O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
“MOLIYA” KAFEDRASI
ABDURAXMONOV ISKANDAR ABDURAIM O’G’LI
RAQOBATLASHUVCHI FIRMA VA TARMOQNING UZOQ MUDDATLI ORALIQDAGI MUVOZANATI VA TARMOQNING TAKLIFI.
KURS ISHI
“HIMOYAGA TAVSIYA ETILDI” Ilmiy rahbar: _____________
“Moliya” kafedrasi ________ __________________ mudiri
________ ________________ “____” ____________ 2022 yil
“____” ____________ 2022 yil
Termiz-2022
Mavzu: RAQOBATLASHUVCHI FIRMA VA TARMOQNING UZOQ MUDDATLI ORALIQDAGI MUVOZANATI VA TARMOQ
Reja:
I.Kirish…………………………………………………………….…2
II.Asosiy qism
O‘rtacha uzoq muddatli xarajat va uning xususiyati……...5
Uzoq muddatli oraliqda ishlab chiqarish hajmini tanlash…11
Tarmoqning muvozanat holati va tarmoq taklifi…………16
Tarmoqning uzoq muddatli oralidagi umumiy taklifi…….21
III.Xulosa…………………………………………………………26
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………..28
Kirish
Iqtisodiyot raqobatbardoshligi barcha bo’g’inlari (makrodarajada) bir-biri bilan bog’liq. Ulardan birining rivojlanmaganligi boshqalariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, innovatsion salohiyatni yuqori texnologiyalarni foydalanishga moslashtiruvchi yaxshi rivojlanmagan oliy ta’lim tizimisiz hamda ishlanma va tadqiqotlarni moliyalashtiruvchi samarali amal qiluvchi moliya tizimisiz amalga oshirib bo’lmaydi. Adolatli raqobat shart-sharoitlarining mavjud emasligi va rivojlanmagan tovarlar bozori innovatsion mahsulotga bo’lgan barqaror talabni va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirishga rag’batlarni ta’minlamaydi hamda milliy innovatsion tizimlar va infratuzilmalar, ilmiy-texnik ishlanmalarning tijoratlashmaganligi ularni pirovard iste’molchiga etib borishiga imkon bermaydi. O’zbekiston sanoatining rivojlanish xususiyati sanoat tarmoqlarining qayta ishlash sohalarida fond qaytimi va mehnat unumdorligining jadal o’sish tendensiyasiga erishganligi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi farmonning «2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi» deb nomlangan ilovasida 3.2- bandi «Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish» deb nomlanib, unda «iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulotlar va xizmatlar ko’rsatish bozorlarida monopoliyani bosqichma bosqich kamaytirish; prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiyalar turlarini chiqarishni o’zlashtirish, bunga asosan ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash» vazifalari belgilab berilgan. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning asosida albatta tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish masalasi turadi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, islohotlarni chuqurlashtirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarni yaratish, amalda faoliyat yuritayotgan 4 texnika va texnologiyalarni yangilash, ularni qo’llab-quvvatlash investitsion jarayonlarni nechog’li to’g’ri va samarali amalga oshirishga bog’liqdir. Shu boisdan ham, O’zbekiston Respublikasi davlat rahbari tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun markazlashgan, markazlashmagan jamg’armalar mablag’lari, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni o’zlashtirishga hamda ulardan samarali foydalanish masalalariga urg’u berilmoqda. Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, ularning natijalari atroflicha muhokama qilinmoqda. Milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish masalasini hal etish bo’yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi 4400 dan ortiq korxonaning rentabellik darajasini oshirish va moliyaviy sog’lomlashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish asosida ishchilar sonini ko’paytirishga erishish rejalashtirilgan. Bu tadbirlar natijasida korxonalarning rentabellik darajasi oshadi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish va ishchilar sonini ko’paytirishga erishiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |