O’simliklar ekologiyasi (yunoncha o i k o s - uy) ularning o’zaro va tashqi muhit bilan bog’lik,
bo’lgan munosabatini o’rganadi. Ma’lumki, o’simliklar hayoti tashqi muhit bilan uzviy bog’liq. Har
bir o’simlik uzoq davom etgan evolyutsiya jarayonida ma’lum bir muhitda o’sishga moslashgan
bo’lib, u o’z navbatida, o’sha muhitga bevosita ta’sir etadi.
Fan va texnika taraqqiy etayotgan hozirgi zamonda botanikaning yana bir tarmog’i - iqtisodiy
botanika rivojlandi. Bu fan oziqovqat, to’qimachilik, sellyuloza, yog’och ishlash, doridarmon
sohasidagi ko’pgina masalalarni hal etadi. Yovvoyi o’simliklarning foydali xossalarini va ularni
madaniylashtirish imkoniyatlarini o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |