O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, surxondaryo viloyati kasbiy ta`limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi oltisoy tuma ni 2-sonli kasb-hunar maktabi


Hovo liniyalari simlrini ta’mirlash



Download 4,34 Mb.
bet28/88
Sana20.03.2022
Hajmi4,34 Mb.
#502549
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   88
Bog'liq
O\'quv qo\'llanma 6.20 guruh

6.Hovo liniyalari simlrini ta’mirlash

Ta'mirlash uchun kabel liniyasi uzilgan va zaminlangan bo‘lishi shart. Kabelni avariyaviy ta'mirlash hajmiga quyidagilar kiradi: shikastlangan joyni aniqlash; trassani ochish va shikastlangan joyni qayd etish; ta'mirni amalga oshirish; kabel liniyasini sinash, fazalash va ishga tushirish.Kabel liniyalarida qazish va ta'mirlash ishlari xavfsizlik tex- nikasi qoidasining talablarini bajargan holda amalga oshiriladi. Ishlar kamida ikkita shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Kabelni kesish yoki uning muftasini ochishdan avval kuchlanishning yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun u izolatsiyalovchi shtangaga ega bo‘lgan maxsus moslama yordamida teshiladi.
Quyida avariyaviy bo‘lmagan va bo‘lgan ta'mir ishlarining ayrim turlari ko‘rib chiqiladi. Bevosita yerning tagida yotqizilgan kabellarda zirhli qoplamani ta'mirlash ishlatish jarayonida amalga oshirilmaydi. Zirhning mahalliy shikastlanishlari olib tashlanadi; uning qirqilgan joylari qo‘rg‘oshin qobiq bilan kavsharlanadi va qobiq korroziyaga chi- damli qoplama bilan yopiladi.
Kabelning germetikligi buzilganda qo‘rg‘oshin qobiqni ta'mir lash faqat izolatsiyaning shikastlanmaganligi va unga nam kirmaganligiga ishonch hosil bo‘lgan hollardagina amalga oshiriladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun shikastlangan joydan qo‘rg‘oshin qobiq olib tashlanadi, belbog‘ izolatsiyaning yuqoridagi lentasi olinadi va namlikning yo‘qligiga tekshiriladi. Izolatsiyada nam- lik mavjud bo‘lmaganda kabelning ochilgan uchi uzunasiga qir- qilib, keyinchalik choklari va bo‘yinlari kavsharlangan quvurga ti- qish, quvurlarni teshiklar orqali issiq kabel massasi yordamida to‘ldirish orqali kabel qayta tiklanadi. Ta'mirlangan joy smolalangan lenta bilan o‘raladi va cho‘yan yoki po‘lat qoplama bilan yopiladi. Tok o‘tkazu chi simlarni ta'mirlash. Kabel simining shikasti, montaj va sozlash uchun kabelning zaruriy zaxirasi mavjud bo‘lgan taqdirda, bitta tutashtiruvchi muftani o‘rnatish orqali bartaraf etiladi. Aks holda shikastlangan qism qirqib olinadi va ikkita muftani o‘rnatish orqali kabelning yangi bo‘lagi bilan almashti- riladi. Qirqilgan mis simlarni o‘zaro tutashtirish FM tipidagi mis gilzalarni qo‘llab, presslash yoki kavsharlash orqali amalga oshi- riladi. Aluminiy simlarni tutashtirish termit payvandlash, asetilen- kislorodli yoki propan-butanli alangada kavsharlash va gazli payvandlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Muftalarni ta'mirlash. Tutashtiruvchi muftalarni ta'mirlash ko‘pgina hollarda defektli muftani olib, yangi muftani o‘rnatish orqali amalga oshiriladi. Zarurat bo‘lganida uzaytirilgan muftalar o‘rnatiladi. Chekka muftalarni ta'mirlash shikastlanganlarini de- montaj qilish, kabelning izolatsiyasini namlikka tekshirish va yangi muftani montaj qilish bilan amalga oshiriladi. Kabelning simlarini qirqish bilan bog‘liq bo‘lgan ta'mir ishlari jarayonida simlarning o‘zaro tutashtiriluvchi uchlarida fazalarning mosligini tekshirish zarur. Kapital ta'mirdan so‘ng kabel simlari- ning butunligi tekshiriladi va oshirilgan kuchlanish ostida sinaladi. Yuklama ostiga ulashdan oldin kabel liniyasi TQning shinalari bilan fazalanadi.

Nazorat savollari ?





  1. Kabel liniyalari kim tomonidan va qanday nazorat qilinadi?

  2. Kabel liniyalarining ko‘rigi kim tomonidan va qanday davriylikda amalga oshiriladi? Ko‘rik paytida nimalarga e'tibor beriladi?

  3. Kabel trassalari va ularga yaqin joylarda qazish ishlari kim tomonidan nazorat qilinadi?

  4. Kabel trossalari va ularga yaqin joylarda yer ishlarini bajarishda nimalarga e'tibor beriladi?

  5. Kabel liniyalarining muhofazasi qanday tashkil etiladi?

  6. Turli xil kabel liniyalarining ruxsat etilgan yuklamalari nimalarga bog‘liq? Ular qanday aniqlanadi?

  7. Ruxsat etilgan yuklamalarni aniqlashda to‘g‘rilovchi koeffitsiyentlar nimalarni hisobga oladi va ular qanday aniqlanadi?

“ Tastiqlayman”


Oltinsoy tumani 2-sonli
kasb-hunar maktabi
KTIBDO’ CH. SHUKUROV



Download 4,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish