O’simlik hujayrasining tuzilishi. O’simlik hujayrasi tashqi tomondan qobiq bilan o’ralgan jism
bo’lib, qobiqning ichida hujayraning tirik qismi – protoplast joylashgan. Uning asosiy tarkibi
sitoplazma va yadrodir. Hayvon hujayralarida qobiq vazifasini sitoplazmaning o’ziga xos tuzilish va
tarkibga ega bo’lgan plazmolemma bajaradi.O’simlik hujayralari esa plastik parda, tashqarisidan
qo’shimcha ravishda nibatan pishiq va qalin hujayra qobig’iga ega. U sitoplazmaning hayot
faoliyatining mahsuli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |