari rang-barangdir. Adabiy-badiiy asarning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, badiiy asar matni tahriri oldiga qo‘yiladigan talablar mavjud.
244
2-topshiriq. Klaster metodi.
KLASTER
(Klaster-tutam, bog`lam)-axborot xaritasini tuzish
yo`li-barcha tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g`oyalarni yig`ish.
Bilimlarni faollashtirishni
tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo'yicha yangi o`zaro bog`lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi.
Klasterni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Yozuv taxtasi yoki katta qog`oz varag`ining o`rtasiga asosiy so`z yoki 1-2 so`zdan iborat bo'`gan mavzu nomi yoziladi
Birikma bo'yicha asosiy so'z bilan uning yonida mavzu bilan bog`liq so'z va takliflar kichik doirachalar “yo'ldoshlar” yozib qo'shiladi. Ularni “asosiy” so'z bilan chiziqlar yordamida birlashtiriladi. Bu “yo'ldoshlarda” “kichik yo'ldoshlar” bo'lishi mumkin. Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki qoyalar tugagunicha davom etishi mumkin.
Ish natijalarining taqdimoti
Do'stlaringiz bilan baham: |