4. Energotizimning markazlashgan dispetcherlik boshqaruvi
Energotizim tarkibiga kiruvchi elektr stansiyalari ularning turi va quvvatiga qarab turli xil ishlatish tavsiflariga va iqtisodiylikka egadir. Bu, xususan, 220, 250, 300 MW va undan yuqori quvvatli eski va yangi agregatlarni solishtirganimizda ko‘zga tashlanadi. Elektr stansiyalarida xalq xo‘jaligida katta samara bilan foydalanilishi lozim bo‘lgan energetik resurslar ishlatiladi.
Energotizimga ulangan iste'molchilarning doimiy o‘zgarib turuvchi elektr energiya iste'moli chastota, kuchlanish, quvvat oqimlari va h.k.larni rostlash kabi masalalarni yechishni talab qiladi. Energotizimning normal holatini ta'minlash va boshqa masalalar alohida elektr stansiyalarining rahbarlari tomonidan hal qilina olinmaydi. Buning uchun markazlashgan dispetcherlik boshqaruvi kiritilgan bo‘lib, uning yuqori organi markaziy dispetcherlik xizmati (MDX) hisoblanadi. Xizmatda ikkita guruh — holatlar va tezkor-dispetcherlik guruhlari mavjud. Holatlar guruhi energotizimning holatlarini oldindan qayta ishlash va rejalashtirish bilan shug‘ullanadi. Tezkordispetcherlik guruhi personali navbatchi dispetcherlardan tashkil topib, energotizimning holatini tezkor boshqarish bilan shug‘ullanadi.
Holatlar guruhi holatlarni xarakterli davrlar va yilning mavsumlariga rejalashtirishda quvvat oqimlarining tarqalishi, quvvatlar va qisqa tutashuv toklari, statik va dinamik turg‘unlikni hisoblash, qurilmalar ta'mirini rejalashtirishni energiya iste'moli so‘rovi bilan moslashtirish ishlarini bajaradi. Bu barcha ishlanmalar energotizimning alohida tugunlari, ta'mir turlari va normal sxemalarini tanlashning asosiga qo‘yiladi. Hisoblashlar yordamida energiya oqimlarini majburiy taqsimlash va qisqa tutashuv toklarini kamaytirish maqsadida TQlarda sxemalarni seksiyalash zarurligi belgilanadi. Holatlar guruhi oldindagi sutka uchun ener- gotizimning ish holatini ishlab chiqadi va qurilmalarni ta'mirga chiqarish haqida tavsiyalar beradi, ishonchlilik talabini va texnik xususiyatlarni bir maromda ushlab turish uchun ko‘rsatmalar beradi, energotizimning summaviy yuklama grafigini prognozlaydi va shu asosida alohida elektr stansiyalarida quvvatning sutkalik grafigini shakllantiradi.
Elektr stansiyalari va tarmoqlarining ishi bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqaruv energotizimning navbatchi dispetcheri orqali unga bo‘ysunuvchi personal tomonidan amalga oshiriladi. Energotizimning navbatchi dispetcheri quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Stansiyalarning berilgan yuklama grafigini bajarishini va rejalashtirilgan aktiv quvvat zaxirasini ushlab turishini nazorat qiladi;
Stansiyalarning optimal ish holatlarini ta'minlaydi;
Chastotaning ruxsat etilgan og‘ish chegarasida bo‘lishini ta'minlaydi. Bu maqsadda yetarlicha quvvat va mobillikka ega bo‘l- gan stansiya ajratilib, u chastota belgilanganidan og‘ganda yuklamasini o‘zgartirish orqali umumiy ishlab chiqarilayotgan va iste'mol qilinayotgan aktiv quvvat o‘rtasidagi balansni ushlab tu- radi. Energotizimning qolgan stansiyalari bu vaqtda qat'iy grafik asosida ishlaydi;
Elektr tarmoqning tugunlarida talab qilingan kuchlanishni
Reaktiv quvvat manbalari (generator, sinxron kompensator), rostlovchi transformatorlar va volt-qo‘shuvchi agregatlaridan to‘g‘ri foydalanish, liniyalar orqali reaktiv quvvat oqimlarini qayta taqsimlash orqali ta'minlaydi. Dispetcher tarmoqning har bir nuqtasidagi kuchlanishni nazorat nuqtalaridagi kuchlanish miqdori bo‘yicha baholaydi. Nazorat nuqtasi — bu guruhiy tugun nuqtalardan biri hisoblanib, kuchlanish qo‘lda yoki avtomatik rostlanganda u bilan bog‘langan barcha nuqtalarga ta'sir ko‘rsatiladi;
Energotizimning muhim qurilmalarini ta'mirga chiqarish vata'mirdan so‘ng ishga tushirishga rahbarlik qiladi;
Energotizimning birlamchi tutashuv sxemasini o‘zgartirishga rahbarlik qiladi. Bu o‘zgarishlar liniyalar, transformatorlar, gene- ratorlar va boshqa elementlarni uzish, ulash yoki uzib-ulashga; avtomatika va himoya sxemalarida rele qo‘yilmalarini qayta qurish va o‘zgartirishga; rostlovchi va kompensatsiyalovchi qurilmalarni sozlashga (holatlarini o‘zgartirishga) keltiriladi;
Tizimli avariyalarning oldini olish va ularni bartaraf etish ishlariga rahbarlik qiladi.
Dispetcher o‘ziga yuklatilgan funksiyalarni bajarib, energo- tizimni ishlatish jarayonida yuzaga keluvchi barcha masalalar bo‘yicha yakka o‘zi qaror qabul qiladi va bunga shaxsan javobgar hisoblanadi. Komanda funksiyalarining markazlashuvi dispetcherga bo‘ysunuvchi personalning harakatini nazorat qilishga va ener- gotizimning asosiy sxemasi qurilmalarining operativ holatini ku zatishga imkon beradi.
“ Tastiqlayman”
Oltinsoy tumani 2-sonli
kasb-hunar maktabi
KTIBDO’ CH. SHUKUROV
Do'stlaringiz bilan baham: |