O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti


Maktab tasviriy san`at o`qituvchisining faoliyati no’ananaviy tarzda turli yo`nalishlarda amalga oshirilishi



Download 2,71 Mb.
bet11/13
Sana08.02.2022
Hajmi2,71 Mb.
#437568
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ISKANDAROVA FERUZA XALIM QIZI

2.3. Maktab tasviriy san`at o`qituvchisining faoliyati no’ananaviy tarzda turli yo`nalishlarda amalga oshirilishi
Musavvir ijodida natyurmort va peyzaj janri yetakchilik qiladi. Avangard uslubi ham keng o’rin olgan.
Rassom asarlarida oy, anor, naqsh va taqinchoq timsollari ko’p uchraydi.
— Milliy uslub va ramzdagi asarlarimizni boshqa millat musavvirlari ijod mahsulidan oson farqlash mumkin, — deydi rassom. — Chunki bizning o’zimizga xos milliy ramz­larimiz bor: olma — muhabbat, anor — oila, baliq — halollik timsoli. Masalan, Xitoy rassomi muhabbatni ifodalashda asosan, gullardan, daraxt barglaridan foydalanadi. Bizning milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz, ramzlarimiz kecha paydo bo’lgan yo shakllangan emas. Ishonch bilan aytish mumkinki, o’zbek rassomlari qadimiy milliy qadriyatlar bulog’idan suv ichgan. Ularning asarlarida milliy timsol va ramzlar nafasi ufurib turadi.
Ortiqali Qozoqov ijodida ayol obrazi ustuvor. Bu bejiz emas. Chunki ayol go’zallik, nafosat, ibo, dunyoning bardavomligi timsoli. Ijodkorning “Sharq kelinchagi”, “Oy oldida uchrashuv” “Hayotning boshlanishi”, “Opa-singillar” kabi asarlari ana shular jumlasidandir. Musavvirning o’zbek kelinchagi tasvirlangan asarini kuzatib, milliy bezaklar, qosh-ko’zlarni nim yopib turgan tillaqoshi, milliy liboslardan beixtiyor zavq tuyasiz. Asarda ranglar jilosi bayramona kayfiyatni ifodalagan bo’lsa, kelinchakning yerga qadalgan nigohlarida millatimizga xos ibo, or-nomus yorqin aks etgan. Uning barmoqlari orasidagi oq atirgul pokiza orzu-niyatlar timsolidir. Musavvir shu gul vositasida yangi hayot ostonasida kelinchakka ezgu tilaklar bildirayotgandek go’yo.
“Hayotning boshlanishi” asarida qiz boshida turli buyum va holatlar tasvirlangan. Bu inson hayot yo’li ravon emasligi, to’siqlarni faqat qat’iyat, aql, ishonch va tafakkur bilan yengish mumkinligini anglatadi. Qizning gavdasi tik, yuzi yorqin, nigohlari teran.
“Kelajak bilan suhbat” asarini musavvirning o’zi shunday izohlaydi: “Bundan bir necha yil avval yurtimiz bo’ylab qilgan safarimda, tong payti chayladan uyqusirab chiqqan bola yig’lab onasini qidira boshladi, oradan ko’p o’tmay yosh bola birdan jim bo’lib purviqor tog’larga termulib qoldi. Uni jim kuzatar ekanman, bolaning uzoqlarga tikilgan, xayolga cho’mgan nigohlarida uning yorqin kelajagini yaqqol tasavvur qildim.
Mana, bugun shunday kunlarga yetib keldik. Yurtimizda yoshlarning jismonan va ma’nan sog’lom bo’lib ulg’ayishlari uchun barcha shart-sharoit mavjud. Xususan, bolalar musiqa va san’at maktablari, “Barkamol avlod” markazlari, maktablarda darsdan tashqari rang­tasvir yo’nalishida to’garaklar muntazam ishlab turibdi. Natijada, yoshlarimiz san’at yo’nalishida yurtimiz va xal­qaro ko’rik-tanlovlarda munosib qatnashib kelmoqda. Ularning ijodini kuzatib, yangi g’oya va yo’nalishlarni ilg’aysiz, xuddi ulardek qayta yosh bo’lib qolgingiz keladi”.
Musavvirning so’nggi yillardagi asarlarida bunyodkorlik, har jabhada xalqimiz erishayotgan yutuq va marralar tasviri ustuvor. Turkum asarlarda milliy sportimiz — o’zbek kurashi bor bo’y-basti bilan aks etgan. Ularni kuzatib, koreyalik san’at ixlosmandi Kvon Sang “Ortiqali Qozoqovning asarlarini tomosha qilib, O’zbekiston go’zalligining barcha qirralarini ko’rish, boy tarixi, an’ana va madaniyatini o’rganish mumkin”, deb bejiz e’tirof etmaganiga yana bir bor amin bo’lasiz.
Chinakam iqtidor, samimiy tuyg’ular sohibi Ortiqali Qozoqov Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida yoshlarga saboq beradi. “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida tasviriy san’at targ’ibotiga qaratilgan “Mo’yqalam mo»jizalari” ko’rsatuviga mualliflik qiladi. O’zMTDP Toshkent shahar kengashi a’zosi. Darvoqe, musavvir ijodi tom ma’noda O’zMTDP dasturiy maqsad-g’oyalariga uyg’un va hamohang.
Musavvir shaxsiy ko’rgazmasi nafaqat yurtimiz, balki qator xorijiy mamlakatlar — ko’rgazmalaridan o’rin olgan. Uning asarlari Kazerta (2014 yil), Bornmut (2012 yil), Inchon (2012 yil), Saloniki (2013 yil) kabi shaharlarda ham keng namoyish qilingan. Rassom yaratgan asarlar xorijiy davlatlar muzeylari, badiiy galereya va xususiy to’plamlardan o’rin olgan. “O’zbektelefil`m” rassom ijodiga bag’ishlab hujjatli telefil`m tayyorlagan, yurtimiz va xorijda asarlaridan iborat kataloglar chop etilgan.

XULOSA
Xulosa qilib shuni aytishim lozimki, Tasviriy san’at fanlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda «Tasviriy san’at o'qitish metodikasi — «san’atshunoslik » fakultetida o'rganiladigan asosiy kurslardan biri bo'lib, u bo'lajak o'qituvchilarni amaliy mashg'ulotlarda metodik jihatdan tayyorgarligini takomillashtirishning muhim omilidir. Bu amaliy mashg'ulotlar mazmuni talabalar badiiy-kasbiy bilimi, malaka va mahoratini har jihatdan mukammal (professional) va jiddiy o'zlashtirishni hamda ulami maktab o'quvchilari va kollej talabalariga badiiy ta’lim-tarbiya berish jarayonida yondasha bilishni va o'rgatishni nazarda tutadi. Tasviriy san’at o'qitish metodikasi fanidan Kurs ishi vazifasini tayyorlash va uni bajarish bilan bog'liq bo'lgan muhim masalalar dars jarayonida yoritiladi. Buni tayyorlashda fakultet tomonidan berilgan tasdiqlangan Kurs ishi mavzulari men ushfanning namunaviy dasturi va metodik ko'rsatmalariga, shuningdek, san’at fakultetida uzoq yillik mehnat tajribamga ham asoslandik..



Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish