7. Evolyutsion yoki filogenetik usul. Bu usul evolyutsion taraqqiyot jarayonida o’simlik guruhlari
yoki ayrim turlarning paydo bo’lishini hamda ulardagi morfologik shakl tuzilishidagi organlarning
rivojlanish tarixini o’rganadi. Evolyutsion va filogenetik usul asosan solishtirma morfologik va
fitopoleontologik (paleobotanika) izlanishlarga asoslangan holda tekshirish olib boradi va o’simlik
ontogenezini to’g’ri tushunishga yordam beradi. Yuqorida keltirilgan usullarning hammasi ham
o’zicha mustaqil ahamiyatga ega bo’la olmaydi, albatta. Shu sababli har bir usul yuzasidan olingan
ma’lumotlar bir-biri bilan taqqoslanilishi yaxshi natija beradi.
1. Botanikaning hujayralarni o’rganuvchi bo’limiga sitologiya deyiladi. U tirik mavjudotlarning eng
kichik tuzilishiga ega bo’lgan biologik qismidir. Deyarli barcha tirik mavjudotlar - o’simliklar,
hayvonlar va sodda organizmlar hujayralardan tashkil topgan. Hujayra organik olamning ma’lum
taraqqiyoti bosqichi davrida, tirik materiyaning asta-sekin takomillashishi natijasida paydo bo’lgan.
Tabiatda hujayrasiz hayot formalari (viruslar, bakteriofaglar) ham mavjud, lekin tirik
organizmlarning asosiy shakl birligi hujayradir. Hujayraga tirik materiyaning barcha jarayonlari:
o’sish, oziqlanish, nafas olish, ta’sirchanlik va ko’payish xosdir. Hujayraning tuzilishi va hayotiy
jarayonlari haqidagi hozirgi ma’lumotlar, 300 yildan ko’proq davrdagi ilmiy kuzatishlar natijasidir.
Gollandiyalik olim A. Levinguk (1832-1723) mikroskop yordamida birinchi marotaba erkin harakat
qiluvchi yakka hujayralarni kuzatib, bir hujayrali sodda organizmlar mavjudligini aniqlagan. XIX
asrdagi yirik kashfiyotlar natijalari 30-40 yillarda nemis olimlari zoolog - T. Shvan va botanik M.
Shleyden tomonidan hujayra nazariyasini yaratishga sabab bo’ladi. Bu nazariyaga binoan
o’simliklarning va hayvonlarning organizmlarini tashkil etgan hujayralar, kelib chiqishi, tuzilishi va
o’sishi jihatidan o’xshashdir. Keyinchalik 1859 yil nemets olimi Rodolf Virxov tomonidan
hujayraning ko’payishi o’rganilib, bir hujayra ikkinchisidan paydo bo’lishi asoslab berildi. 70-
yillarga kelib hujayra yadrosining tuzilishi o’rganila boshlandi. Bu esa biologiya faninig muhim
qismlaridan bo’lgan sitologiya bo’limini rivojlanishiga sabab bo’ldi. Tabiyki barcha bir va ko’p
hujayrali organizmlar ikkita guruhga: prokariotlar (yadrosiz) va eukariotlar (yadroli organizm)larga
bo’linadi.
2. Hozirgi zamon va qazilma organizmlarning tuzilishi to’g’risidagi ma’lumotlarning ko’rsatishicha
prokariot va eukariot hujayralar tuzilishi va hayotiy jarayonlari jihatdan bir-biridan keskin farq
qiladilar. Bu yirik ikkala taksonlarning o’rtasida oraliq formalar (shakllar) hozircha noaniq.
Adabiyotlarda ko’rsatilishicha Kembriygacha davr bo’lgandan 3 milliard yil avval birinchi eukariot
hujayralar paydo bo’lgan. Ular aftidan prokariotlardan kelib chiqqan bo’lsa kerak degan taxminlar
bor.