O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti sirtqi bo’limi milliy libos va san’at fakulteti



Download 53,64 Kb.
bet5/12
Sana26.02.2022
Hajmi53,64 Kb.
#468948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Eshqurbonov Jaloliddin (2)

2.2.Maqom turlari
Shashmaqom ((oʻzb. shashmaqom, toj. шашмақом, fors شش‌مقام)) — Tojik, oʻzbek, qoraqalpok va buxoro yahudi xalqlari musiqiy merosida markaziy oʻrin tutgan maqomlar turkumi; parda, ohang , usul, shakl, uslub kabi vositalar bilan oʻzaro uzviy bogʻlangan mumtoz kuy va ashulalar majmui. U muayyan shart sharoitlarda musiqiy folklor hamda kasbiy musiqa yoʻnalishlarida orttirilgan koʻp asrlik ilmiyijodiy tajriba hamda izlanishlar natijasida yuzaga kelgan. Shashmaqom milliy hamda mintaqaviy mumtoz musiqa anʼanalarining tarixan uzun taraqqiyot jarayoni natijasida bir qator bastakorlar avlodi sanʼatining qomusiy mahsulidir.
Oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari musiqa ilmida maqom, asosan, parda tuzilmalari tushunchasini hamda ularga mos holda yaratilgan quy va ashulalarni ifodaladi. Maqomlar dastlabki davrda tarqoq shakllarda rivojlandi, 13-asrda esa Safiuddin al-Urmaviy ularni oʻn ikki asosiy maqomdan iborat nazariy tizim shakliga keltirdi. 17-asrdan soʻng Oʻn ikki maqom tizimi inqirozga uchrab, uning negizida Sharq xalqlari orasida maqomlarning yangicha milliy va mahalliy shakllari vujudga kela boshladi. Xususan, 18-asrning oʻrtalarida Oʻrta Osiyoning yirik madaniy markazlaridan biri Buxoro shahrida saroy sozanda, xonanda va bastakorlari ijodiyijrochilik faoliyatida Shashmaqom uzilkesil shakllanib, Buxoro maqomlari, Buxoro Shashmaqomi nomlarida ham yuritildi. Oʻzbek maqom turlaridan Xorazm maqomlari, FargʻonaToshkent maqom yoʻllari, shuningdek, yovvoyi (erkin koʻrinishdagi) maqomlar, surnay, dutor yoʻllari va boshqalar Shashmaqom taʼsirida rivojlandi. Oʻtgan zamon bastakorligida keng qoʻllanilgan amal, kor, naqsh, peshrav, savt, tarona, qavl kabi janrlarning noyob namunalari Shashmaqom tarkibida bizgacha yetib keldi.
SHashmaqom Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlaridan tashkil topgan boʻlib, jami 250 dan ortiq har xil shakldagi kuy va ashula namunalaridan iborat. Shu qunga qadar sozanda, hofiz va bastakorlar maqom yoʻllarining qoʻplab ijroviy talqinlarini kashf etdilar, ovoz, tanbur, surnay, dutor va boshqalar maqom yoʻllarida bir qismli va turkumli asarlar ijod qildilar, ular asosida yangi kuy va ashulalar yaratdilar.
Maqomlar sozanda va xonandalar tomonidan yakka tarzda, shuningdek, joʻrovozlik va joʻrnavozlikda ijro etib kelingan. Xususan, Buxoro amirlari saroyida eng soʻnggi davrda joʻrnavozlik asosan, 2 tanbur, 2 doira (doirachilar xonanda ham boʻlgan), afgʻon rubobi, sato yoki qoʻbiz, imkonga koʻra boʻlamon cholgʻularidan iborat boʻlgan. Maqom ijrochiligida tanbur yetakchi soz hisoblanadi. Chunki u torlarini maqom pardalariga moslab sozlashda va maqom yoʻllarini mukammal yangratishda birmuncha qulayliklarga ega. Doira esa sozanda va xonandalarning Shashmaqom qismlarini belgilangan usul negizida ijro etishlari uchun zarur vosita boʻlib xizmat qiladi.
Har bir maqomning bosh tovushqatori oʻziga xos va nisbatan barqaror boʻlib, turkumning toʻliq musiqiy ijro jarayonida uning pardalarida ayrim oʻzgarishlar ham sodir boʻlib turadi. Chunki Shashmaqom shakllanishida maqomlar tarkibiga 12 maqomdan mazkur maqom pardalariga yaqin, kuy mavzui tabiatiga ohangdosh oʻzga sho’ba va maqom yoʻllari ham kiritilgan. Ularning ladtonalligi asosiy maqom yoʻllariga baʼzan mos kelmasligi ham mumkin.
Maqomlarning har biri ikki — cholgʻu (mushkilot) va ashula (nasr) yirik boʻlimlaridan iborat. Cholgʻu boʻlimlarida bir xil nom bilan ataluvchi cholgʻu qismlari mavjud boʻlib, ohanglari oʻzlari mansub boʻlgan maqom kuyiga xos, doira usullari esa bir xildir. Ulardan asosiylari Tasnif, Tarje, Gardun, Muxammas va Saqil deb ataladi. Bu kismlar maqom nomlariga qoʻshib (mas, Tasnifi Buzruk, Tarjei Dugoh, Garduni Segoh kabi), ayrimlari esa bastakorlar nomi bilan birga (mas, Muxammasi Nasrulloyi, Saqili Islimxon) ataladi. Baʼzi cholgʻu qismlari alohida nomga ega (mas, Nagʻmai Orazi Navo), Dugoh va Segoxda esa maqom nomi bilan qoʻshib aytiladi (mas, Peshravi Dugoh, Samoi Dugoh, Xafifi Segoh). shahrining cholgʻu qismlari xona va bozgoʻy kuy tuzilmalaridan tashkil topadi.
Bunda muntazam ravishda oʻzgaruvchi xonalarning rivojlanishi uchun qoʻllanadigan peshrav uslubi alohida ahamiyat kasb etadi. Tasnif, Tarje, Nagʻmai Oraz, Samoi, Xafif kabi cholgʻu qismlari bir-biriga oʻxshash, kichik hajmli; Gardun va Peshrav birmuncha rivojlangan; Muxammas va Saqil yoʻllari uzun va murakkab doira usullari negizida ijod etilgan. Shashmaqom cholgʻu yoʻllarining ichki tuzilishi murakkab boʻlsada, oʻzining ravon ohangdorligi va rangbarangligi bilan shu maqom quy mavzulari bilan bevosita bogʻlikdir. Bu asarlar teran falsafiy va turfa lirik kayfiyatlarni ifodalaydi, tinglovchilardan esa eshitish koʻnikmalariga ega boʻlishni talab etadi.
Odatda, Shashmaqom cholgʻu qismlari birinketin yaxlit tarzda ijro etilgandan soʻng uning "Nasr" boʻlimiga oʻtiladi. Ashula qismlari ancha murakkab shakldagi sho’balar, ularning tarona yoki shoxobchalaridan iborat. Bular ham yaxlit turkum tarzida ijro etiladi. Shashmaqom ashula boʻlimlari tuzilish jihatidan bir-biridan farqlanadigan ikki toifa sho’balar guruhidan tashkil topgan; birinchisiga Saraxbor, Talqin, Nasr deb nomlanuvchi sho’balar va yakuniy Ufar qismi, ikkinchisiga esa, asosan, Savt va Moʻgʻulcha nomli sho’balar va ularning shoxobchalari kiradi. shahridagi nomdosh sho’balar (Saraxbori Buzruk, Saraxbori Navo va boshqalar)ning kuyohanglari turlicha boʻlsada, doira usuli va kuylariga bogʻlab aytiladigan sheʼr vaznlari bir xildir. Sho’balarning ikkinchi guruhida Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar deb nomlanadigan shoxobchalar mavjud va ular shu nomdagi oʻziga xos doira usullarida yangraydi. Shashmaqom sho’balarining rivojlanishida avj va namudlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ular ashulaning yirik shakl olishi va mazmunan chuqurlashishida hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi. Namudlar maqom yoʻllarida yakka avj yoki guruh tartibida erkin ishlatiladi. Oʻtmishda hofizlarning xohish va imkoniyatiga qarab namudlar soni (bir sho’bada 4 tagacha) oʻzgarib turgan.
Shashmaqom ashula boʻlimi sho’balari shaklan barkamol boʻlib, ichki tuzilmalar tarkibi turlicha boʻlishi mumkin. Mas, har bir sho’ba yoʻli cholgʻu muqaddimasi bilan boshlanadi. Keyin daromad nomli bosh xat ijro etiladi va oʻrta pardalarda bayon etiluvchi miyonxat jumlalariga oʻtiladi. Urniga qarab dunasr tuzilmasida yuqori pardalar zabt etiladi. Soʻngra sho’balarga xos avjda namudlar aytilib, ashula yoʻli miyonxat orqali yoki usiz ulanib ketadigan furovard (tushirim) tuzilmasi bilan yakunlanadi. Baʼzi sho’balar tuzilishi boshqacharoq boʻlishi ham mumkin.
SHashmaqom ashula boʻlimining birinchi guruh sho’balari turkumli tarzda yaxlit ijro etilganida, Saraxbor bilan boshlanib, soʻng uning taronalari (6 tagacha) oʻqiladi. Taronalarning oxirgisi talqin doira usulida aytiladigan suporish qismi vositasi bilan Talqin sho’basiga silliq ulanib boradi. Talqin taronasi ijro etilib, nasr doira usulidagi suporish orqali Nasr sho’basi va uning taronalariga oʻtiladi (Nasr sho’ba namunalari bitta maqomda 2—3 tagacha yetadi). Oxirgi Nasr sho’basi, odatda, taronasiz oʻqilib, bevosita Ufar ashula yoʻllariga qoʻshiladi va oxirgi suporish bilan turkum yakunlanadi.
Shashmaqom ashula boʻlimining ikkinchi guruhidagi sho’balar oʻzaro bogʻlanmagan tarzda mustaqil ashula yoʻllari hisoblanib, ularning har biri, asosan, 5 qismli turkumni tashkil etadi. Mas, asosiy Savt yoki Moʻgʻulcha ashula yoʻlidan keyin unga ushbu kuy mavzuining yangicha vaznusulli (Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar) namunalari navbatmanavbat ulanadi.
Maqomlarning tarixiy, nazariy, estetik masalalari uzoq oʻtmishdan shu kunga qadar musiqashunoslar tomonidan har tomonlama oʻrganilmoqda. Xususan, Urta asrlar musiqa risolalarida Sharq mumtoz musiqasiga xos pardalad tuzilmalari keltirilib, maqomot hamda xalq musiqasiga xos tovushqator va usullar tuzilishi haqida mulohazalar yuritilgan. 19-asr boshi va oʻrtalarida shahriga oid maxsus yozma sheʼriy toʻplam — bayozlar yuzaga keldi. Ularda maqomlarga aytilgan gʻazal matnlari keltirilgan, maqom va sho’balar nomlari hamda ijro etiladigan ashulalar turkumining tartibi koʻrsatilgan.
Komil Xorazmiy va uning oʻgʻli Muhammad Rasul tanbur chizigʻi yordamida yozib olgan Xorazm maqomlari ham shahrining 19-asr namunalari haqida qimmatli maʼlumot beradi.
Shashmaqom ashula yoʻllarida oʻzbek hamda fors mumtoz shoirlaridan Rudakiy, Jomiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Fuzuliy, Hofiz, Amiriy, Nodira, Zebunniso, Ogahiy va boshqalarning ishqiylirik, falsafiy, nasihatomuz, diniy mazmundagi gʻazallari, shuningdek, xalq toʻrtliklari jalb etilgan.
Shashmaqom, asosan, ogʻzaki tarzda avloddanavlodga ustozshogird anʼanasida oʻtib keldi. 1920-yillarda Buxoro, Samarqand, Toshkent shahrilarida maxsus musiqa maktablari, bilim yurtlari tashkil qilinib, ularda maqom va xalq musiqa namunalarini oʻzlashtirishga eʼtibor qaratildi; Ota Jalol, Otagʻiyos Abdugʻaniyev, Domla Halim Ibodov, Shorahim Shoumarov, Abdusoat Vahobov, Usto Shodi Azizov kabi maqomdon sozanda va hofizlar yoshlarga saboq berish uchun jalb etildilar.
Shahrini ilk bor V.A.Uspenskiy Ota Jalol va Ota Gʻiyos ijrolaridan hozirgi nota yozuviga olib nashr ettirdi ("Shashmakom, Shest muzmkalnix poem", M. - Buxoro, 1924). Mulla Bekjon Rahmon oʻgʻli va Muhammad Yusuf Devonzodaning "Xorazm musiqiy tarixchasi" (M., 1925), Fitratning "Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi" (Samarqand — T., 1927) risolalari 20-asr maqomshunosligining dastlabki namunalari boʻlib, qimmatli maʼlumotlarga ega. shahrini oʻrganishga, ayniqsa, 1950-yillardan koʻproq ahamiyat berila boshlandi. I.Rajabov qalamiga mansub "Maqomlar masalasiga doir" (T., 1963) tadqiqoti oʻzbek maqomshunosligi rivojlanishini yangi bosqichga koʻtardi. Tojikistonda B. Fayzullayev, ShashmaqomSohibov va F. Shahobovlar oʻz ijrolarida notaga olib, V.M.Belyayev tahriri ostida shahrining 5 jildini nashr ettirdilar ("Shashmaqom", M., 1950—67). Oʻzbekistonda Shashmaqom ni Yunus Rajabiy oʻzi va boshqalar sozanda va xonandalar ijrosidan yozib olib, ikki marta — "Oʻzbek xalq musiqasi" (V j., T., 1959) va "Shashmaqom" (I—VI j. lar, T., 1966—75) nomi bilan nashr ettirdi. Toshkent konservatoriyasida "Sharq musiqasi" kafedrasi (1972-yil), u asosda "Musiqiy sharqshunoslik" va "Anʼanaviy ijrochilik" (1992-yildan) kafedralari orqali shahrini ilmiy oʻrganish va amaliy oʻzlashtirish oliy, oʻrta maxsus hamda boshlangʻich taʼlim bosqichlarida yoʻlga qoʻyildi. 1983-yildan boshlab maqom ijrochilarining respublika tanlovi (1991-yildan Yu.Rajabiy nomida) muntazam oʻtkazib kelinmoqda.
Oʻzbek xalqi musiqa boyliklari asosida yuzaga kelgan Shashmaqom, oʻz navbatida, zamonaviy musiqa sanʼati rivojlanishiga samarali taʼsir koʻrsatdi. Oʻzbekiston bastakorlari va kompozitorlari oʻz ijodida shahridan keng koʻlamda foydalanishni davom ettirmoqdalar. Bulardan M.Ashrafiy, M.Burhonov, K.Jabborov, T.Jalilov, D.Zokirov, S.Kalonov, Yu.Rajabiy, T.Sodiqov, Fahr.Sodiqov, M.Tojiyev, O.Hotamov va boshqalar yaratgan ashula, romans, xor, simfoniya va opera asarlarida maqomlar salohiyatini oshirishda salmoqli yutuqlarni qoʻlga kiritishgan. "Oʻzbektelefilm" studiyasi tomonidan "Shashmaqom" filmi suratga olingan (1972, rej. T.Akromov).
Maqom turlari
Xorazm maqomlari - maqom turi. Xorazmda maqom yoʻllariga yaqin mumtoz musiqa namunalari qadimdan maʼlum boʻlgan.
Bizgacha yetib kelgan shakli — olti maqom (Rost, Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq) tizimi Shashmaqom asosida 19-asr boshlarida shakllangan. Har bir maqom belgilovchi omil — muayyan lad tizimi va uning asosida yuzaga kelgan kuy yoʻllaridan iborat. Xorazm maqomlari Buxoro Shashmaqomi kabi mustaqil tuzilishga ega boʻlgan chertim (cholgʻu) va aytim (ashula) boʻlimlarini oʻz ichiga oladi. Chertim yoʻli (boʻlimi) tani maqom, tarje, peshrav, muxammas, saqil, ufar kabi shaklan yakunlangan va nisbiy mustaqil qismlardan tashkil toptan. Boshlangʻich tani makom va yakunlovchi ufar har bir maqomda bittadan boʻlsa, oʻrtada keladigan peshrav, muxammas, sakil 2—3 tagacha boʻladi. Cholgʻu yoʻli yakkanavozlik va joʻrnavozlik usulida chalinadi. Yakkanavozlikda tanbur asosiy soz hisoblanadi. Joʻrnavozlik, odatda, tanbur, dutor, nay, boʻlamon, qoʻshnay, gʻijjak, chang , doiradan iborat ansamblda amalga oshiriladi.
Shuningdek, Xorazm maqomlarining dutor, surnay yoʻllari ham mavjud. Mas, 19—20-asr boshlarida Xivada 11 ta Xorazm dutor maqomi mashhur boʻlgan: Chapandoz, Navoiy, Sadri Iroq, Tashniz, Agʻyor va boshqa Tanbur yoʻllaridan farqli oʻlaroq ular turkumli asarlar boʻlib, har bittasi 2— 7 qism (mas, "Iroq" dutor maqomi "Oʻrta ufori", "Nigoron", "Oromijon", "Boymuxammad", "Saklansin") dan iborat boʻlgan. "Oraz bam va uforisi", "Majnun dali", "Roviy", "Miskin va uforisi", "Moʻgʻulcha ufori"lari M. Yusupov tomonidan "Oʻzbek xalq muzikasi"ning 6jildiga kiritilgan.
Aytim yoʻli tani maqom, talqin, nasr kabi asosiy qismlar — sho’balar va ular negizida tuzilgan tarona, suvora, naqsh, faryod va ufar deb nomlangan variant qismlardan tashkil topadi. Dastlab Xorazm maqomlari ijrosida forstojik (Hofiz, Jomiy kabi) va keyinchalik uzbek, ozar mumtoz shoirlari (Navoiy, Fuzuliy, Munis, Ogahiylar)ning gʻazallaridan foydalanilgan.
Xorazm maqomlari va Buxoro Shashmaqomining umumiy va farq qiluvchi tomonlari mavjud. Tashqi tomondan Xorazm maqomlari Rostdan, Shashmaqom Buzrukdan boshlanadi. X.mda Iroqning ashula boʻlimi unutilgan, Rost maqomining chertim yoʻllari asosida 8 qismdan iborat Panjgoh turkumi yaratilgan; suvora, naqsh, faryod qismlari oʻziga xos xususiyatlarga ega; savt va moʻgʻulcha kabi 2guruh sho’balari uchramaydi. Ichki tuzilishi jihatidan koʻpchilik doyra usullari, kuy kiyofasi, ijrochilik uslubi mustakilligi bilan ajralib turadi.
Xorazm maqomlari Komil Xorazmiy ixtiro qilgan tanbur chizigʻida uning oʻzi va oʻgʻli Muhammad Rasul Mirzaboshi tomonidan toʻla yozilgan (1886). Hozirgi nota yozuvida Ye. Romanovskaya chertim yoʻllarini ("Xorazm klassik muzikasi", T., 1939) va M. Yusupov chertim va aytim yoʻllarini ("Oʻzbek xalq muzikasi", 6j., T., 1958) yozib olgan. M. Yusupov tomonidan keyinchalik nashrga tayyorlangan "Xorazm maqomlari" toʻplamiga (T., 1980—1987) Xorazm mumtoz musiqasining boshqa janrlari (suvora, faryod kabi) namunalari ham kiritilgan. Ye. Romanovskaya, Il. Akbarov tomonidan Matyoqub Xarratov tanburda ijro etgan ayrim parchalar fonografga yozilgan (1934). Sanʼatshunoslik intida K. Otaniyozov va K. Ismoilovlardan Rost, Navo, Dugoh, Segoh (1949), H. Boltayevdan Buzruk (1952) makomlarining ashula yoʻllari magnit lentasiga yozib olingan.
Xorazm maqomlari ijrochiligining yirik namoyandalari Niyozjonxoʻja, Komil Xorazmiy, Feruz, Xudoybergan muhrkan, Matyoqub va Matyusuf Xarratovlar, M. Xudoyberganov, K. Otaniyozov, H. Boltayev, M. Raximov, N. Yusupova, M. Yusupov, R. Jumaniyozov va boshqa dir.
Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari — Toshkent va Fargʻona vodiysi (Qoʻqon, Namangan, Andijon, Fargʻona, Margʻilon, Quva va boshqalar) musiqa amaliyotida yuzaga kelgan maqom namunalarining umumlashma nomi. Shashmaqom va Xorazm matsomlaripxya farqli oʻlaroq alohidaalohida cholgʻu va ashula yoʻllaridan iborat. Jumladan, cholgʻu yoʻllari "Nasrullo I—V", "Munojot 1—V", "Ajam va taronalari", "Miskin I—V", "Segoh I —III", "Sayqal I—II", "Mirzadavlat I—II", "Choʻli Iroq", "Chorgoh", "Surnay Iroqi", "Surnay Dugohi" "Surnay Ushshogʻi" kabilar mashhur. Ashula yoʻllari alohida bir qismli ("Segoh, "Toshkent" irogʻi" kabi) namunalardan tortib keng koʻlamli turkumlardan tashkil topgan. Ayniqsa, besh qismli "Chorgoh", "Bayot", "Bayoti Sheroziy", "Gulyor—Shahnoz" va yetti qismli "Dugoh— Husayn" ashula yoʻllari ommalashgan. Ular mumtoz sheʼriyat (Sakkokiy, Navoiy, Bobur, Uvaysiy, Furqat, Muqimiy va boshqalar) namunalari asosida oʻqiladi.
Fargʻona—Toshkent maqom turkumlarining qismlari raqamlar vositasida ajratiladi (mas, "Miskin I", "Miskin II", "Bayot I"). Ayrim hollarda tarkibiy qismlarning maxsus nomlari ham uchraydi. Jumladan, "Miskin" cholgu turkumining III kismi "Adoiy", IV qismi "Asiriy", "Nasrullo"ning II qismi "Chavandoz", III qismi "Qashqarcha", IV qismi "Tarona", V qismi "Ufar" deb nomlanadi. Shuningdek, F.—Fargʻona-toshkent maqom yoʻllariy.ning cholgʻu kuylarining ayrimlariga nisbatan "Mashq" atamasini qoʻllash odati mavjud (mas, "Mashqi Chorgoh", "Mashqi Dugoh—Husayn" va h.k.).
F.—Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari y.larining shakllanish ildizlari oʻrta asrlarda mashhur boʻlgan Oʻn ikki maqom tizimi va undan ham oldinroq mavjud turkumli asarlarga borib taqaladi. "Yoʻllari" atamasi ham shunga ishora etadi. Zero "maqom" atamasidan avvalroq musiqa ilmi amaliyotida "yoʻl" maʼnosidagi "roh", "tariqa", "ravashin" kabi tushunchalar keng qoʻllanib kelingan. Shashmaqomdan fark/sh ravishda F,— Fargʻona-toshkent maqom yoʻllariy. nafaqat xon saroylarida, balki xalq hayoti bilan bogʻliq turli vaziyat va sharoitlarda ham mudom ijro etilgan. Mas, surnay yoʻllari xalq tomosha va bayramlarida, dorbozlar oʻyini va toʻy bazmlarida, dutor, tanbur, gʻijjak ijrolari hamda ashula yoʻllari uy sharoitlarida oʻtkaziladigan turli yigʻin va majlislarda namoyon boʻlgan. Ayni paytda, bu maqomlarda Fargʻona—Toshkent musiqa uslubiga xos yalla, ashula, katta ashula janrlarining xususiyatlari oʻz aksini topgan. Bu holat ularning musiqiy tili xalqchil va nisbatan ommaviy ekanligi, xalq orasida mashhur boʻlishi sabablaridan biridir.
F.—Fargʻona-toshkent maqom yoʻllariy. ijrochilari mazkur anʼanani odatda mashhur ustozlardan oʻrganishgan. Shu tarzda bu maqomlarni bizga yetkazib bergan taniqli talqinchilar qatorida Abduqodir naychi, Ahmadjon qoʻshnay, A.Yusupov (surnay), Shobarot tanburchi, A.Abdullayev (tanbur), M. Najmiddinov (dutor, tanbur), K.Jabborov (gʻijjak, dutor), S.Kalonov (nay), Faxriddin Sodiqov (chang , dutor), Gʻ.Toshmatov (gʻijjak), T.Alimatov (tanbur, dutor), hofizlar — ShashmaqomShoumarov, Toʻychi hofiz, Shojalil hofiz, Ilhom hofiz, Sodirxon hofiz, Rajabiylar, Rasulqori Mamadaliyev kabi ustoz sanʼatkorlarning xizmatlari katta. Bastakorlardan T. Jalilov, O. Hotamov, F. Mamadaliyev, soʻnggi yillarda A. Ismoilovlar F.—Fargʻona-toshkent maqom yoʻllariy. anʼanalarida turkumli va alohida ijro etiluvchi asarlar yaratishgan.


Download 53,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish