O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti biologiya kafedrasi



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/260
Sana31.12.2021
Hajmi3,95 Mb.
#200446
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   260
Bog'liq
botanika

Kollenxima. Hujayralarning ko’ndalang kesimi har xil shaklda bo’lib, asosan 4–5 qirrali tuzilishga 
yaqin.  Bo’yiga  kesimi  o’z  o’qi  bo’ylab  cho’zilgan,  hujayra  uchlari  to’mtoq  yoki  biroz  etilgan 
bo’ladi.  Hujayra  qobig’i  sellyuloza  hisobiga  qisman  qalinlashadi,  shuning  uchun  ular  tiriklik 
xususiyatini  saqlab  qoladi.  Kollenximaning  xarakterli  xususiyati  hujayralarida  xloroplastning 
uchrashidadir.  Hujayra  qobig’ining  qalinlashish  xarakteriga  ko’ra  burchakli,  plastinkali  va  g’ovak 
kollenxima  turlari  farq  qilinadi.  Kollenxima  poyalarda,  barg  bandlari  va  barg  yaproqlarida 
kuzatiladi. U qovoq poyasining birlamchi po’stlog’ida, kartoshkagulda, kartoshkada va marmarakda 
ham yaxshi taraqqiy etgan bo’ladi. Plastinkali kollenximada hujayralarning tangental devorlari ichki 
va tashqi tomonlari qalinlashadi. Plastinkali kollenxima poyalarda olma, yertut va qoraqatning barg 
bandlarida  uchraydi.  G’ovak  kollenximada  hujayra  oraliqlari  yaxshi  rivojlangan.  Bunday 
hujayralarda faqat hujayra oraliqlari bilan chegaralangan qismlari qilanlashadi. G’ovak kollenxima 
oq  sho’ra,  rovoch  va  boshqa  o’simliklarning  poya  va  barg  bandlarida  uchraydi.  Kollenxima  faqat 
mexanik  vazifani  bajarib  qolmay,  balki  assimilyatsion  vazifani  ham  bajaradi.  Barg  plastinkasida 
kollenxima  o’tkazuvchi  boylamlarni  ostki  va  ustki  tomonlaridan  o’rab  turadi.  Shunday  qilib, 
kollenxima  birlamchi  kelib  chiqishga  ega  va  yosh  o’suvchi  organlar  uchun  xarakterli  mexanik 
to’qima hisoblanadi. 
Sklerenxima.  Sklerenxima  muhim  mexanik  to’qima  hisoblanib,  o’simlikning  ildiz,  poya  kabi  o’q 
organlari  va  o’tkazuvchi  nay  tolali  boylamlar  tarkibiga  kiradi.  Ko’pchilik  o’simliklarda  uni 


 
33 
birlamchi po’stloqda va peritsiklda mexanik halqa sifatida yoki mexanik to’qima boylamlari sifatida 
uchratish  mumkin.  Sklerenxima  hujayralari  uzun  prozenxima  va  bir–birlari  bilan  juda  zich 
joylashib,  uchi  o’tkirlashgan  tolalar  shaklini  oladi.  Hujayra  qobig’i  bir  tekis  qalinlashadi  va  unda 
qavat–qavat tuzilish ifodalanadi. Qavat–qavatlilikning  yaxshi rivojlanishi natija-sida, hatto hujayra 
bo’shlig’i, ko’rinmay qolishi mumkin. Hujayra qobig’ining yog’ochlanishi nihoyatda mastahkamlik 
va elastlakni vujudga keltiradi. 
Sklerenxima  hujayralarida  qalinlashish  bilan  birgalikda  yaxshi  ifodalangan  teshik  kanallari  ham 
hosil  bo’ladi.  Sklerenxima  hujayralari  qobig’i  shakllanib  bo’lgandan  so’ng  hujayralarning  tiriklik 
qismi  nobud  bo’ladi.  Shuning  uchun  o’lik  mexanik  to’qima  hisoblanadi.  U  kelib  chiqishga  ko’ra 
birlamchi  va  ikkilamchi  bo’ladi.  O’simlik  organlarida  joylashshishiga  qarab  lub  tolalari  va 
yog’ochlik  tolalarga  bo’linadi.  Lub  tolalari  o’simlik  organlarining  po’stloq  qismida  uchrab,  ular 
birmuncha  uzunligi  bilan  ajralib  turadi.  Masalan,  lub  tolalari  uzunligi  zig’irda  40–120  mm, 
gazandada – 80 mm, ramida 350–420 mm ga boradi. Lub tolalarining hujayra qobig’i zig’ir, kendir 
o’simligida  odatda,  tezda  yog’ochlanadi.  Ulardan  dag’al  matolar  to’qish  va  arqonlar  tayyorlashda 
foydalaniladi.   

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish