11- MASHG’ULOT
KO’P HUJAYRALILAR / METAZOA / KENJA
DUNYOSI PARAZOYLAR /PARAZOA / BO’LIM I
BULUTLARNING TUZILISHI VA HAYOT TARZI
Tip. G ’ovaktanlilar yoki Bulutlar - Spongia yoki
Porafera
Sinf. Oddiy bulutlar - Demospongia
Turkum. Kremniy shoxmoddalilar - Cornacuspongida
Avlod. Spongillalar - Spongilla
Tur. Bodyaga buluti - Spongilla lacustris
O'quv m ashg'ulotining maqsadi: bodyaga buluti
misolida
bulutlaming
tuzilishini
o’rganish,
hujayra
elementlarining xilma-xilligi bilan tanishish.
Kerakli jihozlar: bodyaga kollektsiyasi (tirik yoki
fiksasiya qilingan bodyaga), qo’l lupalari, skeletidan va
gemulasi preparati, pinset, jarrohlik pichog’i, buyum va
qoplovchi
oynalar,
ninalar, tomizgichlar, probirkalar,
mikroskop.
Ishning mazmuni. Bulutlar eng sodda tuzilgan ko’p
hujayrali, o ’troq hayot kechiruvchi suv hayvonlari bo’lib,
asosan dengizlarda, ayrim vakillari chuchuk suvlarda
tarqalgan. Ularning tanasida nerv va muskul to’qimalari
bo'lmaydi.
Tanasi,
umuman to'qima
va organlarga
shakllanmagan, balki turli vazifalarni bajaruvchi ikki qavatli
hujayralardan tashkil topgan. Bulutlar tanasi xilma-xil bo’lib,
sharsimon, qadahsimon va ko’zachasimon shakllarda bo’ladi
(21-rasm).
62
www.ziyouz.com kutubxonasi
21-rasm. Bulutlarning tuzilishi
A-Askon tipidagi buiutning tuzilishi: 1-oskulum; 2-poralar; 3-5-turli xil
shakldagi skelet ignachalari; 4-tana sirti devorini qoplovchi hujayralar;
6- yulduzsimon hujayralar; 7-pinokotsitlar; 8-porotsitlar. B-Askon, sikon,
leykon tipidagi buiutlar: 1-oskului; 2-4-keltiruvchi naychalar; 3-6-yoqali
xivchinli hujayra (xoanotsit) Iar xonachalari; 5-chiqaruvchi naychalar;
7- yoqali xivchinli hujayralar; 8-paragastroI bo’shliq; stryelka lar suv oqimi
yo'nalishini ko’rsatadi.
Bulutlar gavdasining ichki tomoni bo’shliqdan iborat
bo'lib, unga paragastral bo’shliq deyiladi. Askon tipida
tuzilishga ega bo’lgan bulutlarda bu bo’shliq devorining
ichki yuzasi xivchinli yoqali hujayralar-xoanotsitlar bilan
qoplangan. Xoanotsitlar ovqat moddasini ushlash va uni
hazm qilish vazifasini bajaradi. Bulutlarning gavda devorida
juda ko’p mayda teshikchalar (poralar) bo’lib, ularning
naychalari orqali suv va ozuqa moddalar paragastral
bo’shliqqa tushadi.
Bulutlar tanasining ustki tomonida maxsus teshik
(«og’izcha») bo’lib, unga oskulum deyiladi. Oskulum suv va
qoldiq moddalarni chiqarib turish vazifasini bajaradi. Gavda
devorining ustki tomonidan qoplab turuvchi hujayralar yassi
shaklda bo’lib, ular pinokotsitlar deb ataladi.
Bulutlaming tashqi ektoderma va ichki endoderma
63
www.ziyouz.com kutubxonasi
qavatlari orasida mezogliya deb ataluvchi strukturasiz
hujayralararo modda mavjud. Unda har xil hujayralar,
xususan yulduzsimon hujayralar, skleroblastlar, amyo-
batsitlar va arxeotsitlar tartibsiz joylashgan boMadi.
’•
Yulduzsimon
hujayralar tayanch
vazifasini
bajarsa,
skleroblastlardan skelet elementlari hosil bo’Iadi. Amyo-
batsitlar harakatchan hujayralar bo’lib, ulaming bir guruhi
xoantsitlardan olingan ozuqani hazm qiladi, ikkinchi guruhi
ixtisoslashmagan rezerv hujayralar, ya'ni arxeotsitlardir.
Arxeotsitlardan (rezerv deb aytilishiga sabab) yuqorida
aytilgan barcha hujayralar hosil boMib turadi, shu jumladan
jinsiy hujayralar ham hosil boMadi. Bulutiar morfo-fiziologik
tuzilishiga ko’ra uch guruhga boMinadi: asqonoid, siqonoid
va leyqonoid. 0 ’rganilayotgan bulut chuchuk suv bodyagasi
leyqonoid bulutlaming vakilidir.
Leykonoidli tuzilishdagi bulutlar murakkab tuzilgan.
Bularda mezogliya yaxshi rivojlangan bo’lib, xoanotsitlar
mezogliyadagi
maxsus
kameralarda
joylashgan.
Bu
kameralarga suv gavda devoridagi teshikchalar (poralar) ning
naychalari orqali keladi. Foydalanilgan suv esa chiqaruvchi
naychalardan paragastral bo’shliqqa o’tib, undan oskulum
orqali tashqariga chiqariladi.
Bodyaga bulutlari turg’un va sekin oquvchi suv
havzalarida hayot kechiradilar. Koloniyali bo’lib yashaydilar.
Tirik bodyaganing tashqi qismida mayda teshik-chalar,
ulaming uchida esa og’izcha oskulum joylashgan bo’ladi.
Bodyaga dermal membrana bilan qoplangan. Gavda devorida
kremniydan iborat ignalari mavjud. Bodyaga jinssiz
(kurtaklanish) va jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Kurtaklanish
ham ikki xil boMadi. Tashqi kurtaklanish, koloniya hosil
boMishi va uning tarkibidagi individlar sonining ortishiga
sabab boMadi. Kuz faslida bodyaganing mezogliyasidagi
arxeotsitlardan gemmula deb ataluvchi va qishlab qoluvchi
ichki kurtaklar hosil boMadi. Bular qalin qobiq bilan o’ralib,
maxsus skelet-ignalar bilan mustahkamlanadi. Har bir
64
www.ziyouz.com kutubxonasi
bodyaga koloniyasida bir necha ming gemmulalar yetishadi.
Qishda bodyagalarning nobud boMishi bilan gemmulalar
suvda qishlab qoladi. Bahorda gemmula ichidagi hujayralar
tashqariga chiqadi va ulardan yosh bodyagalar shakllanadi.
Bodyaga ayrim jinslidir. Bir guruh bodyagada tuxum
hujayra, ikkinchi guruhida esa urug’ hujayra-spermatazoid 1 ar
etiladi.
Jinsiy
hujayralar
bodyaga
mezogliyasidagi
arxeotsitlardan shakllanadi (21(a)-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |