Asosiy tushunchalar: ildiz qini, bo’linish, o’sish, shimish va o’tkazuvchi zonalar, epiblema,
dermatogen, ekzoderma, mezoderma, endoderma, markaziy silindr, birlamchi po’stloq proto - va
metaksilema, proto -, va matafloema. o’zak nurlari, metamorfoz (bir shaklni boshqa shaklga
o’tishi), ildizmevalar, tugunak ildizlar, etdor ildizlar, tayanch, taxtasimon, soxta, nafas oluvchi,
ilashuvchi va havo ildizlari. Mikoriza (zamburug’, ildiz ya’ni o’zaro hamkorlikning bir ko’rinishi).
Ildizning tuproqdan suv va unda erigan mineral moddalarni o’zlashtirishi uning asosiy va
biologik jihatdan muhim vazifasi hisoblanib, bu uning ichki va tashqi tuzilishini belgilaydi.
Ildizning eng uchki qismida apikal meristema hujayralar tashqi tomonidan ildiz qini bilan o’ralgan.
Ildiz qini konussimon qalqon shaklida bo’lib, bir–birlari bilan kuchsiz bog’langan yupqa po’stli, bir
oz cho’ziq va nozik hujayralardan tashkil topgan.
Ildiz o’q organ, u shoxlanish xususiyatiga ega bo’lgani uchun nisbatan katta yuza hosil
kiladi. Bu uz navbatida ildizni tuproq bilan o’zaro ta’sirini oshiradi va suv shimishni
yengillashtiradi. Ildizning umumiy yuzasi yer ustki organlarga nisbatan oriq bo’ladi, tez usishi va
shoxlanishi natijasida katta maydonlarni egallab oladi. Dastlabki ildiz o’simlikning urug’idagi
murtakda rivojlanadi. Undagi asosiy va yon ildizlar shakllanib ular ham o’z navbatida shoxlanib
ketadi. Ana shunday ildiz tizimi ikki pallali o’simliklar uchun xosdir.
Bir pallali o’simliklarda asosiy ildiz uncha o’smaydi va nobud bo’ladi, ildiz tizimi esa
poyaning ostki qismidan rivojlangan qo’shimcha ildizlardan tashkil topadi. Bunday ildizlar
rivojlanish darajasi bo’yicha deyarli bir xil, ular popuksimon ildiz tizimini hosil qiladi.
Ildizlar odatda silindrsimon shaklda bo’lib, o’q organlar uchun xos bo’lgan radial simmetriyali
tuzilishga ega. Bargsiz ba’zi bar o’simliklarda ildizlar qo’shimcha kurtak hosil qiladi va ulardan
qo’shimcha novdalar shakllanadi. Ildizning uchi ildiz qini bilan himoyalangan, uning ostida o’sish
nuqtasi joylashgan.
Ildiz vegetativ organ sifatida ana shunday morfologik belgilar bilan tavsiflanadi.
Ildiz qini ostida meristematik xarakterdagi hujayralardan iborat bo’linish zonasi joylashgan. Deyarli
barcha bo’linuvchi hujayralar ana shu zonaga joylashgan va taxmina 1 mm o’lchamga ega.
Bo’linish zonasi ildizchaning sariq rangda bo’lishi, uning hujayralari sitoplazma bilan to’lib turishi
va vakuolalarning bo’lmasligi bilan ajralib turadi.
Ildizning uchki qismida bo’linish zonasidan keyin o’sish zonasi joylashadi. Bu zonada hujayralar
ildiz o’qiga nisbatan parallel yo’nalishda bo’lib, kuchli ravishda yiriklashadi, ammo bu zonada
hujayralarning bo’lishi deyarli kuzatilmaydi. Ildiz hajmining ortishi hujayralarning umumiy suv
bilan to’yinishi va yirik vakuolalar hosil bo’lishi bilan bog’liq. O’sish zonasi uncha katta emas,
birnecha mm dan oshmaydi. O’sish zonasining oxirlarida joylashgan hujayralar cho’zilish imkoniga
ham ega emas va tuproq zarrachalari bilan uncha ishlashmaydi.
Rizodermadan ko’plab ildiz tuplari paydo bo’ladi. Ular to’prok zarrachalari bilan shunday ilashib
ketganki, hatto ular bir-biri bilan qo’shilib ketganday seziladi. Ildizning ildiz tuklariga ega bo’lgan
qismiga shimish zonasi deyiladi. Tajribalarning ko’rsatishicha, suv va mineral moddalarning
shimilishi ana shu joyda kuzatiladi. Shimish zonasi bir necha o’n santimetrga borishi mumkin. Ildiz
tuklari uzoq yashamaydi, tezda nobud bo’ladi.
O’tkazuvchi zona bir necha metrga borishi mumkin. Bu zona orqali suv va mineral moddalar
o’simlikning barcha organlariga yetib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |