O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sog’liqni saqlash vazirligi andijon davlat instituti


Aseptika. sterillash usullari. inyeksion dori turlarini umumiy tayyorlash texnologiyasi



Download 0,87 Mb.
bet3/8
Sana16.03.2022
Hajmi0,87 Mb.
#495511
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KURS ISHI FARM TEX A

2.2.Aseptika. sterillash usullari. inyeksion dori turlarini umumiy tayyorlash texnologiyasi.
Atseptikaning mohiyati. I nyeksion dori turlarini tayyorlash davomida maxsus sharoit - aseptik muhit yaratish lozim. Bu aseptik muhit dori turlarini tayyorlashda unga tushadigan rnikroorganizmlardan saqlaydi. Atseptik sharoitga amal qiIinmay tayyorlangan dori turlari mikroflora bilan ifloslanadi va bu dorilar termik. sterilizatsiya paytida o'lgan mikroorganizmlar,ular ajratgan toksinlami o'zida saqlab qoladi. O'z tarkibida o'lik mikroorganizm qoldiqlari yoki ulardan ajralib chiqqan toksinlami saqlovchi dori turlari organizm uchunjuda xavtlidir. Bunday dori turlari bemorda haroratning ko'tariIishi (pirogen reaksiya)ga yoki nojo'ya ta'sirga olib kelishi mumkin. Ammo ba'zi dori turlari termik sterilizatsiyaga chidamsizdir. Bunday dori turlari termolabil (emulsiya, suspenziya va boshqalar) bo'ladi. Termik steriIizatsiya qilingan paytda ularda rekristallanish, flokulyatsiya (suspenziyalarda) va koalessensiya (emulsiyalarda) hodisasi tezlashadi. Shuning uchun termolabiI dori turIarini tayyorlashda boshqacha usuldan foydalanish kerak. Bu maqsadda erituvchi yoki malharnlar uchun asoslar, ish asboblari va idishlar .

alohida steri1lanadi, yuqori haroratga chidamsiz bo'igandori moddalari esa aseptik sharoitda o'lchab olinadi va sterillangan erituvchida eritiladi (ba'zan konservant qo'shiladi) yoki sterillangan asboblar yordamida sterillangan asoslar bilan aralashtiriladi hamda steril idishlarga solinadi. Dori turlarining termolabil bo'lmagan komponentlari ham steriIizatsiyalanadi. Barcha inyeksion dori turlari atseptik bloklarda tayyorlanadi. Inyeksion dori turlari alohida guruhni tashkiI qilib, davolash profllaktika muassasalari qaramog'idagi dorixonalar retsepturasining deyarli 60% ni tashkiI etadi. Inyeksion dori turlariga XI DF si tomonidan quyilgan umumiy talablar quyidagilardan iborat:


I) sterillik;
2) ko'zga ko'rinadigan mexanik qo'shilmalardan amalda holi bo'lishlik;
3) apirogenlik;
4) turg'unlik;
5) xususiy maqola talabiga ko'ra izotoniklik, izoioniklik va izogidriklik.
Shifoxonalarda ishlatiladigan eritmalar bir martalik 10-20 ml iste'mol hajmda chiqariladi. Bir yo'la bir necha bolalarga mo'ljallangan hajmda ham chiqarilishi mumkin (50-100 ml), ammo bunday holda 200 ml gacha bo'lgan hajmda chiqariladi. Shifoxona bo'limlarida flakonlami ochish va quyish atseptika sharoitida olib boriladi. Ochilgan idishlarda qolgan eritmalami saqlash man etiladi. Yakka tartibdagi dorixonalar bilan dorixonadagi bunday eritmalar 100 ml gacha hajmda tayyorlanishi mumkin. Uni sovitgichda 2 sutkagacha saqlab ishlatish mumkin. Surtma dori, suyuq surtmalar va sham dorilar tarkibi alohida sterillanib, atseptik usulda tayyorlanadi. Sterillasb usuUari Sterillash usuli deb, dorilardajuda tez ko'payib rivojlana oladigan mikroorganilmlami batamom yo'q qilishga aytiladi. Zamonaviy sterilizatsiya usullariga quyidagilar kiradi: I. Termik sterilizatsiya. 2. Ultrabinafsha nurlar bilan sterilizatsiyalash. 3. Radiatsion sterilizatsiya. 4. Ultratovush sterilizatsiyasi. 5. Steril filtratsiyasi. 6. Kimyoviy usul bilan sterillash.

Tennik sterilizatsiya Termik sterilizatsiya jarayonida mikrob to'qimalarining protoplazmasi pirogenetik yemirilish natijasida qaytmas koagulatsiyaga uchraydi. Shuningdek, fennent sistemalari ham shikastlanadi. Termik usul dorixonalarda, zavod sharoitlarida keng qo'Uaniladi. Dori moddalar va ayrim buyurnlami sterilizatsiya qilishda albatta ulaming xususiyatlari, fizik va kimyoviy xossalarini hisobga olib, ma'lum bir termik usul tanlanishi kerak. Issiq bug' bUan steriUzatsiya qiUsb Barcha rnikroorganizrnlarga, ayniqsa ulaming sporalariga quruq issiqdan ko'ra nam issiq bug' ta'sir qilishi rna'lurn. Shu nuqtai 265 nazardan nam issiqlik sterilizatsiyalash uchun maqsadga muvofiqdir. Dori tayyorlash jarayonida quyidagi nam issiqlik bug' bilan sterilizatsiya qilish usullari keng foydalaniladi: avtoklav, bug' va bir necha bor isitish yo'li bilan sterilizatsiya qilish.


Yuqori tebranishli elektr toki yordamida sterillash Yuqori tebranish bilan almashinadigan elektromagnit maydon hosH qiladigan toklarga yuqori chastotali toklar deyiladi. Yuqori tebranishli toklar generatorlar yordamida olinadi. Yuqori tebranishli maydon ta'siri sterillanadigan modda tarkibidagi mikroorganizmga ta'sir qilib, maydon yo'nalishining keskin o'zgarishi biIan unda hosiI bo'lgan energiyaning bir qismi moddaga o'tadi, buning hisobiga esa u qisqa muddat ichida (1-2 minut) har tomonlama qiziydi. Shunday qilib, yuqori chastotali toklar yordamida sterillash xuddi termik sterillashga o'xshaydi. Ishlab chiqarishda va tibbiyotda yuqori tebranishli toklar keng tarqalgan. Ular har xii vositalami qizdirishda, yallig'langan jarayonlami davolashda qo'llaniladi. Yuqori chastotali toklar bilan sterillash usuli oziq-ovqat sanoatida konservalami sterillashda ishlatiladi. Dorilami va ular eritmalarini hozirgi vaqtda sterillash apparatiari konstruksiyalari ishlab chiqilgan va ba'zi moddalarni sterillash sharoiti o'rganilgan (maydon kuchlanishi, chastotasi va h. k. ) Ultrabinafsha nurlar ta'sirida mikroorganizmlarning novbud bo'lishiga asoslangan 253,7-257,5 nm Ii nurlar maksimal bakteritsid faollikka ega. Ulami nurlantiruvchi manba sifatida simob-kvarsli yoki argon-simobli lampalar ishlatiladi. Bu lampalaming nurlanishi simob bug'larida gazlar siyraklashgan sharoitda elektrodlarga ta'sir etadigan muayyan

kuchlanishning hosilasidir. Lampadan taraladigan numing 70% ultrabinafsha spektrlariga xos bo'lib, to'lqin uzunligi 253,7 nm. ga teng. Simob-kvarsli lampalar katta kuchlanishga ega. Argon-simobli lampalar orqali taralgan nurlar bir spektral chiziqqa birlashib bakterisidli xossasi yuqori darajada bo'ladi, bu esa uni a'lo sifatli hamda tejamli sifatda ishlatish imkonini beradi. Argon-simobli lampalarning bir qancha turlari mavjud. Ularning orasida qulaylari BUV-30 (raqam lampa kuchlanishini vattda belgilaydi). Simob-kvarsli lampalardan qo'llaniladiganlari PRK-2 va PRK-4, lekin ular ko'p energiya sarflaydi. BUV lampasi (bakteritsid uveol) simobli, past bosimli, uveol shishali tiniq kolbadan iborat bo'lib, qisqa to'lqinli ultrabinaf.c;ha nurlarning tarqalishi uchun qulay hisoblanadi. Uveol shishaning kimyoviy tuzilishi har xii (masalan Si02 - 77,94%, AI2 0 3 - 2,89%, Fe2 0 3 - 0,01 %, CaO - 0,08%, MgO - 0,09%, Na2 0 - 4%). Lampa, kayga xilida tayyorlanadi, uning chetida ikki qavatli volfram spirali bariy karbonat bilan qoplangan, egiIuvchan oksid elktrodi 273 bo'ladi. Trubkada oz miqdorda simob va bir necha rn1 simob ustuni to'g'ri keladigan bosimda inert gaz (argon) bo'ladi. Elektrodlarga kuchlanish ta'sir qilganda simob bug'larida razryad hosil bo'lib, undan ultrabinafsha nurlari tarqaladi. Simob bug'larining trubkadagi miqdori 0,01 mm simob ustuni bosimiga to'g'ri keladi. Ultrabinafsha nurlaming darajasi vaqt bilan o'lchanadi. Vaqt (V) bakteritsid YO'nalishi birligi bo'lib, to'lqin uzunligi 254 nm, quvvati I VT bo'lgan ultrabinafsha yo'nalishiga teng. Masalan, BUV-30 lampasining bakteritsid yo'nalish quvvati 2,95 vaqtga teng. Steril xona devorlari va asbob-jihozlarni hamda assistent xonalaridagi byukslami sterillashda bakteritsid lampalar qo'llaniladi. Bakteritsid lampalarning qo'Uanilishida ulaming odam organizmiga salbiy ta'sir qilishi, ayniqsa, bu ta'sir vaqti bilan uzviy bog'liqligini doimo yodda tutish zarur. Muhofaza qilinmagan bakteritsid lampalami odam bor joylarda ishlatilishi man qilinadi. Bakteritsid lampalar bilan ishlanganda ko'zni ayniqsa ehtiyot qilish zarur. Undan oddiy ko'zoynak bilan ham saqlanish mumkin. Bizning sanoatimiz hozirgi kunda ancha mukammallashgan bakteritsid nur tarqatuvchi moslamalar, shiftga va devorga osiladigan bakterial nurlatgichlar va mayatnik kabi bakterial nurlatgichlar bilan ta'minlangan. Devorga osiladigan

bakterial nurlatgichlar - ultrabinafsha nurlarini qo'llashdagi mukammallashgan moslamalardan hisoblanib, mostamaning metall bilan o'ralgan qismida 2 ta BUVZO bakteritsid lampa va regulator o'matilgan. Lampalar shunday joylashtirilganki, ularning biri yuqori qismdagi havoni zararsizlantirsa, biri pastki qismdagi havoni zararsizlantiradi. Shiftga osiladigan bakterial nurlatgichlar - 30 m3 hajmdagi xonani zararsizlantirish uchun mo'ljallangan bo'lib, ekranlashtirilganligi sababli odam bor sharoitda ham ishlatilishi mumkin. Moslama ichiga 4 ta bakteritsid lampa 2 m3 BUV-15 va 2 m3 BUV-ZO o'matilgan. Xonani tez va sifatli sterilizatsiyalashga 2 ta ekranlashtirilgan BUV-ZO lampalari yoritilib, ulaming nurlari odarnga ta'sir qilmasligi uchun aluminiyli qaytargichlar o'matilgan. Aluminiyli qaytargichlar shunday o'matilganki, ular odam bor joyda, ulami nur ta'siridan muhofaza qiladi. Bunday nurlatgichlar shiftga o'matilgan bo'lib, uning balandligi 3 m dan kam bo'lmasligi kerak. Mayak nurlatgichlar, ko'chma turi moslashgan bo'lib, u shunga o'xshash ehtiyojni qondirishga mo'ljallangan. Xonalami vaqtincha 274 zararsizlantirishda va boshqa kerakli joylarda ultrabinafsha nurlarini tarqatadigan manba sifatida ularga BUV-30 belgili 6 ta bakteritsid nurlari o'matilib, uning umumiy nurlanish quvvati 19 baktga teng. Dorixonalarda dorixatlarni mikroorganizmlardan zararsizlantirish maqsadida bakteritsid nUT tarqatuychi moslamalar ham ishlatiladi. Bunga misol qilib P. V. Lopatin va E. P. Yaranseya tomonidan taklif etilgan atroflama o'ralgan yoyma ko'rinishdagi bakteritsid lampali moslamani ko'rish mumkin. Moslamaga dorixat, talabnomalar tuynukcha orqali o'tkaziladi. SoOng ulami valik yordamida harakatga keltirib, yalik usti 6 BUV-30 lampa yordamida zararsizlantirilib, pastki qismida joylashgan dorixat qabul qutisiga o'tkaziladi va u yerdan olib ishga beriladi. Apparatda dorixat, talabnoma, mtr va boshqa shunga o'xshash Yaraqalarni zararsizlantirish mumkin. O'tkazilgan tajribalarning ko'rsatishicha, asbobda bakteritsid lampalami 5 daqiqali ta'siri natijasida mikroorganizmlar soni 10400 dan 300 gacha kamaygan. Bakteritsid lampalar ta'sirida nafaqat havo, qog'oz, balki boshqa dorixonada aseptik sharoitda ishlatish uchun zarur bo'lgan asbob- anjomlar ham zararsizlantirilishi mumkin. Tozalangan suvni zararsizlantirish maqsadida

ishlatiladigan moslamalar tuzilishi 2 xii: 1. Tozalangan suv alohida tarkibli shishadan yasalgan bakteritsid naychani ma'lum bir masofa o'tish natijasida zararsizlantiriladi. 2. Suv o'tayotgan shisha trubkaning har ikki tomonidan bakteritsid lampa qo'yilib, ular atrof-muhitga ultrabinafsha nurlarni tarqatmaslik maqsadida, duraluminiy qaytargichlar bilan muhofazalanadi. Bunday moslamalar tozaiangan suvni olish manbalaridan (distillash asbobi) to ularni ishlatiladigan xonalarigacha (aseptik xona) uzatish maqsadida moslangan shisha naychali o'zatgichlarda, ularni boshlang'ich joylarida o'matiladi. Ultrabinafsha nurlarini oddiy shisha orqali o'tmasligi, bunday moslamalarni eritmalar va dori moddalarni zararsizlantirishda ishlatish imkonini bermaydi. Radiatsion sterilizatsiya. AQSH va Angliyada ko'p ishlatiladigan sterillash usuli hisoblanadi. Nur bilan sterillash o'z xossasi bilan sovuq usul hisoblanib, unda sterillanayotgan predmet - harorati 3% gacha oshishi mumkin. Shu sababli bu usul haroratga chidamsiz dori moddalami sterillash uchun qulay hisoblanadi. Sun'iy ravishda olingan radioaktiv izotoplardan C0 60 va yadro reaktorlar qoldiqlari 275 radiatsion nurlanish manbalari bo'lishi mumkin. Sterillash dozasi 2,5 . 106 rad (1 rad = 100 erg. modda) yetarli hisoblanadi. Moslamada ishlayotgan odamlar ishlash vaqtida uning ta'siridan muhofaza qilinishi kerak. Undan sterillangan jismlarda radiatsion qoldiqlar qolmaydi va zararsiz hisoblanadi. Sterillanadigan jismlar jihozlangan holda sterilizatsiya qilinishi mumkin. Radioaktiv nurlar ta'sirida o'tkaziladigan steriUash natijasida oz miqdorda bo'lsa ham turli parchalangan qoldiqlar ajraladi. Uglevodlar, aromatik birikmalar, oqsillar, aminokislotalar, antibiotiklar, vitaminlami radifaol nur ta'sirida sterillash natijalari o'rganilgan. Xirurgiya amaliyotida ishlatiladigan ketgut, plazma, bog'laydigan-o'raydigan ashyolarni sterillash natijalari shuni ko'rsatadiki, radioaktiv nurning tirik organizmga ta'siri kuchlidir.


Inyeksion suv. Dorixona va korxona sharoitida inyeksion suv olish asboblari Odatdagi distillangan suv o'z tarkibida bir qancha tirik hamda o'Iik mikroorganizmlar saqlaydi. Shuning uchun pirogen moddalardan tozalangan

distillangan suv - inyeksion suv ishlatiladi. Inyeksion eritma sifatida apirogen suv oIish uchun distillatsion apparatlarning turli xillari taklif etilgan. Biz quyidagi konstruksiyalardagi distillatsion apparatlami ko'rib chiqamiz. AA-l apparati. Bu qurilma elektrotibbiyot jihozlari korxonasida ishlab chiqariladi. U tashqi ko'rinishi bo'yicha distillangan suv oluvchi distillator D-3 ga o'xshash bo'ladi, (32-rasm) faqat o'lchami bo'yicha kattaroq (540x280x1100 mm). Apparatning asosiy qismlari bug'lanish kamerasi (10), shu kamerada joylashgan suv qaynagan paytda uning sachragan tomchilarini ushlagich (8), kondensator 0), yig'gichtenglashtirgich (25) va elektroqalqondan iborat. Bug'lagich kamerasi (10) tashqi tomonidan po'lat qoplama (9) bilan qoplangan. Bu qoplama kameradagi issiqIikni yo'qotishdagi va ishlovchi xodimning issiqIikda kuyishidan saqlaydi. Kameraning eng tubiga har biri 2 kW kuchga ega bo'lgan to'rtta elektr isitgich (11) joylashtirilgan. Bug'lanish kamerasida suv elektroisitgichlar yordamida





Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish