O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi maktabgacha ta’limda tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi fanidan



Download 5,37 Mb.
bet20/148
Sana01.06.2022
Hajmi5,37 Mb.
#624117
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   148
Bog'liq
TASVIRIY FAOLIYAT UMK РИСОВАНИЕ

Tayanch so’z va iboralar: Maktabgacha yosh, bolalar tasviriy faoliyati, tamoyillar, asosiy tushunchalari, rivojlantirish, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlar,rasm, loy, qirqib yopishtirish, mashg’ulotlar.



  1. Tasviriy faoliyatga o'rgatishning maqsadi . Dastur tamoyillari.

Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari-boshlagan ishini oxiriga etkazish, oldiga maqsad qo‘yib, o‘shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni engish, o‘rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Jamoa ishini yaratish jarayonida bolalarga bir-biriga yordam, kelishib ishlash kabi sifatlari tarbiyalanadi. Bolalar, ishni baholash jarayonida, bolalarni o‘rtoqlarining ishga nisbatan real munosabatda bo‘lish to‘g‘ri baholash, o‘z ishidan va o‘rtoqlarining ishidan xursand bulish kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish ta’lim sohasidagi isloxotlardan birini tashkil etadi. Davr talabiga mos barkamol avlodni tarbiyalash maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilaridan katta mas’uliyat talab qilmoqda. Bu hakda yurtboshimiz I.A.Karimov shunday deydi: "Biz o‘z haq-xuquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlarida voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, xar jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak."
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini ma’naviy sog‘lom, estetik jixatdan etuk bo‘lishini ta’minlashda ularning go‘zallikka bo‘lgan qiziqishini oshirishda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarining imkoniyatlari juda kengdir. Maktabgacha ta’lim muassasasining katta guruxida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida ishning jamoa shaklidan keng foydalaniladi. Ular xilma-xil bo‘lishi mumkin. Masalan, ikkita bola tarbiyachi tavsiya etgan yoki o‘zlari mustaqil tanlagan umumiy temani birgalikda bir qog‘oz sahifasida chizadilar. Butun gurux bolalari bitta umumiy applikatsiyani masalan, «Kuzgi zarang»ni yaratishlari mumkin. Ularga turli rangdagi — sariq, qizil, to‘q sariq, yashil rangdagi qog‘oz beriladi. Har bir bola tarbiyachi o‘ziga bergan qog‘ozdan zarang bargini qirqadi, so‘ngra barglar bir daraxtga yopishtiriladi. «Poezd», «SHahar ko‘chasi», «Bolalar bayramda raqs tushishyapti» va shu kabi jamoa kompozitsiyalar ham qiziqarlidir. Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar yirik formatli applikatsiyalarni ham bajara oladilar. Bu odatda biror bayramga atab qilinadi va undan zal yoki gurux xonasini bezashda foydalaniladi.Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalarda jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasini shakllantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Rasm va narsa yasashda bolalar ijtimoiy hayot voqealarini aks ettiradilar, ularga o‘z munosabatlarini bildiradilar. Jamoa ishlash ko‘nikmasini yanada chuqurlashtirishda turli mavzularda jamoa ishlarini tashqil qilish, mashg‘ulotlar o‘tkazish juda muhimdir.
Bolalar uncha katta bo‘lmagan jamoaga birlashib shug‘ullanadigan mashg‘ulotlar ham juda foydalidir. Masalan, bolalar qurish, yopishtirish va boshqa ishlarni bajarayotganlarida farmoyish berishga, kelishib olishga, ishlarni bo‘lishib olishga, javobgar yoki boshliqni tanlashga, bir-birlarining talablarini hisobga olib, birgalikda harakat qilishga o‘rganadilar.

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish