1-§. Tadbirkorlik faoliyatn tushunchasi, uning
vazifalari va rivojlanish shart-sharoitlari
Tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy faoliyatning ajralmas tarkibiy qismi bo'lib hisoblanadi.
Tadbirkorlikning tarixi juda uzoq o'tmishga borib taqalsada, uniig hozirgi zamon tushunchasi XVIII
asrda paydo bo'lgan va ko'pincha «Mulkdor» iborasi bilan bir xil tushunilgan.
Keyinchalik real xo'jalik hayotida qatnashuvchi kapitalning mulkdor kapitaldan ajralib
chiqishi natijasida «tadbirkorlik» tushunchasi «mulkdor» tushunchasiga to'g'ri kelmay qoladi.
Hozirgi zamon g'arb adabiyotida ham tadbirkorlikka foyda olish maqsadini ko'zlab xo'jalik
yuritish san'ati, iqtisodiy va tashkiliy ijodkorlik, tashabbusning erkin namoyon bo'lishi, novatorlik,
xavf-xatarga nisbatan tayyor bo'lish va shu kabi ko'p qirrali tomonlari bilan qaraladi.
Hozirgi kunda bizning iqtisodiy tafakkurimiz, aniqrog'i boshqarish nazariyasi xam
tadbirkorlik faoliyatini shunday tushunish tomon bormoqda.
Qisqa qilib aytganda, tadbirkorlik faoliyati foyda olishga qaratilgan faoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun albatta mulk egasi bo'lish shart emas, u zarur
vositalarni ijaraga olishi, ssuda olishi va ishni yuritishi mumkii.
Tadbirkor bozordagi talabni qondirish imkoniyatlarini oldindan ko'ra oladi va ularni
qondirish niyatida zarur bo'lgan sarmoyalarni jalb qiladi, ishchi kuchi va ishlab chiqarish
vositalarini ishlab chiqarish jarayonida birlashtiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida
ishlab chiqarishda
foydalaniladigan mulk va boshqa boyliklar
tadbirkorlik faoliyatisiz o'zini iqtisodiy jihatdan to'la namoyon qilmaydi va, shubhasiz, tovar ishlab
chiqaruvchilarga yetarlicha daromad keltirmaydi.
Tadbirkorlik faoliyati tushunchasining mazmuni uning to'rtta o'zaro bog'liq vazifasini
aniqlash bilan to'liq tushuniladi.
1. Tadbirkor foyda olish maqsadida tovar (yoki xizmat ishlab chiqarishning yagona
jarayonida yer, suv, kapital va mehnat resurslarini birlashtirish tashabbusini oladi. Shu bilan birga
tadbirkor bir vaqtda ishlab chiqarishning harakatlantiruvchi kuchi va ishlab chiqarishni amalga
oshirish uchun boshqa resurslarni bir joyda uyg'unlashtiruvchi tashabbuskor hisoblanadi.
2. Tadbirkor biznesni yuritish, foydani ko'paytirish bo'yicha asosiy qarorlar qabul qiladi, bu
qarorlar korxona faoliyatining maqsadini aniqlab beradi.
3. Tadbirkor yuqori foyda orqasidan quvib, yangi mahsulotlar, yangi ishlab chiqarish
texnologiyasi yoki hatto biznesni tashkil qilishning yangi shakllarini tijorat asosida joriy qilishga
harakat qiluvchi tashabbuskor shaxs hisoblanadi.
4. Tadbirkorlik faoliyati —bu taxlikaga boruvchi faoliyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |