Havoning harakat tezligini aniqlash.
Havo harakatining tezligi sekundiga metr|sek bilan ifodalanadi. Havo harakatining tezligi 1m|sek. dan kam bo’lsa odamga sezilmaydi. Havo harakatining 1m|sek. dan ortiqroq tezliklari odamga shamol bo’lib seziladi. Shamol paydo bo’lishiga sabab atmosfera bosimi bilan havo temperaturasining notekis tarqalishidir. Havo massalari bosim yukori bo’lgan tomondan bosim past tomonga qarab yuradi. SHamol kuchiga qarab Bofort shkalasi bo’yicha taxminiy baho beriladi. (5-jadval).
Bofort shkalasi (jadval-9)
Bofort ballari
|
SHamol tezligi m|sek
|
Shamol xarakteris-tikasi
|
SHamol ta’siri
|
0
|
0-0,5
|
SHtil|sukunat
|
Mutlaqo shamol yo’q.Trubalarda tutun tik ko’tariladi.
|
1
|
0,66-1,7
|
Sekin shamol
|
Trubalarda tutun uncha tik ko’tarilmaydi.
|
2
|
1,8-3,3
|
Engil shamol
|
SHamol esayotganda yuzga seziladi.
|
3
|
3,4-5,2
|
Kuchsiz shamol
|
Barglar va mayda navdalar qimirlab turadi.
|
4
|
5,3-7,4
|
O’rtacha shamol
|
Daraxtlarning ingichga shoxlari qimirlab turadi.CHang va qog’oz parchalarni shamol uchiradi.
|
5
|
7,5-9,8
|
Sovuq shamol
|
Katta-katta shoxlar qimirlab turadi.Suvda to’lqinlar paydo bo’ladi.
|
6
|
9,9-12,4
|
Kuchli shamol
|
Yo’g’on shoxlar kimirlaydi,telefon simlari chuvirlaydi.
|
7
|
12,5-15,2
|
qattiq shamol
|
Dengizda ko’piklanadigan to’lqinlar paydo bo’ladi. Kichikrok daraxt tanalari tebranadi.
|
8
|
15,3-18,2
|
Juda qattiq shamol
|
Daraxt shoxlari sinib tushadi. SHamolga qarshi yurish qiyin bo’ladi.
|
9
|
18,3-21,5
|
Dovul
|
Biroz shikast etkazadi,tutun trubalari va cherepitsa uzilib tushadi.
|
10
|
21,6-25,1
|
Kuchli dovul
|
Kattagina shikast etkazadi ,daraxtlar ildizi bilan qullaydi.
|
11
|
25,2-29,0
|
Juda qattiq dovul
|
Katta-katta shikast etkazadi.
|
12
|
29 dan ortiq
|
To’fon
|
Joylarni xarob qiladi.
|
Havoning harakati tezligi animometr bilan aniklanadi. Biz havo harakati tezligini katatermometr yordamida aniqlashni o’rganamiz. Katatermometr juda aniq kattalikdagissilindr rezervuarli (uzunligi 40mm,diametri 16 mm, yuzasi 26,6 sm2) spirtli termometrlardir.
Spirtli rezervuar ustki qismida kengaymasi bor kapilyar bilan tutashgan. Katatermometr shkalasi 38 dan 35S0 gacha darajalarga bo’lib chiqilgan. Kataterometr temperaturasi shu doiralarda pasayganidan asbobdan har qanday sharoitda yo’qoladigan issiqlik miqdori bir xil bo’lib qolaveradi.
12-rasm
SHu miqdordagi issiqlikning atrofdagi muxitga chiqib ketadigan vaqti o’zgaradi (atrofdagi havo harakatining tezligi nechog’li katta va tempuraturasi ne chog’lik past bo’lsa, asbob tempuraturasi shuncha qisqa vaqt mobaynida 380S- 350S atrofida pasayadi). Asbobning 1sm2 yuzasidan yo’qotiladigan millikoloriyalar hisobidagi issiqlik miqdori asbob faktori F deb ataladi. Katatermometr faktori uni ishlab chiqargan zavodda aniklanadi va kattaligi asbobning orqa tomonida ko’rsatib qo’yilgan bo’ladi. Havo harakati tezligi katatermometr bilan quyidagicha aniqlanadi. Katatermometrning spirtli rezovuori issiq 700S-800S suvli kosachaga tushiriladi va qizigan spirt ustki rezevuorning 1|3 - 1|2 qismini to’ldirmaguncha asbob qizdirilaveradi, shundan keyin katatermometr sochiq bilan quruq qilib artilib, kuzatish olib boriladigan joyga osib qo’yiladi. Bo’yalgan spirt ustunchasi 380S belgisiga tushgan zaxoti sekundomer yurgiziladi va spirt ustunchasi Meniskining pastki cheti 350S,gacha pasayganda to’xtatiladi
Tajriba 2-3 marta takrorlanadi va o’rtacha qiymati olinadi. O’lchash natijalari
6-7-jadvallardan topiladi. Avvalo H|Q kattaligi aniqlanadi. Bu erda N – kuzatish olib borilgan 1 sekund vaqt moboynida asbobning 1 sm2 yuzasidan yo’qotilgan issiqlik miqdori (millikaloryalari hisobida), N ni topish uchun asbob faktori (F) ni spirt ustunchasi 380S- 350S gacha tushgan sekundlar soniga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |