Zoofiliya. Tropik regionlarda gullar turli xil umurtqali hayvonlar: qushlar, ko’rshapalaklar bilan
changlanadi. Bu hayvonlar gulning niktarlari bilan ovqatlanadi. Bular qatoriga kolibrlar,
Avstraliyadagi asal so’ruvchilar, Afrikadagi niktarchilar misol bo’ladi. Tropik regionlarda ba’zi
o’simliklar ko’rshapalaklar bilan changlanadi va ularni – xiropterofiliya deyiladi. Ko’rshapalaklar
uchun tunda guli ochiladigan ko’p niktar ajaratadigan yoqimsiz hidli, shilimshiq moddalar ishlab
chiqaradigan ko’p changi bo’lgan, to’pgulida guli mustahkam turadigan o’simliklar kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |