O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti a. Sh. Xurramov umurtqasizlar zoologiyasidan


-rasm.  Baqa ko’pso’rg’ichlisi - Polystoma integerrimumning



Download 6,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/122
Sana12.07.2021
Hajmi6,67 Mb.
#116913
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   122
Bog'liq
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg'ulotlari (A.Xurramov)

32-rasm.  Baqa ko’pso’rg’ichlisi - Polystoma integerrimumning 
rivojlanish sikli
1-baqa  siydik  pufagida  (a)  jinsiy  voyaga  yetgan  parazit;  2-baqa; 
3-parazitning suvga chiqargan tuxumlari;  4-tuxumdan  lichinkaning chiqishi; 
3-parazit  lichinkasi.  6-baqaning  tuxumlari;  7-  parazit  lichinkalarini  baqa 
itbaliqining jabralariga o'tishi;  8-parazit  lichinkalarini  baqa siydik  pufagiga 
ko'chishi;  9-baqalar  kabi  uchinchi  yil  jinsiy  voyaga  yetgan  parazit; 
10-parazit baqajabrasida.
Bundain  tashqari,  disklar  yonida  2  ta  katta  xitinli 
ilmoqlar  ham  mavjud.  Tananing oldingi  uchida og’iz teshigi 
joylashgan.  Og’iz  kengaygan xalqumga,  u  tananing  ikki yon 
tomoniga  qarab  shoxlanib  ketuvchi  ichak  bilan  tutashgan. 
Shoxlangan  ichakning  uchlari  berk.  Ayiruv  sistemasi  proto- 
nefridiydan  iborat.  Nerv  sistemasi  bir  juft  nerv  gangliyasi 
tugunidan  va  ulardan  shoxlanuvchi  3-4 juft  nerv  tolalaridan 
tashkil topgan.
Baqa  ko’pso’rg’ichlisi  germafrodit  bo’lib,  rivojlanish 
siklida  faqat  bitta  xo’jayin  ishtirok  etadi.  Baqa  siydik 
pufagida  yashovchi  parazitning  rivojlanish  sikli  baqaning 
ko'payishi  bilan bevosita bog’langan.  Bahorda baqalar suvga 
tuxum  qo’ygan  vaqtda  ko’pso’rg’ichli  ham  urugMangan 
tuxumlarini suvga tashlaydi.
Tuxumdan usti kiprikchalar bilan qoplangan juda mayda
99
www.ziyouz.com kutubxonasi


Iichinkalar chiqadi.  Lichinkaning  16 ta  ilmoqchalari  boMadi. 
Lichinkalar  itbaliq  jabralariga  yopishib  olib,  kipriklarini 
tashlab  yuboradi.  Lichinka tanasining keyingi qismida  ikkita 
yirik  ilmoq  va  so’rg’ichlar  hosil  bo’ladi.  Itbaliqlarning 
jabrasida  ular  voyaga  yetib  tuxum  qo’yadi.  Tuxumlardan 
ikkinchi  avlod  lichinkalar  rivojlana  boshlaydi,  lekin  ular 
itbaliqlarning  jabrasida  voyaga  yetishga  ulgurmaydi.  Itba- 
liqlar  jinsiy  voyaga  yetganda,  ya’ni  baqaga  aylanganida, 
jabra  teshiklari  bitib  ketadi,  ammo  lichinkalar  nobud 
boMmaydi.  Lichinkalar  xo’jayinining  terisi  orqali  uning 
kloakasiga  va  undan  siydik  pufagiga  kirib  oladi.  Bu 
lichinkalar uch yildan so’ng, ya’ni  baqa voyaga yetishi  bilan 
birga jinsiy voyaga yetadi.
Ishning  bajarUishi:  binokulyar  va  lupalar  yordamida 
baqa  ko’pso’rg’ichIisining  tuzilishini  o’rganing.  Parazit 
tanasining  keyingi  tomonidagi  disklarga,  unda  joylashgan 
so’rg’ichlarga  va  ikkita  katta  ilmoqlarga  diqqatingizni 
qarating.  Mikroskop  ob’ektivlari  orqali  ko’pso’rg’ichlining 
ichki tuzilishini o’rganing.
Topshiriqlarga javob bering va bilimingizni baholang
1. Monogeniyalaming ayirish sistemasi?
A.  Protonefrediya;  B.  Metanefrediya;  S.  Tana  sirti  orqali; 
D. Ayirish sistemasi mavjud emas;
2. Baqa ko’p so’rg’ichlisi qayerda parazitlik qiladi?
A. Ichakda; B. Qonda; S. Qovuqda; D. Jinsiy yoMlarda;
3. Baqa ko’p so’rg’ichlisining Iotincha nomini aniqlang?
A.  Dactylogyrus  vastator;  B.  Diplozoon  paradoxum;
S.  Polystoma integerrimum; D. Nitzchia sturionis;
4.  Germofrodit  boMishiga  qaramasdan  o’z-o’zini  urugMan- 
tirmaydigan monogeniyani  aniqlang?
A.  Dactylogyrus  vastator;  B.  Diplozoon  paradoxum;  S.  Po- 
lystoma integerrimum; D. Nitzchia sturionis;
100
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mustaqil ish uchun topshiriqlar
1. Digenetik so’rg’ichlilar qanday muhim vakillarga ega.
2. Baqa ko’p so’rg’ichlisining tuzilishi.
3. Baqa ko’p so’rg’ichlisi qanday muhim tavsifga ega.
4. Baqa 
ko’p 
so’rg’ichlisining 
tuzilishi, 
rivojlanishi, 
ko’payishi aks ettirilgan rasmlami chizing.
19 - MASHG ’ ULOT
QORAMOL VA CHO’CHQA SOLITYORLARINING 
TUZILISHIVA RIVOJLANISHI
Tip. Yassi chuvalchanglar -  Plathelminthes 
Sinf. Tasmasimon chuvalchanglar-Cestoda 
Turkum. Z an jirlila r- Cyclophylida 
Avlod. Teniarinchuslar -  Taeniarhynchus 
Tur. Qoramol solityori - Taeniarhynchus saginatus 
Tur.  Cho’chqa solityori - Taenia solium
O'quv 
mashg'ulotining 
maqsadi: 
tasmasimon 
chuvaichanglardan  qoramol  va  cho’chqa  solityorining 
tuzilishi va rivojlanish sikli haqida ma'lumot berish.
Kerakli  jihozlar:  fiksasiya  qilingan  qoramol  va 
cho’chqa solityorlari tayyorlangan preparatlar, mikroskoplar, 
petri  kosachasi,  soat  va  buyum  oynalari,  binokulyarlar, 
lupalar, ko’rgazmali vositalar va boshqalar.
Ishning  mazmuni.  Qoramol  solityori  jinsiy  voyaga 
yetgan  davrida  odamlarning  ingichka  ichagida  (oxirgi 
xo’jayin),  lichinkalik  davrida  esa  qoramollaming  skelet 
muskullari,  yurak,  ko’z,  bosh  miya  va  boshqa  organlarida 
tekinxo’rlik qilib yashaydi. Tasmasimonlaming  gavdasi 4-12 
metr  uzunlikda  bo’lib,  bosh  (skoleks),  bo'yin  va  bo’g’inlar- 
proglottidlarga  boTingan  tana  qismlaridan  iborat.  Tananing 
oldingi uchida joylashgan noksimon ko’rinishdagi skoleksida 
rivojlangan  to'rtta  so’rg’ichlari  mavjud.  Bu  so’rg’ichlar 
yordamida  parazit  xo’jayini  ichagining  shilliq  qavatiga
101
www.ziyouz.com kutubxonasi


yopishadi.  Skoleksda  xitinli  ilmoqchalar boMmaydi,  shuning 
uchun ham  qoramol  solityori qurolianmagan solityor deyiladi 
(33-rasm).
i  
2  
3

Download 6,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish