Bog'liq 3 SINFDA QOLDIQLI BO\'LISH MAVZUSINI O\'QITISHDA INTERFAOL USULLARIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI
3. Qoldiqli bo‘lish. O‘quvchilar yangi mavzuni yaxshilab o‘zlashtirib olishlari uchun oldin o‘tilganlardan bo‘lishning mohiyati: qoldiqsiz bo‘lishning jadval holatlari kabi masalalarni bilish zarur.
Qoldiqli bo‘lish bilan birinchi tanishishni teng qismlarga bo‘linishga doir sodda masalaning tegishli yozuvlarini doskada bajarib yechishdan boshlash lozim. Masalan, o‘qituvchi nabor polotnosining uchta qatoriga 6 ta doirachani baravardan bo‘lib qo‘yishni va har bir qatorda nechta doiracha bo‘lishni topishni tavsiya qilish mumkin. O‘quvchilar buning uchun 6 ni 3 ga bo‘lganda 2 chiqishini , ya’ni har bir qatorda 2 tadan doiracha bo‘lishini tushuntirishadi. Olingan yaqqol namunadan foydalanib, o‘qituvchi o‘quvchilarga ”har bir ” degani nima ekanini eslatadi, bunda quyidagi savollarni beradi: ”Birinchi qatorda nechta doiracha bor? Ikkinchi qatorda-chi? Uchinchi qatorda nechta? Nima uchun? ”
Keyin muammoli xarakterdagi masala taklif etiladi. Masalani amaliy namoish qilib ko‘rsatib yechish maqsadga muvofiqdir: ”Qizchada 7 ta qalam bor edi. Qizcha qalamlarni uchta dugonasiga baravardan taqsimlab taqdim qilishga ahd qilqdi. Bu ishni bajarishda unga yordam bering.”
O‘quvchilar 7 ni 3 ta teng bo‘lakka ajratib bo‘lmasligini bilishadi. Ular bu muammoning yechilishini qidira boshlashadi va qizcha 6 ta qalamni dugonalariga sovg‘a qiladi, yettinchisi esa o‘zida qoladi degan xulosaga kelishadi (agar kerak bo‘lsa, o‘qituvchi yordamida ). O‘quvchilarning qoldiqli bo‘lish bilan tanishishi ana shunday boshlanadi.
XULOSA Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish jarayonida o’quvchilarni boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarning arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga individual yondashish darajasi bo’yicha bilish topshiriqlarini ularni xal etish jarayonida cheklash shart-sharoitlarini belgadashdan iborat bo’ladi.
Psixologik-pedagogik nuqtai nazardan o’quvchilar boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik ‘rintsi’larining o’ziga xosliklari, o’quv jarayonining didaktik ta’minoti, didaktik ishlanmalar moxiyati va yo’nalishi ko’rib chiqilgan, bu barcha materiallarning o’quvchilar Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini shakllantirish maqsad va masalalariga muvofiqligining ilmiy asoslangan taxlili berilgan.
Boshlang’ich ta’lim amaliyotida qo’llanuvchi masalalar o’quvchilar Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini shakllantirishga turli darajada qulaylik yaratadi. Bu holat ularni shakllantirish ta’siri darajasi bo’yicha guruhlarga masalalarni cheklash zaruriyatini qo’yadi.
Biz o’zimizning nazariy qarashlarimiz asosida Boshlang’ich sinfda matematika kursining metodik ta’minoti tarkibini aniqladik va o’quvchilarning o’qish jarayonida. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarning arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarining foydalanilmagan imkoniyatlarini belgiladik.
Eksperimental ma’lumotlarga suyanib, yangi qo’llanmalar didaktik materiallar kompleksi va metodik tavsiyalar tizimi ishlab chiqildiki, ular o’quvchilar Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik ‘rintsi’larini faollashtirish darajasiii oshirishga imkon beradi.