O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti biologiya kafedrasi



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/260
Sana31.12.2021
Hajmi3,95 Mb.
#200446
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   260
Bog'liq
botanika

Asosiy  tushunchalar:  novda,  kurtaklar,  vegetativ,  generativ  va  aralash  kurtaklar,  megamer 
(umumiy,  bo’lak),    dixotomik  (ayrisimon),  monopodial  (oddiy  shoxlanish),  simpodial  (birgalikda 
shoxlanish).  
Novda ham ildiz kabi yuksak o’simliklarning asosiy organidir. Novda uchki meristemaning 
maxsuli  bo’lib,  ildizga  nisbatan  ancha  murakkab  tuzilishga  ega.  Vegetativ  novdada  quyidagi 
qismlarni  ajratish  mumkin:  poya,  barglar,  bug’imlar,  bug’im  oraliqlari  va  kurtaklar.  Kurtaklar  – 
murtak holdagi novdalar hisoblanib, ular uzoq vaqt o’sish va shoxlanish, ya’ni novdalar sistemasini 
hosil  qiladi.  Novdagi  barglar  muhim  vazifani,  ya’ni  fotosintezni  bajaradi.  Organlarni  biriktirib 
turuvchi poya mexanik, o’tkazish va ba’zan g’amlovchi vazifalarni bajaradi. Nodaning bir butunligi 
va uning qismlari o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlar uning shakl o’zgargan ko’rinishlarida ham yaxshi 
ifodalangan.  Novdani  ildizdan  ajratib  turuvchi  muhim  xususiyati  barglar  bilan  qoplanishi  hamda 
bo’g’imlarga  ega  bo’lishidir.  Poyaning  bo’g’imi  ba’zi  o’simliklarda  yo’g’onlashgan  yoki  yaxshi 
ifodalangan  bo’ladi.  Odatda  poyada  ikki  xil  bo’g’imlar  farq  qilinadi.  Agar  barg  yoki  halqasimon 
barglar poyaning asosini to’liq o’rab olsa yopiq, qisman o’ragan bo’lsa, ochiq bo’g’im deb qaraladi. 
Odatda  novdada  birnecha  bo’g’imlar  va  bo’g’im  oraliqlari  bo’lib,  ular  novdaning  o’qi  bo’ylab 
takrorlanadi.Natijada metamer tuzilish kelib chiqadi. Kurtak - yozilmagan murtak holdagi novdadir. 
U boshlang’ich meristematik o’q va uning uchki qismida bir – birining ustini qoplab yotgan har xil 
yoshdagi barg boshlang’ichlarini, ‘ni boshlang’ich metamerlar seriyasidan tashkil topgan. 


 
45 
Vegetativ  kurtaklardan  tashqari  generativ,  vegetativ  –  generativ  kurtaklar  ham  bo’ladi.  Bunda 
vegetativ kurtaklar bir necha metamerlardan iborat bo’lib, o’sish konusi esa boshlang’ich gul  yoki 
to’pgulga aylangan bo’ladi. 
Shoxlanish  turlari.  Shoxlanish  natijasida  o’simlikning  yer  ustki  qismida,  ya’ni  tanasida  shox  – 
butoqlar  vujudga  keladi.  Yuksak  o’simliklarning  tarixiy  rivojlanish  davomida  shoxlanishning 
quyidagi turlari  kelib chiqqan: 
Dixotomik yoki ayrisimon shoxlanish. Bu turdagi shoxlanish o’sish konusidagi uchki kurtaklarning 
faoliyati  natijasida  shakllanadi.  Bunda  kurtaklar  bir  me’yorda  bir  –  birlariga  nisbatan  qarama  – 
qarshi  yo’nalishda  ayri  shaklda  o’sadi.  Dixotomik    shoxlanish qadimgi  sodda  shoxlanish turi. Uni 
moxlar, plaunlar, ko’pchilik paporotniklar va ba’zi bir ochiq urug’lilarda uchratiladi. 
Monopodial  shoxlanish.  Bu  turdagi  shoxlanishda  uchki  kurtak  doimo  faol  holatda  bo’lib, 
o’simlikning yer ustaki qismi bo’yiga o’sishini davom ettiradi. Shuning uchun ham asosiy poya yon 
novdalarga  nisbatan  kuchli  rivojlanadi.  Monopodial  shoxlanish  natijasida  daraxlardasimmetrik  bir 
tekis  yo’nalgan  tik  o’suvchi  asosiy  tana  shakllanadi.  Monopodial  shoxlanish  ko’pchilik  ochiq 
urug’li  o’simliklar  (oddiy  qarag’ay,  sarvi,  kedr,  oqqarag’ay,  qoraqarag’ay  va  boshkalar)  uchun 
xosdir. 
Simpodial  shoxlanish.  Bu  turdagi  shoxlanish  o’simliklar  evolyutsiyasining    ancha  keyingi 
davrlarida  o’simliklar  evolyutsiyasining  ancha  keyingi  davrlarida  kelib  chiqqan.  Uning  asosida 
monopodial  va  dixotomik  shoxlanishlar  yotadi.  Simpodial  shoxlanish  turi  gulli  o’simliklarda  ham 
keng tarqalgan. Ularni daraxt va o’t o’simliklarda ham uchratish mumkin. Bunday shoxlanish turiga 
ega  bo’lgan  o’simliklar  bo’yiga  ko’p  o’smaydi.  Bunga  sabab  uchki  kurtak  funktsional  holatini 
yo’qotishidir.  Natijasida  yon  novdalar  kuchli  o’sishi  kuzatiladi.  Shuning  uchun  ham  simpodial 
shoxlanishida  ko’p  sondagi  meva  va  urug’lar  hosil  bo’ladi.  Simpodial  shoxlanishning    alohida 
ko’rinishi sifatida soxta dixotomik shoxlanish turi uchratilib, u uchki kurtakning haloq bo’lishi yoki 
umuman  rivojlanmasligi  natijasida  o’sish  uchki  kurtakning  bevosita  ostida  joylashgan  ikki  yon 
kurtaklar  hisobiga  sodir  bo’ladi.  Soxta  dixotomik  shoxlanish  turida  ham  ayrisimon  shakl  kelib 
chiqadi. Uni nastarin, chinnigul, soxta kashtan va omela kabilarda uchratish mumkin.  
 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish