Iqtisodiy kelishuvlar asosida qarorlar qabul qilish Logistik jarayonda qatnashuvchi hamma ishlab chiqarish tashkilotlarining qiziqish doirasini namoyon qiluvchi hisobotlarda aks etadi. Iqtisodiy kompromisslar asosida qarorlar qabul qilish, tovar harakatining alohida bosqichlarini tutashuv joylarida logistikaning aralash funksiyalari talablarini hisobga olish zaruriyatini ko'zda tutadi. Bu kelib tushishining hajmi, tezligi va unga ketadigan xarajatlardagi ko'rsatkichlarning o'zaro bog'liq holda ko'rib chiqilishi, xaridlar miqdori haqida qarorlar esa buyurtmani bajarishga ketadigan xarajatlar va zaxiralarni saqlashga ketadigan xarajatlar hisobiga olingan holda qabul qilinishi zarurligini bildiradi. Butun logistik zanjir davomida xarajatlarni hisobga olish Logistikaning asosiy maqsadlaridan biri — moddiy oqimning birlamchi xomashyodan to oxirgi iste’molchigacha yetkazib borishga ketadigan xarajatlami boshqarishdir. Lekin tovar harakati jarayonida xarajatlarni boshqarish faqatgina to'liq hisobot amalga oshirilsagina mumkin bo'ladi. Logistik jarayonlar va ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish tizimi, logistik funksiyalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan xarajatlami ajratishi, eng muhim xarajatlar hamda ulaming o'zaro ta’siri haqida m a’lumotlarni shakllantirishi zarur. Bu shart bajarilsa logistik tizimning optimal shaklining asosiy mezonini ishiatish imkoniyati vujudga keladi — butun logistik zanjir davomida eng kam xarajatlar yig‘indisi hosil bo'ladi. Logistikaga korxonalarning raqobatbardoshligini oshiruvchi omil sifatida yondashish Logistikaning raqobatbardoshlikning omili sifatida ko'rib chiqilishi shu sohada qabul qilinayotgan qarorlar, mahsulot sotishdan tushadigan foydaga ko'rsatadigan ta’siri nuqtayi nazaridan baholanishi zarurligini ko'zda tutadi. Shuning uchun logistikani korxona ishining asosiy iqtisodiy va moliyaviy ko'rsatkichlar bilan bog'liqligini aks ettiruvclii ko'rsatkichlarini qidirish masalasi yuzaga keladi. Logistika kontseptsiyasining bir necha kategoriyalari bor, ulardan asosiylari quyidagilar. - Taqsimlash kategoriyasi -faoliyatning bir turi va reklama qiladigan, (realizatsiya), mahsulotni sotadigan, transportirovka qiladigan va xaridorlarga xizmat ko‘rsatadigan tashkilotlar tushuniladi.
- Logistika - material va mahsulotlar oqimini boshqarish, xom ashyo bilan ta’minlashdan boshlab, to oxirgi iste’molchiga tayyor mahsulot yetkazib berilgunga qadar, shu bilan birga materiallar harakatiga yordam qiluvchi axborot oqimi kategoriyasi. Odatda har bir firma o‘z mahsulotining taqsimlanishini nazorat qiladi va boshqaradi. Logistika tizimi esa xalq xo‘jaligida material va mahsulotlar oqimini boshqaradi.
- Makrologistika kategoriyasi.
- Mikrologistika kategoriyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |