7-rasm. Pulning vazifalari
Dastlab pul birliklari va ularning nomlari ko‘pincha muayyan og‘irlikda nodir metallar bilan bog‘liq bo‘lgan, valyuta tizimlarining nomlari (funt sterling) ham shundan dalolat beradi. Lekin vaqt o‘tishi bilan, «vazn» nomi pul birligidan nodir metallarning haqiqiy vaznidan tobora ko‘proq farq qila boshlagan. Buning bir qancha sabablari bor, bo‘lib ularning biri shu bilan bog‘liqki, tarixan uncha nodir bo‘lmagan, umumiy ekvivalent rolini o‘ynagan metallar nodirroq, demak, qimmatroq metallar tomonidan siqib chiqarilgan; bunda pul nomlari avvaligicha qolgan. Masalan, funt sterling dastlab bir funt kumushning pul bilan ifodalangan nomi bo‘lgan. Lekin oltin qiymat o‘lchovi sifatida kumushni siqib chiqargach, avvalgi nom o‘z qiymati jihatidan bir funt kumushga teng bo‘lgan oltin miqdoriga nisbatan ishlatila boshlagan. Boshqa sabab tangalarni soxtalashtirish bo‘lib bunda davlat pul zarb qilinayotganda tangaga talab qilingandan ko‘ra kamroq miqdorda pul materiallarini sarflaydi.
2. Muomala vositasi. Tovar muomalasi jarayonida pul bo‘lishi kerak, chunki tovarlarni oldi-sotdi paytida ularning ramziy narxlari real pulga aylanmog‘i lozim. Bu jarayonda pul muomala vositasi vazifasini bajaradi. Pulning muomala vositasi sifatidagi vazifasi shundan iboratki, u tovarlar muomalasi jarayonida vositachi bo‘lib maydonga chiqadi.
Dastlab tovarlarni ayirbosh qilishda pul bevosita kumush yoki oltin quymalar shaklida mavjud bo‘lgan. Bu hol ayirboshlash vaqtida qiyinchiliklar tug‘dirgan: pul metallni o‘lchash, uni mayda bo‘laklarga bo‘lish, sifatini belgilash zarur bo‘lgan. Asta-sekin pul metall quymalari o‘rniga tangalar ishlatila boshlagan. Tangalar o‘z vazni va sifati jihatidan ma‘lum miqdordagi metaladan iborat; uning vazni va sifati davlatning alohida muhri bilan tasdiqlangan bo‘ladi.
Oltin pul muomalasi amaliyoti ko‘rsatadiki, uzluksiz muomalada bo‘lish natijasida oltin tangalar eyilib ketadi, o‘z massasining bir qismini yo‘qotadi va to‘la qiymatli bo‘lmagan pulga aylanadi. SHu sababli muomalaga oltin o‘rnini bosuvchi pul sifatida to‘la qiymatli bo‘lmagan qiymat belgilari chiqarilgan.
Muomala vositasi vazifasining xususiyatlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
-bu vazifani real, naqd pullar bajaradi;
-tovar va pul bir-biriga qarama-qarshi, bir trayektoriyada harakat qiladi;
-tovar va pul harakati bir vaqtda yuzaga keladi;
-tovar sotuvchi va tovar sotib oluvchi o‘rtasidagi munosabat tugallanadi va tomonlar tovarga yoki pulga ega bo‘ladilar;
-pul muomala vositasi bo‘lishi uchun, avvalambor, qiymat o‘lchovi bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |