II. O’quv fanining maqsadi va vazifasi–mehnat va hayot faoliyati xavfsizligi jarayonida insonning xavfsizligi, sog‘ligi va ish qobiliyatini saqlab qolishni ta’minlaydigan qonunlar aktini va ularga tegishli iqtisodiy, texnikaviy va tashkiliy tadbirlar sistemasini ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etishdan iboratdir.
Fanning vazifalari-talabalarni mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi masalalarini, yong‘in xavfsizligi va xavfsizlik texnikasi qoidalarini bilishga hamda ularni har kungi hayot faoliyati davrida qo‘llay olishga o‘qitishdir.
Talaba egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar:
Talaba:
-O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik asoslari, mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi bo’yicha davlatimizning muhim qarorlari bilan tanishish:
-Oliy va xalq ta’limi muassasalarida korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, maktab binosida mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi bo’yicha ishlarni tashkil qilishni o’rganish
-maktab binosi va sinfxonalarida, ishlab chiqarish mehnati darslarida, ekskursiyalarda, sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazishda, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda asosiy xavfsizlik choralarini bilish:
-yong’in profilaktikasi va yong’in xafvsizligi usullari bilan tanishish.
-birinchi yordam ko’rsatishni, baxtsiz hodisalarni tekshirishning tartibini bilish.
-kasbiy kasallanish va travma sabablarini bilish talab etiladi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini,O’zbekiston Respublikasi mehnat qonunlari kodekisini, mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi bo’yicha davlatimizning muhim qonunlarini, mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi sirlari va ishlab chiqarish korxonalarida xavfsizlik talablarini bilishi kerak.
Mehnat qonunlari va hayot faoliyati xavfsizligi haqida, ishlab chiqarishdagi sanitariya-gigiena talablari, ergonomika haqida tushuncha, yorug‘lik va iqlimni inson organizmiga ta’sirini, ishlab chiqarishda shovqin, titrash, o‘t o‘chirish vositalarining tuzilishi, ishlashi, ulardan to‘g‘ri foydalanish va ularda ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Mehnat va hayot faoliyati xavfsizligi jarayonida baxtsiz hodisaga uchragan insonga birlamchi yordam ko’rsatish, chang va uning zararligini baholash, shovqindan, titrashdan, elektr tokidan va yong’indan ximoyalanish, to‘qimachilik va yengil sanoatda xavfsizlik talablari, baxtsiz xodisalarning sabablarini tekshirish, jarohatlanish sabablarini bartaraf etish yo‘llari haqida malakaga ega bo‘lishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |