1.1. Asosiy shakllantiruvchi, mexanik ishlov berish va plastik
deformatsiyalash operatsiyalari.
Bu etapda zagotovkadaga qo‘yimning asosiy qismi olinib, asbobga oxirgi
ko‘rinishiga
yaqinroq
qilib
shakl
beriladi.
Asosiy
shakllantiruvchi
operatsiyalarning mehnat hajmi, asbobni tayyorlashga ketgan umumiy mehnat
hajmining 25-50% ni tashkil qiladi. Bu etapga tokarlik shakllantirishlar (dumaloq
tayoqchali, xalqa-diskali o‘tqaziladigan asboblar), yassi asboblar tekisliklariga
ishlov berish, qirindi chiqadigan ariqlarni frezerlash, yig‘ma asboblarda
pichoqlarni o‘rnatadigan pazlar va qattiq qotishmali plastinkalar uchun uyalar
frezalash kabilar kiradi. Shuningdek, shu etapga plastik deformatsiyalab
shakllantirishlar (presslash, rotatsion bolg‘alash, vintli va sektorli prokat) kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |