19.3.WinZip, WinArj va WinRar tatbiqi
Eng ko`p tarqalgan arxivatorlar formatlari:
ZIP – eng ko`p tarqalgan format. U bilan ishlash uchun DOS-ko`rinishli arxivatorlar mavjud.
ARJ – arxivlarning boshqa ommabop formati. DOS-ko`rinishi arj mavjud, shuningdek WinArj Windows uchun.
RAR – ommabop rar (DOS uchun) yoki WinRar (Windows uchun) arxivatorlar yordamida yaratilgan arxivlar.
RAR arxivatori bilan ishlash.
Bugungi kunda bu, shubhasiz, MS DOS da ishlovchi arxivatorlar ichida eng yaxshisi. Unda ham ko`p tomli, hamda o`zi ochiluvchi arxivlarni yaratish mumkin. Tomlarni ochish jarayoni to`liq avtomatlashtirilgan. Barcha “tomlarni” bir katalog-ga nusxa ko`chirish va “bosh tom”ni ochishni ishga tushirish yetarli (EXE ni kengaytirish bilan) va dasturning o`zi “bo`laklangan” fayllarni boshqa “tomlardan” ROO, ROL kengaytirish bilan, axtaradi, yuklaydi, ochadi va birlashtiradi va h.z. Asosiy afzalligi – faqat bir fayl paneliga ega bo`lgan, NC ga o`xshash, ichki o`rna-tilgan fayl qobig`ining mavjudligi.24
Arxivator bilan ishlash uchun ba’zi bir klavishlar:
Alt+D – odatdagi diskni almashtirish imkonini beradi, bunda siz har qanday arxivga kirishingiz mumkin.
F2 – fayllarni arxivga qo`shish. Agar qandaydir faylni erta arxivlash kerak bo`lsa, Ins klavishi yoki bo`sh joyni va F2 klavishni bosish yordamida ularning nomini fayl paneliga ajratish yetarli bo`ladi.
F6 – fayllarni arxivga qayta joylash.
F5 – ko`p tomli arxivni yaratish, ekranga baytlarda har bir qismni uzunasiga qanday kiritish mumkin bo`lsa, xuddi shunday ro`yxatdan standart ma’noni tanlab, ekranga deraza chiqariladi.
Alt+F5 – o`zi ochiluvchi arxivni yaratish;
F4 – arxivdan tanlangan fayllarni ochish;
F3 – fayllarni matn ko`rinishida ko`rib chiqish;
F – fayllarni arxivdan o`chirish.
RAR ga ochish sahnasini yaratish kiritiladi: masalan, MS DOS uchun siz tomondan yozilgan dasturiy paketni, o`zi ochiluvchi arxiv ko`rinishida to`laqonli distributivga aylantirishingiz mumkin, bunda arxivlash boshlanishi oldidan foydalanuvchidan, faylni vinchesterning qaysi katalogiga joylashtirishni o`zi so`raydi (agar lozim bo`lsa, bu katalogni yaratadi).25
WinZip, WinArj va WinRar tatbiqi.
Ushbu dasturlarni yangi avlod arxivatorlari vakillari deb hisoblash mumkin, chunki ular to`laqonli Windows tatbiqlarni o`zida aks ettiradi. Ularning barchasi bir tipdagi oyna interfeysiga ega (foydalanuvchidan, ko`plab DOS arxivatorlari kabi, buyruq simvolini va kalitlarni eslab qolish talab qilinmaydi). Bu arxivatorlar haqida umumiy namoyishni tuzish uchun eng yaxshi tashqi ko`rinishga ega bo`l-gan WinZip ni ko`rib shiqish kifoya qiladi. Windows 95 da u fayllarning uzun nomlari bilan yaxshi ishhlaydi. Bu tizimning boy imkoniyatlari tufayli yaxlitlash bo`yicha o`rnatilgan WinZip tatbig`i nafaqat menyu puskidan chaqirilgan bo`lishi mumkin (har qanday boshqa tatbiqlar singari), balki piktogrammadagi arxiv faylini 2 marta turtish (chertish) bilan chaqirilishi mumkin. Shuningdek fayl piktogram-masidagi sichqonchaning o`ng knopkasini turtishda namoyon bo`lish orqali yoki qo`shimcha menyu papkalariga, WinZipni installyatsiya qilish paytida munosib yangi punkt qo`shiladi.
WinZip arxivatori bajaradigan standart buyruqlar:
Yangi arxivni yaratish (New);
Mavjud arxivni ochish (Open);
Arxivga fayllarni qo`shimcha qilish (Add);
Faylni arxivdan o`chirish (Delete);
Arxivdan faylni ko`chirma qilish (Extract);
Fayllarni arxivdan ko`chirmasdan ko`rib chiqish (View);
Arxivning butunligini tekshirish (Checkout);
O`zi ochiluvchi yoki ko`ptomli arxivni yaratish (Self- Extracting);
Viruslar bor yo`qligini arxivdan tekshirish (Virus Scan)
Arxivlangan fayldagi virus, agar siz bu faylni ochmasangiz va zararlangan dasturni bajarishga kiritmasangiz yoki yuklamasangiz, xavfli bo`lmaydi. Lekin virus arxivda, bironta antivirus dasturi ishga tushirilmasa bemalol yashayveradi, modomiki barcha antivirus dasturlar ham arxiv ichidagi ishlarga “qarash” imkoniyatiga ega emas. Zamonaviy antivirus dasturlar arxiv ichidagi viruslarni ham topa olish qobiliyatiga ega. Zip, arj ommabop formatdagi arxivlar bilan ishlab bugun hayron qoldirish qiyin. Kam sonli utilit komplekti, arxivdagi fayllarni ko`rib chiqishda yoki butun papkalarni fayl-arxivga mustaqil joylashda, foydalanuvchiga yordam beruvchi dastursiz amalga oshiriladi. Utilitlar haqida nimani gapirish mumkin – Windows ning o`ziga oddiy papkalardan sal kam farq qilmaydigan bo`lib qolgan arxivlar tufayli, allaqachon Compressed Folders kompleksi o`rnatil-gan. Faqat nega “sal kam”? Axir arxivlar papkalarga to`g`ridan to`g`ri o`xshashku! Va biz foydalanuvchilar uchun bu yerda hech qanday farq yo`q. Kompyuter uchun arxiv bu – disketga yoki diskka yozish, elektron pochta orqali jo`natish mumkin bo`lgan yuz foizli fayldir. Compressed Folders yoki WinZip tipidagi dasturlarning mavjudligida ham, uni papkalar bilan adashtirishni u mutlaqo xohlamaydi. Ya’ni foydalanuvchi ularning yordami bilan arxivga qaray oladi, fayllarni chiqaradi yoki papkani arxivga joylashni ham bajaradi. Arxivga joylangan papkalardan dasturni o`rnatib ko`ringchi!26 Agar o`rnatuvchi komplekt bittagina faylni egallasa, muammo tug`ilmaydi – arxivator-dastur tezda uni qattiq diskka ochib oladi va shundan so`nggina ishga tushiradi. Agar ko`p xolatlarda bo`ladigan bizga kerakli “distributive”(namoishlari), bir emas bir necha fayldan iborat bo`lsachi? Bu xolatda hech qanday Compressed Folders yordam bermaydi: dasturni ishga tushirishda kompyuter qurilmasi bir faylni vijdonan ochadi va ishga tushiradi, qurilma uchun zarur bo`luvchi, qolgan barcha fayllar, shundayligicha arxivda joylashgan holatda qoladi. Va shu sababli o`rnatish dasturi ularga kira olmaydi, xohlagan dastur o`rnatilmagan holatda qoladi, ekranda dastur ishining qo`pol (noto`g`ri) yakunlanganligi haqida xabar paydo bo`ladi.
WinRAR arxivatorlari.Albatta, qo`shimcha arxivatorlar-dasturlari bugun juda ko`plab chiqarilgan. Lekin amalda ularning har birida o`zining kamchiliklari mavjud. Birinchi navbatda bu – tayanch formatlarning soni. Bugun ARJ,RAR tipidagi arxivlar yaratilgan bo’lsa-da, shunga qaramasdan ZIP tipidagi arxiv standart bo’lib hisoblanadi. Oxirgisi, bizgatanish bo`lgan RAR fayl menedjeri muallifi rossiyalik dasturchi Yevgeniy Roshal tomonidan yaratilgan. Rossiyada ancha ommabop bo`lgan WinRAR – arxivlar bilan ishlashni qo`llash dasturi ham unga tegishli.
Zip Magic ga o`xshash arxivlarni papkaga aylantirishni u eplay olmaydi – ammo bu narsa arxivatorga rossiyalik foydalanuvchilar kompyuterida kerakli (zaruriy) bo`lib qolishiga hech qanday halaqit bermaydi. WinRAR o`zining universalligi bilan jalb qiladi: unga faqatgina siyqasi chiqqan arj va zip arxivlarigina tegishli emas, balki bironta arxivator-dasturlar eplay olmaydigan, bir qator ekzotik formatlar ham tegishli.
WinRAR – bugungi kunda ancha ommabop arxivatorlardan biri. Buning ustiga undagi barchasi diqqatga sazovor (faqat, narxidan tashqari):
Barcha kerakli va tez-tez foydalanuvchi buyruqlar ko`rinarli joyga chiqarilgan, qulay qobiq, kam foydalaniladigani ham mavjud, lekin menyuda “yashirilgan” (agar zarurat bo`lsa, ularni sirtga chiqarishga hech kim halaqit bermaydi).
Arxivlarning har xil formatlariga ega bo`lish (qo`llash) (RAR, ZIP, CAB, ARJ, LZH, ACE, TAR, GZIP, UUE), buning ustiga ZIP va RAR to`liq hajmga ega, qolgan formatlar faqat o`qiladi.
DOC g`oyasining mavjudligi.
Fayllarni fon rejimida arxivlay olish. (katta fayllar bilan ishlashda juda foydali).
Bularni sanab adog`iga yetib bo`lmaydi. Bir so`z bilan aytganda WinRAR barchaga birdek yoqimli – yangi foydalanuvchilarga o`zining tushunarliligi bilan, interfeys va batafsil ma'lumotlarning qulayligi bilan, professionallarga esa, o`zining qudrati va universalligi bilan yoqadi.
Aytgancha, RARning qisqartirish darajasi, “standart” ZIP-arxivatorga nisbatan ancha yuqori. Misol tariqasida, Microsoft Word formatida 799 varaq hajmdagi kitob matnini arxivga joylashgacha 5,5 MB ga yaqin sarflanadi, ZIP algoritmi bo`yicha qisqartirishda – 1,3 MB, standart RAR-kompressiyaga esa bor yo`g`i 1 MB qoladi. WinRAR bilan muomala qilish, boshqa arxivator-dasturlar bilan bo`lganidek, oddiy. O`rnatishdan so`ng ochishni nazorat qilishni dastur to`liq o`z zimmasiga oladi va arxivni yaratishni, amalgam oshiradi. Birinchi holatda siz faqatgina kuzatuvchidagi fayl-arxiv belgisini turtishingiz lozim, ikkinchi operatsiyada – siz arxivga qo`shimcha qilish yangi punktini topib, papkaning kontekst menyusini chaqirishingiz (chorlashingiz) lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |