O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti boshlang`ich ta`lim metodikasi



Download 1,12 Mb.
bet37/46
Sana14.05.2020
Hajmi1,12 Mb.
#51410
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46
Bog'liq
Termiz davlat universiteti

Matematik tanlovlar.Tanlovlar har xil qiyinlikdagi masalalarni yechish, qiziqarli fikrlaydigan masalalar va topshiriqlarni bajarishdagi musobaqalar bo‘lib hisoblanadi. Asosan O’quvchilarning xohishi bo‘yicha masalalar yechishda o‘z kuchini sinaydigan, yetarlicha tayyorgarligi borlari ishtirok qiladi. Tanlovlar o‘tkazishni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofikdir.

Quyida 2- sinflarda tanlovlar o‘tkazishga misollar keltiramiz. 2-sinf (3-chorak).

№1. Ikki o‘ram jun ipdan 3 ta qolpoq tO’qish mumkin. Shunday 9 ta qolpoq tO’qish uchun necha o‘ram ip kerak?

№2. Vali va Salimning 30 ta konfeti bor edi. Ular baravardan yeyishgandan keyin Valida 9 ta, Salimda 5 ta konfet qoldi, ular qanchadan eyishgan?

№3. Shaklda nechta uch bor?

№4. 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 sonlari berilgan. Bu qatordagi sonlardan uchtalab qo‘shganda 15 soni chiqadigan nechta misol keltirish mumkin.



Matematik olimpiadalar. Olimpiadalar tanlovlarga qaraganda keng mashtabda o‘tkaziladigan va matematika o‘rganishda O’quvchilar erishgan muvaffaqiyatlarni namoyish qiladigan ishdir.

Olimpiada qatnashchilarining tarkibiga bog‘liq holda maktab ichida, tuman va shaharlarda o‘tkazish mumkin. Olimpiadani 3 - sinfdan boshlab o‘tkazib, g‘oliblar maktabning devoriy gazetalarida va o’quvchilar yig‘ilishlarida rag‘batlantiriladi.



Matematik matbuot va viktorinalar

Gazeta, viktorinada har xildagi matematik mazmunni o‘z ichga olgan topishmoq, misol va topshiriqlar rasmlarda berilib, qiziqish xarakterida bo‘ladi.

Viktorinada esa o’quvchilarga yechish tavsiya qilinadigan topshiriq beriladi. Javoblar belgilangan vaqtda o’quvchilarga yetkaziladi.

Matematik tanlovlar va viktorinalar. Tanlov mavzusi va uni o‘tkazish vaqti oldindan belgilanadi.

Murakkab hisoblashlarni eng qulay usul bilan, taqqoslash yordamida hisoblash

2. Mantiqiy masala va mashqlarni,

3. Тopqirlik, ziyraklikka oid mashqlar,

4. Hisoblashlari murakkab bo‘lgan masalarni

5. Sharq mutafakkirlari merosiga oid bayon qilishlar, algebraik, geometrik shakllar mazmunini yoritishga oid topshiriqlar.

Matematik viktorinalar – gazetalardan farqli ravishda faqat o’quvchilarga yechish uchun berilgan masalalar va savollardan iborat bo‘ladi. Javoblar yozma ravishda ma’lum vaqt ichida o’qituvchi tomonidan g‘olib o’quvchi aniqlanib e’lon qilib boriladi.

Matematik devoriy gazeta, viktorinalar, odatda matematik burchak deb ataluvchi joyga osib qo‘yiladi, bu burchakda Vatanimiz yutuqlarini ifodalovchi sonli ma’lumotlar ham berib boriladi. “Bilasizmi?” ruknida qiziqarli materiallar beriladi. Masalan:

1. Odamning bo‘yi bir kunda 1 sm dan 6 sm gacha o‘zgarishi mumkin.

2. Dunyodagi eng uzun temir yo‘l 9302 km ni tashkil etadi.

3. Dunyoda okeanlar suvida 13300 mln tonnagacha kumush bor. Matematika burchagini tashkil qilishni o’quvchilar va ularning ota-onalari faoli yordamida amalga oshirilishi mumkin.



Fakultativ mashg’ulotlar. Boshlang‘ich sinflarda fakultativ mashg‘ulotlarni tashkil etish mohiyati juda katta ahamiyat kasb etadi. Fakultativ mashg‘ulotlarda o‘rganiladigan materiallar darslik materiallarini takrorlamagan holda o‘rganilib, boshlang‘ich sinf O’quvchilarining bilimini mustah­kamlash va chuqurlashtirishga qaratilishi lozim. Ayniqsa, sharq mutafakkirlari ijodini o‘rganish va matematika darslari samara­dorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish har bir mashg‘ulotda tavsiya etiladi. Masalan, 1-mashg‘ulotda Abu Rayhon Beruniy, 2-mashg‘ulotda Abu Ali ibn Sino, keyingisida al-Xoraz­miy, Mirzo Ulug‘bek kabi mutafakkirlar merosidan bosh­lang‘ich sinfga xos tomonlari o‘rganiladi.

2. Мaktabdan tashqari ishlarda foydalanish uchun tavsiyalar.

Mavzu:O`zbеkiston faxridir Farg’onalik Farg’oniy

Mashg’ulot maqsadi:O’quvchilarni Farg’oniyning hayoti va ijodidan foydalanib matеmatikaga qiziqtirish haqida ma'lumotlarni yеtkazish hamda qiziqarli matеmatikadan saboq bеrish.


Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish