O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz muhandislik texnologiya instituti oliy o‘quv yurtlari talabalarining korxona, muassasa va tashkilotlarida malakaviy amaliyotni tashkil qilish va o‘tkazish to‘g‘risida



Download 19,88 Kb.
bet3/4
Sana23.06.2022
Hajmi19,88 Kb.
#696127
1   2   3   4
Bog'liq
2 5208863098806474391

2. TMTI majburiyatlari:
2.1. Talabani Korxonaga reja bo‘yicha ko‘rsatilgan muddatda amaliyot o‘tishga jo‘natish
2.2. Korxona bilan amaliyot dasturini, talabalarning shaxsiy topshiriqlarni kelishilgan holda bajarish, lozim bo‘lganda qo‘shma buyruq chiqarish.
2.3. Talabalar amaliyotiga o‘quv-metodik jihatdan rahbarlik qilish, shu maqsadda professor, dotsent va tajribali o‘qituvchilarni yuborish.
2.4. Korxonada mehnat intizomiga rioya qilmagan, tartib buzgan talabalarga nisbatan qat’iy, ya’ni korxona rahbariyati amaliyotdan chetlangan holda, o‘qishdan chetlatish darajasigacha chora ko‘rish.
2.5. Talabalarga har bir ish joyidagi tegishli xavfsizlik qoidalarini tushuntiradi va xavfsizligini ta’minlash bo’yicha javobgarlikni o’z bo’yniga oladi.
3. Tomonlar javobgarligi va shartnomaning joriy muddatlari:
3.1. Tomonlar bajarilmagan tashkiliy va amaliy majburiyatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi, Oliy o‘quv yurti talabalarining malakaviy amaliyoti haqidagi Nizomi, xavfsizlik texnika qoidalariga binoan javobgardirlar.
3.2. Shartnoma imzo chekilgan kundan kuchga kirib, oxirigacha muomalada bo‘ladi.
3.3. Shartnoma ikki nusxada tuzilib, biri TMTI da, ikkinchisi korxonada saqlanadi.
3.4. Ushbu shartnoma bo‘yicha nizolar tegishli arbitrajlarda hal qilinadi.
4. Korrupsiyaga qarshi kurshish sharti:
1. Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishda Tomonlar korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qoidalarga, shu jumladan amaldagi qonunlarga rioya etilishini taminlaydi; ya’ni ular, ularning xodimlari, kafillangan shaxslari, benefitsiari va shartnomani amalga oshirishdagi hamkorlari, pudratchilari tomonidan bir-biriga yoki davlat ishtirokidagi tashkilot xodimiga pora berish yoki pora berishda vositachilik qilish, moddiy yoki nomoddiy naf olishdan tiyilishi lozim. Tomonlar ushbu harakatlarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinishini kafolatlaydi.
2. Tomonlar korrupsiyaga qarshi qoidalar buzilganda yoki asosli gumonlar yuzaga kelganda darhol yozma ravishda (elektron pochta orqali) yoki ishonch telefoni (+9978-140-74-48) orqali bir-birini xabardor qilish majburiyatini oladi. Bunda tomonlar yuzaga kelgan holatga oydinlik kiritish maqsadida yozma izoh talab qilish huquqiga ega va murojaatni olgan tomon
10 (o‘n) ish kuni mobaynida tushuntirish berishi yoki o‘z fikrini bildirishi mumkin.
3. Mazkur bobning talablari bajarilmaganda, shu jumladan belgilangan muddatda korruptsioon xavf-xatar bartaraf etilmasa, tomonlar amalga oshirgan choralar korruptsioon holatni pasayishiga olib kelmasa, boshqa tomon shartnomani bekor qilish huquqiga ega yoki uning ijrosini to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
4. Ushbu bobda ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha shartnomani bir tomonlama bekor qilishni talab qilgan tomonga yetkazilgan zararlarni qoplash ushbu shartnomaning 3-bandida ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi, ushbu bobning majburiyatlarini buzgan tomon esa shartnomaning bir tomonlama bekor qilinishi oqibatida ko‘rilgan zararlarni qoplashni talab qilishga haqli emas.



Download 19,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish