13
Sof (asos) holidagi alkaloidlar organik erituvchilarda yaxshi eriydi,
suvda erimaydi. Ularning kislotalar bilan hosil qilgan birikmalari –
alkaloidlarning tuzlari esa suvda yaxshi eriydi, ammo organik erituvchilarda
erimaydi. Asos hamda tuz holidagi alkaloidlar spirtda bir xilda yaxshi eriydi.
Shu bilan birga suvda va organik erituvchilarda
bir xilda eriydigan sof
alkaloidlar (sitizin, metiltsitizin, kofein va boshqalar) hamda suvda yomon
eriydigan alkaloid tuzalari (xinin sulfat, taspin sulfat va boshqalar) ham
uchraydi.
Alkaloidlar kislotalar bilan birikib, kristall holidadagi tuzlar hosil qiladi. Bu
reaksiyada alkaloid molekulasiga kislotaning butun molekulasi qo`shiladi.
Odatda alkaloid tuzini olish uchun yaxshi kristallanadigan
tuz hosil qiluvchi
kislotadan foydalaniladi.
Alkaloidlarning dissotsiatsiya konstantalari juda katta chegarada (1•
dan to 1•
va undan yuqori) bo`ladi. Shuning uchun ular kislotalar
bilan turli darajada turg`un bo`lgan birikmali tuzlar hosil qiladi. Kichik
dissotsiatsiya konstantasiga ega bo`lgan alkaloidlar (kofein, kolxitsin va
boshqalar) kislotalar ta’sirida turg`un bo`lmagan tuzlar hosil qiladi.
Natijada
bu birikmalar suvli eritmalarida tezda parchalanib ketadi.
Alkaloidlar molekulasida uglerod , vodorod va azot atomlari bo`lishi
kerak, kislorod atomi bo`lishi shart emas. Odatda molekulasida kislorod
tutmagan alkaloidlar suyuq,
hidli va uchuvchan, kislorodlilari esa hidsiz,
uchmaydigan, kristall modda bo`ladi.
O`simliklar tarkibida murakkab efirdan tashkil topgan alkaloidlar ham
uchraydi. Ular molekulasi kuchli ishqor va kislotalar ta’sirida parchalanishi
mumkin (atropin, kokain, skopolamkin va boshqa alkaloidlar).
Agar alkaloid
molekulasi tarkibida fenol guruhi bo`lsa, u holda ishqorlar ta’sirida suvda
eriydigan fenolyat tipidagi birikma hosil bo`ladi. Alkaloidlarning bu
xususiyatlari ularni analiz qilayotganda hisobga olinishi lozim.
14
Ko`pincha alkaloid tarkibidagi azot atomi molekulani tashkil etuvchi halqa
tarkibiga kirib, geterotsiklik birikma hosil qiladi. Shuning uchun ko`pgina
alkaloidlar (ochiq zanjirli alkaloidlardan tashqari )
geterotsiklik birikmalar
unumi hisoblanadi.Alkaloidlarning tibbiyotda ishlatilishi. Alkaloidlar tibbiyotda
ishlatiladigan dorivor moddalar ichida eng qimmatlisi hisoblanadi. Ular
ko`pincha spetsifik (ma’lum kasallikka nisbatan ) va boshqa dorilar bilan
almashtirib bo`lmaydigan ta’sirga ega bo`lganligi uchun turli kasalliklarni
davollashda keng miqyosda ishlatiladi.Dorixona
va zavodlarda alkaloidli
mahsulotlardan har xil dori turlari (damlama, qaynatma, nastoyka, ekstraktlar,
yangi galei preparatlari) tayyorlanadi hamda
sof holdagi alkaloidlar va
ularning tuzlari ajratib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: