O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti



Download 2,71 Mb.
bet10/13
Sana08.02.2022
Hajmi2,71 Mb.
#437568
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ISKANDAROVA FERUZA XALIM QIZI

2.2. MILLIY TIMSOLLAR KUYCHISI
Qo’lida nayza va qalqon tutgan yigit. Tor chalayot­gan ayol. Yigit ko’zlari yerga qadalgan. Ayol oldida tiz cho’kkan. Vatan himoyasiga otlangan. Nayza va qalqonni mahkam tutgan qo’llarda mardlik, jasorat namoyon. Ayolning yerga qadalgan nigohlarida o’zbekona ibo-hayo mujassam. U tor chalib, yorini yangi zafarlarga undamoqda. Tepadagi oy — ayolning qalb tug’yoni, orzu, umid va ishonch timsoli…
Bu — O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi Ortiqali Qozoqovning “Vatan haqida qo’shiq” asaridan olingan ilk taassurot.
Rassom asarlarida milliy kolorit ustuvorligi yaqqol sezilib turadi.
— O’zbek rassomlarining ham boyligi, ham omadi ularning O’zbekistonda tug’ilganida, — deydi taniqli mo’yqalam ustasi Ortiqali Qozoqov. — Negaki, o’lkamiz turfa ranglar, betakror manzaralarga boy. To’rt fasl ham tugal davom etadi. Bunday go’zallik har qanday odamni qo’lga mo’yqalam olishga undaydi. Shuning uchun ham xorijlik ijodkorlar bizga havas bilan qarashadi. Chet el safarlarida bo’lganimda ham darrov tabiat qo’yniga otlanaman. Bir gal Angliyada endi berilib surat chizayotganimda quyosh birdan yo’qolib qoldi. Chunki Ang­liyada quyosh faqat uch soatgina nur sochar ekan. Shu sababdan ham o’arb tasviriy san’atida qora va kulrang bo’yoqlar ko’p uchraydi. Bizda esa, ranglar turfa va xilma-xil bo’lib, har biri o’ziga xos falsafiy ma’no tashiydi. Go’zal tabiatimiz,bugungi obod­lik, yurtimiz jamoli — biz rassomlar uchun bitmas-tuganmas ilhom manbai. Bunaqa ijod zavqini hech joydan topa olmayman.
Musavvirning tabiat va ijod haqidagi yoniq so’zlarini eshitib, asarlariga razm solaman: Samarqand, Xorazm obidalari… Ular ko’rinishida garchi ko’p jihatdan uyg’unlik bo’lsa-da biroq bo’yoqlari o’ziga xos va betakror. Hatto o’sha hududning iqlimi ham yaqqol namoyon bo’ladi.
Rassom ijodida turkumlar asosiy o’rin tutadi: bir mavzuda olti-yettitagacha asar chizilgan. Ona ruhiyatiga bag’ishlangan “Beg’ubor onalik”, “O’zbek madonnasi”, ixtirolar ifodasi bo’lgan “Tabiat va ixtiro”, “Ikki ixtiro”, “Tegirmon”, “Hayot chig’irig’i”, portret janrida “Paxtakor Manzura”, “Sohibjamol momo”, gullar tasvirlangan “Nastarin”, “Orxideya”, “Lola qizg’aldoqlar”, natyurmort janridagi “Kuz ne’matlari”, “Tabiat manzaralari”, “Qamchiq dovoni”, tarixiy shaxslar tasvirlangan “Cho’lpon”, “Gavharshodbegim”, “Bibixonim”, ishq va muhabbatni tarannum etgan “Ishq sening asiringman”, “Qadamingga gullar ochilsin”, tabiat bilan bog’liq falsafiy “Sulola”, “Munojot”, “Sharq kelinchagi”, “Xayol” va “Vaqt” kabi takrorlanmas kompozitsiyalar ana shular jumlasidandir.


Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish