Topshiriqni bajarish tartibi: Mavzuni yaxshilab o’zlashtirib daftaringizga
B./ B. /B texnikasini qo’llash orqali yoriting va rasmga tushurib topshiriqlarga joylashtirasiz .
B./ B. /B texnikasini qo’llash qoidalari
MTTlarni moliyalashtirish haqida PQ 3955- sonli qarorning o’rganilganligi
2
Smeta haqidagi bilimlarning o’rganilganligi
3.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish
3-Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasasi va ularni tashkil etish. Turli tipdagi maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkiliy tuzilmasi. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotning muassislari bo‘lishi mumkin. Qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarini tashkil etish uchun guruhlarning eng kam soni tegishli ravishd a quyidagilarni tashkil etishi kerak:
a) kamida 4 ta inklyuziv guruh;
b) quyidagi ixtisosliklardan biri bo‘yicha rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun kamida 4 ta guruh:
-eshitishda og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun;
-ko‘rishda og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun;
-psixik rivojlanishi kechikkan bolalar uchun;
-tayanch-harakat apparatida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan 5 yoshga bo‘lgan bolalar kontingenti mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har yili yig‘ib boradi va bu ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda sog‘liqni saqlash hududiy boshqaruv organlari deb ataladi) bilan birgalikda bunday muassasalarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish yakunlari bo‘yicha tashkil etiladi. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini yoki qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi taklif oxirgi 5 yil har yilga bo‘lib chiqilgan va tegishli hududdagi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida qayd etilgan kasalliklar o‘sishini ko‘rsatadigan sog‘liqni saqlash organlarining rasmiy statistika ma’lumotlari bilan asoslangan bo‘lishi kerak.Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilot o‘quv yili tugaganidan keyin qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi yoki tugatiladi.
Topshiriq. Mavzuni yaxshilab o’zlashtirib daftaringizga MTT turlari va ularni tashkil etish bo’yicha Ven diagrammasi orqali yoriting