O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti a. Sh. Xurramov umurtqasizlar zoologiyasidan


-rasm. Hasharot oyoqlarining turiari



Download 6,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/122
Sana12.07.2021
Hajmi6,67 Mb.
#116913
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   122
Bog'liq
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg'ulotlari (A.Xurramov)

70-rasm. Hasharot oyoqlarining turiari 
1-yuguruvchi; 2-sakrovchi; 3-suzuvchi; 4-kovlovchi; 5-so’ruvchi; 
6-changallovchi;  7-savatcha oyoq; t-chanoq, v-o’ynagich, b-son, g-boldir, 
I-panja.
Suvaraklar 
va  qo’ng’izlaming 
oyog’i 
yugurishga 
moslashgan  bo’lib,  oyoqning  panja  qismi  uzunroq  va  yassi 
ko’rinishda bo’ladi.  Sakrashga moslashgan keyingi oyoqlari- 
da  (chigirtkalar,  burgalar)  son  uzun  va  yo’g'onlashgan 
bo’ladi.  Suv  muhitida  yashaydigan  hasharotlarning  keyingi 
juft  oyoqlari  suzishga  moslashgan.  Ularning  panja  qismi, 
ba'zan  esa  boldir  qismi  ham  yassilangan  va  tuklar  bilan 
qoplangan bo’ladi. Ular hasharotlar suvda suzgan vaqtda ular 
eshkak  vazifasini  bajaradi.  Bunday  tuzilgan  oyoqlar  suv 
qo’ng’iz!arida  uchraydi.  Beshiktervatarlarning  birinchi  juft 
oyoqlari changallab tutishga moslashgan. Oyoqlardagi son va 
boldir  qismlari  ancha  uzun  bo’Iib,  xitindan  iborat  mayda 
«tishcha»lar  bilan  qurollangan.  Tuproq  orasida  yashaydigan 
buzoqbosh,  go’ngxo’r  va  po’stloqxo’r  qo’ng’izlarning 
birinchi  juft  oyog’i  kovlashga  moslashgan.  Bu  oyoqlar 
kurakcha shaklda bo’lib, panjalari qisqargan.
Yig’uvchi  yoki  to’plovchi  oyoqlar  o’simliklarning 
gulchanglarini yig’ishga va tashishga moslashgandir. Bunday
190
www.ziyouz.com kutubxonasi


hasharotlaming  keyingi  juft  oyoqlarining  boldir  qismida 
tugmachalar bo’lmaydi.  Lekin uning ikki yon tomonida uchi 
qayrilgan  mayda  tukchalar  bo’lib,  ular  savatcha  hosil  qiladi 
va  gulchanglarini  yig'adi.  Odam  va  sutemizuvchilarda 
parazitlik  qiluvchi  bitlarda  bir  bo’g’imdan  iborat,  uzun 
tirnoqchasi  yordamida  soch,  jun  gazmol  ip  tolalarini  qisib 
ushlaydi va yopishib turadi. Hasharotlar oyoqlari bajaradigan 
vazifalariga ko’ra  har  xil  shaklda bo’lsa-da,  ammo  ulaming 
barchasi  5  ta  bo’g’imlardan,  ya'ni  chanoq,  o’ynagich,  son, 
boldir va panjalardan iborat.
Qanotlari.  Hasharotlaming qanotlari ko’krak qismining 
yon  tomonidagi  tana  qoplag’ichi  burmasidan  kelib  chiqqan 
(71 -rasm).
Hasharotlar qanotlarining tuzilishi, shakli va soniga ko’ra 
juda  xilma-xil.  Tuban  tuzilishga  ega  bo’lgan  qanotsiz 
hasharotlarda  va  ulaming  yashash  sharoitiga  moslashishi 
jarayonida  qanotlari  qisqargan  (reduksiyalangan)  bo’lib, 
ayrim guruh hasharotlarda (bitlar, burgalar) qanotlar umuman 
boTmaydi.  Ikki  qanotlilar  turkumiga  mansub  boTgan 
hasharotlarda  (chivinlar,  pashshalar)  o’rta  ko’krak  qismida 
faqat  bir juft  qanoti  boTadi.  Ularning  ikkinchi juft  qanotlari 
vizillab  tovush  chiqaruvchi  organga  aylangan.  Ayrim 
hasharotlarning  birinchi  juft  qanotlari  qalin  xitindan  ibornl
E
71-rasm. Hasharotlar 
qanotining tuziiishi 
A-qanotining tomirlanishi, 
B-qanotining kesmasi:
1-  kostal tomir;
2-  subkostal tomir; 3-radial 
tomir; 4-mediaI tomir; 
5-kubital tomir; 6-anal tomir; 
7-yugal tomir; 8-traxeya.
191
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo’lib,  uning  ostidagi  pardasimon  ikkinchi  juft  qanotlarini 
himoya  qiladi.  Ba'zi  guruh  hasharotlarning  (kapalaklar) 
qanotlari  tangachalar  bilan  qoplangan  boMadi.  Qanotlarda 
xitinli  tomirlar  bo’lib,  uning  ichidan  traxeyalar  va  nerv 
tolalari  o’tadi.  Tomirlar  kapalaklar uchun tayanch  vazifasmi 
bajaradi. Qanotdagi tomirlaming soni va ulaming joylashishi 
hasharot turlarini  aniqlashda katta  ahamiyatga  ega.  Qanotlar 
hasharotlaming harakat qilish organi hisoblanadi.
Og’iz  apparatlari.  Hasharotlarning  og’iz  apparatlari 
ovqatlaming  turi  va  oziqlanish  usuliga  muvofiq  turlicha 
tuzilgan.  Qattiq  narsalar  bilan  oziqlanadigan  hasharotlar 
suvaraklar,  qo’ng’izlar,  ninachilar,  chigirtkalar,  kapalaklar 
lichinkalarining  og’iz  apparati  kemimvchi  tipda  tuzilgan. 
Suvarakning  kemiruvchi  og’iz  apparati  quyidagicha tuzilgan 
bo’lib, bitta ustki  lab,  bir juft ustki jag’, bitta pastki lab va bir 
juft pastki jag’lardan iborat (72-A-rasm).
Xitin  qoplag’ichdan  hosil  bo’!gan  yagona  ustki  lab 
plastinkasimon shaklda boMib,  og’izni yopib turadi.  Labning 
ostida  mayda  tishchali  bir juft  ustki  jagMar  (mandibulalar) 
joylashgan.  Ular  boshning  ikkinchi  bo’g’im  o’simtalaridan 
'   hosil  boMgan  va  chaynashda  ishtirok  etadi.  Uchinchi  va 
,  to’rtinchi  bosh  bo’g’imlari  o’simtalari  ostki jag’lar  (1-va  2- 
juft maksillalar) deyiladi.  Birinchi juft ostki jag’lar og’izning 
ikki  yonida joylashgan  boMib,  har  qaysisi  asosiy  bo’g’im, 
ustuncha  va  uning  ustida  joylashgan  tashqi  va  ichki 
o’simtalar  ham  besh  bo’g’imli  pastki  jag’  paypaslagich- 
laridan tashkil topgan.
192
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 6,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish