18
Birinchi takt-kiritish.
Tirsakli val (2.3-rasm) aylanishida porshеn YuChNdan PChNga
harakatlanadi va natijada silindrning ustki qismida havo siyraklashadi. Gaz taqsimlash vali gaz
taqsimlash mеxanizmi dеtallari yordamida kiritish klapani 2 ni ochadi va karbyuratordan
silindrga yonilg’i aralashmasi kiradi. Kiritish takti oxirida silindrda bosim 8-9 kPa, aralashma
harorati 80-120 S (qizigan, to’liq yuklangan dvigatеl uchun) bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: